Quyosh sistemasi


Download 101 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi101 Kb.
#1516760
1   2   3
Bog'liq
QUYOSH SISTEMASI

Agar quyosh bo'lmaganida
Quyoshni chiroq singari o‘chirib qo‘yish imkoni bo‘lsa va bu imkoniyatdan foydalanilsa, bir hafta ichida Yerdagi harorat -18 darajaga, bir yil ichida esa -75 darajaga tushadi va jon saqlash mumkin bo‘lmay qoladi;
· Quyosh borgan sari issiqroq va yorqinroq bo‘lib bormoqda. Vaqtlar o‘tib u o‘n marta yorqinlashishi mumkin. Faqat buning uchun taxminan milliard yil kerak;
· Quyosh massasining 72 foizi vodorod va 26 foizi geliydan iborat. Qolgani arzimas miqdordagi boshqa elementlardir. Har soniyada 700 million (!) tonna vodorod yonib, geliyga aylanadi;
· Quyosh katta miqdordagi energiya manbai bo‘lishi bilan birga ulkan massaga ham ega. Uning og‘irligi Quyosh tizimining 99 foizini tashkil qiladi;
· Shunday sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari borki, ularning ayrim qismlariga quyosh nurlari uzluksiz tushib turadi, ya'ni o‘sha hududlarda tun bo‘lmaydi;
· Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh o‘zining o‘rta yoshini yashamoqda. Astronomlar ma'lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bo‘lganiga 4,5 milliard yil bo‘lgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi;
· Agar insoniyat Quyosh energiyasini ishlab chiqarishni istasa, har soniyada 100 milliard tonna dinamit portlatib turishi lozim va bunga aql bovar qilmaydi.
Xulosa
Quyosh quyosh tizimining ajralmas qismidir. U yer yuzida hayotning mavjud bo'lishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, quyoshning zararli taraflarini ham unutmaslik kerak, chunki u ham ba'zi salbiy ta'sirlarga ega bo'lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Baratov P. Yer bilimi va o’lkashunoslik. Toshkent, 1990 y.

  1. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y.

  2. Mamatazimov M. Astronomiyadan o’qish kitobi. Toshkent, 1992 y.

  3. Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

  4. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni. Samarqand, 2000 y.

  5. Hamdamov I.H. va boshqalar. Табиий фанлар zamonaviy konsepsiyasi. Тошкент, 2007 y.

  6. www.ziyonet.uz

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling