Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish


Quyosh elementlarining samarali ishlashi uchun qator sharoitlarga rioya qilish zarur bo‘ladi


Download 35.17 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi35.17 Kb.
#1186920
1   2   3   4   5
Bog'liq
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish

Quyosh elementlarining samarali ishlashi uchun qator sharoitlarga rioya qilish zarur bo‘ladi:

Quyosh elementlarining samarali ishlashi uchun qator sharoitlarga rioya qilish zarur bo‘ladi:

- yarim o‘tkazgichning aktiv qatlami yutilishining optik koeffitsenti qatlamqalinligi chegarasidagi quyosh nuri energiyasining katta qismini yutilishini tamillashi uchun etarlicha kata bo‘lishi kerak;

-yoritishda generatsiyalangan elektronlar va kovaklar aktiv qatlamning har ikkala tomonidan kontakt elektrotlarda samarali yig‘ilishi kerak;

-yarim o‘tkazgichli o‘tishda, quyosh elementi etarlicha yuqori baravarga ega bo‘lishi kerak;

-quyosh elementi bilan ketma – ket ulangan to‘liq qarshilik ish jarayonida quvvat barqarorlashishini quvvatni kamaytirishi uchun kichik bo‘lishi kerak;

- yupqa qoplama strukturasi shuntlovchi qarshilikni qisqartirishi va element xarakteristikalariga ta’sirini yo‘qotish uchun butun aktiv soha bo‘yicha birlashmasi

bo‘lishi kerak.


ghjygjkrtkihuytfyliyfgul


Buxoroda “Fotovoltaika sohasidagi so‘nggi yutuqlar: egiluvchan va yupqa plyonkali quyosh batareyalari uchun ilg‘or materiallar va qurilmalar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.


Buxoroda “Fotovoltaika sohasidagi so‘nggi yutuqlar: egiluvchan va yupqa plyonkali quyosh batareyalari uchun ilg‘or materiallar va qurilmalar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston Fizika jamiyati tomonidan qator ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qayta tiklanadigan hamda quyosh energetikasining eng so‘nggi yutuqlarini amalda qo‘llash sohasi bilan shug‘ullanayotgan dunyoning taniqli olim va mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanda Yasuxiko Xayashi (Yaponiya), Yonfang Li (Xitoy), Karsten Daybel (Germaniya), Gari Xodes (Isroil), Sanli Li Sok (Janubiy Koreya), Ramzan Ullah (Pokiston), Davron Matrasulov, Ne’mat Ashurov (O‘zbekiston) hamda boshqa olim va mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

Jahonda elektr energiyasining asosiy manbasi hisoblangan uglevodorod resurslari zaxirasi kamayib borayotgani, ulardan foydalanish jarayonida atmosferaning karbonat angidrid gazi va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishi, iqlimning global o‘zgarishlari insoniyat oldiga ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan, ekologik xavfsiz va tannarxi arzon muqobil energiya manbalariga o‘tish vazifasini ko‘ndalang qo‘ymoqda.

Quyosh issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish imkonini beradigan yoki fan tilida fotovoltaika deb ataluvchi sohasidan foydalanishga asoslangan energetika ana shunday talablarga to‘la mos keladi.

Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston quyosh energiyasidan yuqori darajada foydalanish uchun qulay hudud hisoblanadi. Yurtimizda quyoshli kunlar yiliga o‘rtacha o‘n oydan ko‘proq bo‘lgani bois osmon mo‘jizaviy yoritqichi energiyasini elektr energiyasiga aylantirish imkoniyati yuqori.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, ayni paytda dunyoda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining 25-30 foizini quyosh energiyasidan foydalanish yordamida ishlab chiqarish atmosfera havosiga chiqarib yuboriladigan yillik karbonat angidrid gazi miqdorini taxminan 23 milliard tonnaga kamaytirish, issiqlik elektrstansiyalarining iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan zararli ulushini qisqartirish imkonini beradi. Shuning uchun keyingi 20-yilda dunyoda quyosh energiyasiga qiziqish oshdi. Agar 1985-yilda uning quvvati 21 megavattni tashkil etgan bo‘lsa, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 2000 megavattga, 2015-yili esa 17000 megavattga yetdi. Mutaxassislarning taxminicha, asrimizning o‘rtalariga borib, jami elektr energiyasi ishlab chiqarishida uning salmog‘i 25 foizni tashkil etadi. Albatta, bu kabi ulkan maqsadga erishish an’anaviy energiya manbalari bilan raqobatlashish imkonini beruvchi quyosh elementlarini yaratishni taqozo etadi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 2013-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo quyosh energiyasi forumida qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish dolzarbligi ta’kidlangan edi. Nanofizika va nanotexnologiyalar orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy yuksak taraqqiyot energetika sohasida kutilayotir. Yaqin kelajakda fotovoltaikaning keng ko‘lamda qo‘llanilishi uglevodorod, ayniqsa, neft va gazga asoslangan manbalarning siqib chiqarilishiga olib keladi. Dunyoda dastlab kremniyga asoslangan quyosh batereyalari ishlab chiqarildi. Ular bugun keng qo‘llanilayotir. Ammo bugun ulardan samarali bo‘lgan polimerlar va uchinchi avlod, deb nomlangan neoorganik, ya’ni perovskit va polimer nanomateriallar asosidagi quyosh elementlari ustida ish olib borilmoqda. Bu elementlar samaradorligi, ya’ni foydali ish koeffitsiyenti 45 foizgacha bo‘lishi kutilmoqda.

Anjumanda perovskit va boshqa ilg‘or innovatsion materiallarga asoslangan quyosh elementlari masalalari keng muhokama etildi.

– Mamlakatimizda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan quyosh elementlari, ularning tashqi ta’sirlarga, ya’ni radiatsiya va kimyoviy degradatsiyaga nisbatan turg‘unligini oshirish, yuqorida tilga olingan materiallar nanozarralarining joylashishini kerakli shaklga olib kelish orqali mazkur elementlarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish hamda egiluvchan xususiyatlarini maqbullashtirish ustida tadqiqotlar olib borilayotir, – deydi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti professori, O‘zbekiston Fizika jamiyati raisi Davron Matrasulov. – Bu borada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi anjumanning ahamiyati juda dolzarb. Birinchidan, unda mamlakatimiz olimlari va ularning xorijiy hamkasblari kun tartibidagi masala bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga oshirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashgani g‘oyat foydali bo‘ldi. Ikkinchidan, tadbirda talabalar, ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlar ham ishtirok etib, mamlakatimizda energetika sohasining dolzarb masalalari muhokamasida qatnashdi.

– O‘zbekiston quyosh energiyasidan samarali foydalanishda tabiiy-jug‘rofiy imkoniyati yuqori bo‘lgan mamlakatdir, – deydi Yaponiyaning Okayama universiteti professori Yasuxiko Xayashi. – Bu resurslarni qo‘llash bo‘yicha olimlaringiz olib borayotgan izlanishlardan xabardorman. Xalqaro hamkorlik O‘zbekistonda uchinchi avlod, ya’ni perovskit materiallarga asoslangan quyosh batereyalarini yaratish va amaliyotda qo‘llashga yordam beradi.


Download 35.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling