Quyosh sistemasining paydo bo'lishi haqida
Download 301.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq\'matn quyosh ochiq dars
3-rasm. Yer
sharining ichki tuzilishi va tarkibi Prof. N.D. Moiseev va uning bir gruppa shogirdlari chet el olimlarining xato kosmogonik nazariyalarini jiddiy matematik analiz asosida tanqid qildilar. N.N.Pariyskiy (XX asr, 40- yillar) o'zining bir qancha tekshirishlarida Multon, Jins gipotezalarining ilmiy jihatdan batamom asossiz ekanligini ko'rsatib berdi. V.A. Ambarsumyan (1944— 1960) yulduzlar oralig'idagi changsimon moddalarni, ulardan hozirgi vaqtda to'p-to'p va ayrim yulduzlar paydo bo'layotganligini kashf etdi va bu ixtiro juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Akademik G.A. Shayn (1942— 1950) yulduzlaming ximiyaviy tarkibi bir xil emasligini astrofizika va boshqa tekshirish usullari yordamida aniqlab berdi. P.P. Parenago va B.V. Kukapkin o'zgaruvchi va yangi yulduzlami hamda bizning galakgikamiz tuzilishini o'rganish yuzasidan ko'p tekshirishlar o'tkazdilar (Serpuxov V .I ., 1974). Kosmogoniya sohasida qilingan bunday katta muvaffaqiyatli ishlar akademik O.Yu. Shmidtning 1944 yildagi kosmogoniya nazariyasida zamin bo'dib xizmat qildi. O.Yu. Shmidt gipotezasiga ko'ra, Erimiz va planetalar hech qachon olovdek qizigan osmon jismi bo'lgan emas (paydo bo'lishining boshlang'ich davrida). U qachonlardir, galaktikamiz sistemasidagi tumanliklar to'plamidan (bulutsimon, may da chang, to'zon materiallaridan) iborat bo'lgan. Quyosh galaktika bo'ylab harakatlanishi natijasida uning atrofiga tumanliklar yig'ilib, tartibsiz harakatdan tartibli harakatga o 'ta boshlagan, ya’ni kichik zarrachalar bir-birlariga qo'shilib kattalashgan. Vaqtlar o'tishi natijasida bu jinslar to'plam i o 'z o'qi va Quyosh atrofida aylanadigan bo'lib qolgan. Paydo bo'lgan bu sayyoralar Quyoshdan har xil uzoqlikda joylashishi, bir-birlarini va yo'ldoshlarini tortib turishi ham tasodifiy bir hoi emas, ular sayyoralaming paydo bo'lish tarixiga bog'liqdir. Hozirgi vaqtda ham sayyoralarga har xil katta-kichik osmon jismlari (ularning tortish kuchi natijasida) kelib qo'shilmoqda, masalan, biz yashab turgan planeta — yerga har yili 5000— 7000 tagacha meteorit tushib turadi (O.Yu. Shmidt) va Er ular hisobiga «semiradi». Akademik Shmidt ko'p yillik tekshirishlari natijasida shunday fikrga keldi. O'tgan asrlardagi kosmogonistlar (Laplas) Quyosh halqalari planetalardan hosil bo'lgan, planetalar Quyoshning 1/700 ini tashkil qiladi, degan edilar. Lekin planeta va ularning yo'ldoshlarining harakat yig'indisi ham Quyosh harakatining 1/700 ini tashkil etadimi yoki yo'qm i, uni hissblab chiqmagan edilar. O.Yu. Shmidt planetalar va ularning yo'ldsshlarining harakat yig'indisi 1/700 emas, balki ko'proq ekanligini aniqladi. Xuddi shunga o'xshash boshqa harakat yo'nalishlarini va protsesslarini matematik usulda tekshirilishi natijasida u shunday muvaffaqiyatga erishdi. Sovet olimlari tsmonidan ishlab chiqilgan gipoteza har qanday g'arbiy kapitalistik mamlakatlardagi «halokatli» va boshqa gipotezalaming noto'g'ri ekanligini isbot etib, hozirgi vaqtda nazariyaga aylanmoqda. Shunday qilib, O.Yu. Shmidt planetalaming paydo bo'lishini birdan emas, balki eng kichik sovuq materiallarni Quyosh harakati va tortish kuchi ta ’sirida uzoq— milliard yillar mobaynida bir - biriga birlashib, miqdor o'zgarishlari sifat o'zgarishlariga o'tishi yo'li bilan ro'y berishini dialektik materializm asosida hal qilib berdi. Shuning uchun ham bu gipoteza dunyo olimlariga manzur bo'lmoqda. O ’zbek olimlarining gipotezasi chet el olimlarining gipotezasidan yana shu bilan keskin farq qiladiki, bu gipoteza Erning keyingi davrlarda qanday qilib isishini, vulkan va foydali qazilmalaming hosil bo'lishini, nihoyat, Eming tuzilishi, taraqqiyot tarixini o'rganishga katta yordam berdi. Ayrim hal bo'lmagan masalalarni hal qilishda u katta rol o'ynamoqda, masalan, meteoritlar tarkibining yer tarkibiga o'xshashligini aniqlashda va yer moddalarining saralanishini tushuntirishda va Erga meteorit urilishidan hosil bo'lgan relefl ami aniqlashda bu gipoteza muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, ilmiy nazariyalar ruhoniylaming planetalar xudo tomonidan yaratilgan, degan da’volari tamomila noto'g'ri va xayoliy fikr ekanligini isbotladi. Er va planetalaming paydo bo'lishi, ichki tuzilishi va o'zgarishlari tabiat qonunlaridan boshqa hech qanday kuchga asoslanmaydi va itoat etmaydi. Download 301.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling