Quyosh radiatsiyasining turlicha relyefli yerlarga va ekinlarga tushishi Reja: Quyosh radiatsiyasi haqida tushuncha
Download 17.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqQuyosh radiatsiyasining turlicha relyefli
S'=S sinh0, bu yerda, S to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining quyosh nurlariga
tik yuzadagi energetik yoritilganligi. Quruqlik, ayniqsa dehqonchilik hududlari tekis gorizontal yerlardan tashqari dunyoning turli tomonlariga qaragan va qiyaligi turlicha yonbagMrlardan tashkil topgan. Bunday yerlarga quyosh nurlarining tushish burchagi Quyosh balandligidan tashqari yuzalarning ufq chizigM bilan hosil qilgan burchagiga va bu yuzalarning dunyoning qaysi tomoniga qaratilganligiga bogMiq. Quyosh nurlari ufq bilan a burchak hosil qilgan sharqqa tomon og‘ma sirtga tushayotgan boMsin. Quyosh nurlari va og‘ma sirtga o’tkazilgan normal orasidagi burchakni, ya’ni quyosh nurlarining og‘ma sirtga tushish burchagini * harfi bilan belgilaylik Dastlab tuproqning birlik yuzasiga (masalan, 1 ga maydonga) tushadigan quyosh radiatsiyasini 100 % ga teng deb olaylik. Bu maydondagi ekinning o‘sishi va barglari rivojlangan sari tuproq yuzasiga tushadigan FFR ulushi kamaya boradi, ekinda yutilgan FFR ulushi esa ortib boradi. 0 ‘simlik barglarining yuzasi ortgan sari ular FFR ni ko‘p yutadi. Ekinlar vegetatsiyasining boshida, barglarning umumiy yuzasi 0,5 ming m2/ga dan oshmaganida ekinlar o‘ziga tushadigan FFR ning 1-2 % inigina yutadi. Barglar yuzalarining eng rivojlangan davrida, ularga tushadigan FFR ning 70-80 % yutiladi. Bundan 5-6 % igina fotosintez jarayoniga sarflanadi. Zich ekilgan uzun poyali ekinlarda (masalan, shakarqamish) barglar juda zich joylashganidan quyosh radiatsiyasi asosan barglarning yuqori qatlamida yutiladi, qolgan qismi barglardan o‘tib o‘simlik pastiga yo'naladi. Zich ekilmagan ekinlarda to‘g‘ri va sochilgan radiatsiyaning bir qismi eng pastki qatlamdagi barglargacha hattoki tuproq yuzasigacha yetib boradi. A.A. Nichiporovichning tasdiqlashicha ekinlarning yuqori hosil berishi uchun biror maydondagi ekin barglarining umumiy yuzasi, shu maydon yuzasidan 4-5 marta katta bo‘lishi (ya’ni 40-50 ming m2/ga) va barglarning bunday kattalikdagi umumiy yuzasini uzoq vaqt saqlab turishi kerak. Ayniqsa (1 gektarga) ekin maydonidagi barglarning umumiy yuzasi 40000 m2 bo‘lsa, ekin quyosh radiatsiyasini eng ko'p yutadi. Barglarning umumiy yuzasining yanada ortishi bilan esa quyosh radiatsiyasining yutilishi o‘zgarmay qoladi. Umuman olganda, ekinlarning geometrik strukturasiga, barglarning oMchami va yuzasiga, ularning dunyoning qaysi tomoniga qaraganligiga va og‘maligiga, shuningdek quyosh balandligiga bogMiq ravishda ekinlar quyosh radiatsiyasini turlicha yutadi va o‘tkazadi. Quyoshning ufqdan balandligi 35° dan katta boMgan hollarda barg plastinkasi tik holatga yaqin joylashganida to‘g‘ri radiatsiya ekin maydoni ichiga ko‘proq kiradi, agar barglar gorizontal holatga yaqin joylashgan boMsa, to‘g‘ri radiatsiya ekin ichiga juda kam miqdorda kiradi. Ekinlar ichiga kirgan quyosh radiatsiyasining spektral tarkibi ham o'zgaradi. Zich ekinlarda soya eng kuchli boMgan pastki qismida yashil va uzun toMqin uzunlikli infraqizil nurlarning ulushi ko‘payadi. Ekinlarning ustki qismida va barglar siyrak qatlamlarda FFR ning spektral tarkibi, o'simlik ustidagi kabi bo’ladi.Hozirgi vaqtda ekinlarning quyosh radiatsiyasidan foydalanish darajasini baholash uchun ekinning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) tushunchasi qo’llaniladi. Download 17.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling