Quyosh radiatsiyasining turlicha relyefli yerlarga va ekinlarga tushishi Reja: Quyosh radiatsiyasi haqida tushuncha


Download 17.48 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi17.48 Kb.
#1542669
  1   2
Bog'liq
Quyosh radiatsiyasining turlicha relyefli




Quyosh radiatsiyasining turlicha relyefli
yerlarga va ekinlarga tushishi
Reja:
1.Quyosh radiatsiyasi haqida tushuncha.
2. Tuproq termoizoplitalari
3. Quyosh radiatsiyasining ekinlarga tushishi va ularda yutilishi

1. Quyosh radiatsiyasi - Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat boʻlib, Yer yaqinidagi tezligi 300–1500 km/sek, oʻrtacha konsentratsiyasi 5—80 ion/sm2. Quyosh faolligi maksimum, boʻlganda va katta chaqnashlardan keyin Yer yaqinidagi protonlar konsentratsiyasi 103 ion/sm2gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103eV) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo boʻladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi koʻrini-shida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning koʻzga koʻrinadigan nurlari qismiga toʻgʻri keladi. Quyosh toʻla nur energiyasining Yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik boʻlgan 1 sm2yuzada 1 min.da tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning Yerga taʼsirini oʻrganish maqsadida maxsus aktinometrik styalarda oʻlchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal/(sm2min) yoki 136-106 erg/(sm2sek.). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari Yer atmosferasidan toʻliq oʻtmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha mm dan bir necha m gacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bogʻliq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz boʻlib, F=10~22Vt/(m2sekTs) birlikda oʻlchanadi. Quyoshning qisqa toʻlqinli nurlanishlari Yer atmosferasida toʻla yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid maʼlumotlar asosan, geofizik raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (toʻlqin uz. \A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda quchli oʻzgaradi (Yer orbitasida 0,13—1erg/sm2-sek) va faollik maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa toʻlqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabi-nafsha nurlari juda oz (15 erg/sm2sek) energiya olib kelsa-da, bu nurlanishlar Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli taʼsir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha oʻrganilmagan.


Quyoshdan kelayotgan nurlar òz navbatida 3 turga bolinadi
Tòģri radiatsiya, tarqoq radiatsiya, va yalpi radiatsiya
Quyoshdan kelayotgan nurlar yer yuziga toģridan toģri yetib kelmaydi undagi ultra binafsha nurlari ozon qatlamida ushlab qolishini yana atmosfera qatlamlarida ushlab qolinishi va koplab misollar keltirsa boladi.
2. Tuproqning turli chuqurliklarda haroratining yillik o'zgarishini
grafik holida tasvirlash uchun abssissa o'qiga oylarni, ordinata o'qiga
esa chuqurliklar qiymatlarini joylashtiriladi. So'ngra biror chuqurlikka
mos turli oylardagi o'rtacha oylik haroratlar qiymatlarini qo'yib
chiqiladi. Xuddi shunga o'xshash haroratlar qiymatlarini qo'yib turlicha
chuqurliklarda oylar bo'yicha o'rtacha oylik haroratlarning qiymatlarini
qayd etiladi. So'ngra bir xil haroratli nuqtalarni o'zaro ravon chiziqlar
bilan tutashtiriladi va hosil bo'lgan egri chiziqlarni termoizopletalar deb
yuritiladi I. Turopov ma’lumoti bo'yicha
yorug'likka tiniq plyonkalar yopilmagan va ustiga plyonkalar yopilgan
egatlar ostidagi tuproq termoizopletalari ko'rsatilgan.
Grafikda biror chuqurlikka mos gorizontal chiziq bo'ylab siljishda
haroratning shu chuqurlikdagi yillik o'zgarishining borishini, tik chiziq
bo'ylab siljishda esa biror aniq oydagi o'rtacha haroratning chuqurlik
bo'yicha plyonkasiz va plyonka yopilganda taqsimotini tasavvur qilish
mumkin. Shunday qilib, termoizopletalardan foydalanib tuproqning
istalgan chuqurlikdagi va istalgan oydagi o'rtacha haroratini aniqlashimiz mumkin.
Tuproq harorati 0‘simliklar va tuproqdagi mikroorganizmlar uchun
muhim hayotiy omil bo‘lib, uning kattaligi Yer sirtiga tushuvchi quyosh
radiatsiyasi miqdoriga bog'liq

3. Ma’lumki, quyosh radiatsiyasi Yerdagi turlicha relyefli hududlarga:


tekisliklarga, jarliklarga, tog‘ cho‘qqilariga, dunyoning turli tomonlariga
qaragan va ufqqa qiyaligi turlicha boMgan yon-bagMrliklarga tushadi.
Ular orasidan tekisliklarga va yonbagMrliklarga tushadigan quyosh
radiatsiyasining miqdorini bilish qishloq xo'jaligida amaliy ahamiyatga
ega.
To‘g‘ri quyosh radiatsiyasining faol yuzaga oz yoki ko‘p tushishi
quyosh nurlarining bu yuzaga tushish burchagiga bogMiq.
Agar Quyoshning ufqdan balandligi ha = 90° boMsa, Quyosh zenitda
boMib, olingan yuzaga tushayotgan to‘g‘ri radiatsiya oqimi eng ko‘p
boMadi. Ekvatordan chetlashgan sari h0 ning maksimal qiymati ham kamaya boradi. Bundan tashqari quyosh balandligi kunduz davomida
o'zgarib boradi. Quyosh balandligi pasaygan sari birlik yuzaga tushadigan to‘g‘ri radiatsiya oqimi ham kamayadi.
Gorizontal yuzaga tushuvchi quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligini quyidagi formula yordamida aniqlanishini bilamiz:

Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling