Quyosh sistemasining paydo bo'lishi haqida


Download 301.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.06.2023
Hajmi301.71 Kb.
#1652799
  1   2
Bog'liq
\'matn quyosh ochiq dars



QUYOSh SISTEMASINING PAYDO BO'LIShI HAQIDA
Planetalaming pay do bo'lishi to'g'risidagi dastlabki tasavvurlar antik davrdayoq 
vujudga kelgan. Biroq antik davr olimlarining bu sohada erishgan muvaffaqiyatlari 
butun o'rta asr davomida unutilib ketdi. Chunki o'rta asrlarda o'taketgan reaksion 
diniy qarashlar hukmronlik qildi. Xudoga ko'r-ko'rona ishonishni targ'ib qiluvchi 
har turli dinlar (xristian, islom va boshqalar) o 'z mazmuni bilan Eming pay do 
bo'lishi, tuzilishi va uning taraqqiyotini to 'g 'ri izohlamadilar, bu haqdagi haqiqatni 
esa turli yo'llar bilan buzib ko'rsatdilar. Shuning uchun turli din vakillari bu 
masala haqida to 'g 'ri fikr yuritgan materialist olimlarni juda qattiq ta ’qib ostiga 
oldilar. O 'zbek astronom olimi U lug'bek (u birinchi bo'lib Samarqandda 
observatoriya qurgan), polyak olimi N. Kopemik, italiyalik G. Galiley, J. Bruno 
kabi buyuk olimlar olamning gelio tsentrik sistemasini kashf etganliklari va targ'ib 
qilganliklari uchun ruhoniylar ulami qattiq jazolab o'ldirdilar.
.>
Biroq hech narsa kishilik jamiyatini va undagi kishilaming tabiatga bulgan 
munosabatlari taraqqiyotini to'xtata olmadi. Dialektik metod, tabiat va jamiyat 
hamma vaqt rivojlanishda miqdor o'zgarishidan sifat o'zgarishiga o'tadi, deb 
tushuntiradi; umuman olganda Eming pay do bulishi haqidagi gipotezalar tadrijiy 
takomil etdi va etmoqda.
XVIII asrning o'rtalarida yashab ijod etgan nemis filosofi I. Kant: «Quyosh va 
planetalami hosil kilgan materiyalar hozirgi Quesh sistemasi joylashgan chegarada 
siyrak tarqalgan va tartibsiz holda harakat qilganlar», deydi.
I. Kant osmon bo'shlig'idagi zarrachalar o'zaro tortishishi natijasida bir markazda 
tuplanib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning pay do bo'lishiga sabab bulgan, 
Quyosh atrofida aylanib qolgan jismlar esa hozirgi planetalami vujudga keltirgan 
degan xulosaga keldi. I. Kantning materiyalaming tarqalishi siyrak va xarakati 
tartibsiz bulgan deyishi tug'ri bo'lsa-da, u materiyaning markazga to'planishi va 
harakatini mexanik qonuniyatlar asosida to 'g 'ri tushuntirib bera olmadi. Kantning 
Quyosh va Quyosh sistemasining kelib chikishi to'g'risidagi gipotezasidan bir oz 
farq qiladigan gipotezani fransuz astronomi Per Simon Laplas 1795 yilda taklif 
qildi.
P.S. Laplac faraz qilishicha, bizning Quyosh sistemamiz dastavval, aylanuvchi 
g'oyat siyrak, qizigan tumanlikdan iborat bo'lib uning markazida tumanlikning 
o'zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich holatda to'plangan. 
Bu tumanlik tobora sovishi va siqilishi bilan uning aylanish tezligi kuchaygan
shuning natijasida aylanuvchi gazsimon moddalar markazdan qochma kuch 
ta’sirida 
yasmiq 
shaklini 
olgan 
(2- 
rasm).


2- rasm. Laplas fikricha Quyosh sistemasidagi planetalaming paydo bo'lish 
sxemasi: A gazsimon 
tumanlikning 
aylanishi; В yasmiq 
shakliga 
kelishi; gazsimon halqaga ajralishi.
Tumanlik sovigach, siqilishi natijasida uning aylanishi yana ham kuchayadi va 
moddalaming bir-biridan qochish protsessi kuchaya boradi va nihoyat markazdan 
qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli vaqtda gazsimon 
halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Bu gazsimon halqalar Quyosh ekvatori 
tekisligida o 'z o'qi atrofida va tumanlik atrofida aylanar ekan, ayrim qismlarga 
ajralib ketadi, ajralib chiqqan moddalar tobora zichlashadi va sharsimon holga 
keladi, ya’ni planetalar, jumladan Er ham paydo bo'ladi.
P.S. Laplasning fikricha, tumanlikning markaziy sharsimon yirik qismi hozirgi 
hayot manbai — Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa sayyoralar (Er va 
boshqalar) va ularning yo'ldoshlarini vujudga keltirgan.
P. S. 
Laplas 
yuqoridagi 
gipotezani 
quyidagi 
yetarlicha 
isbotlanmagan 
m a’lumotlarga suyanib va o'shalar asosida yozgan edi.
1) Quyosh sistemasidagi sayyoralar Quyosh massasining 1/700 qismiga to 'g 'ri 
keladi;
2) Quyosh ekvatori (tekisligi) hamma sayyoralaming va ular yo'ldoshlarining 
orbitalar tekisligiga to 'g 'ri keladi;
3) Quyosh qaysi tomonga aylanayotgan bo'Isa (o'z o'qi atrofida), planetalaming 
hammasi ham o 'z o'qi atrofida va Quyosh atrofidan shu tomonga qarab aylanadi;
4) sayyoralaming yo'ldoshlari sayyora aylanadigan tomonga qarab aylanadi;
5) sayyoralardan biri — Saturn ekvator tekisligida yupqa lentadek sayyora-halqasi 
o'ragan holda harakat qiladi.
P.S. Laplas gipotezasiga uzoq vaqtlargacha (100 yil) hech qanday shubha 
tug'ilmadi. Keyingi davrlarda fan taraqqiy etib, astronomlar juda kattalashtirib


ko'rsatadigan teleskoplar yordami bilan planeta va ulaming yo'ldoshlarini katta va 
yaqqol ko'radigan bo'lgandan so'ng P.S. Laplas gipotezasiga shubha tug'ila 
boshladi.
Chunki planetalaming harakat yo'nalishi va tezligi P.S. Laplas aytganicha bo'lib 
chiqmadi. 1815 yillarda, hatto Laplas hayotligidayoq, Uran planetasining 4- 
yo'ldoshi planetaning ekvatorial tekisligi bo'yicha emas, balki uning ekvatoriga tik 
aylanishi aniqlangan edi. Shunga o'xshash bir qancha yangi m a’lumotlar 
aniqlangandan so'ng Laplas gipotezasi o 'z kuchini yo'qota boshladi.
P.S. Laplas gipotezasi I. Kant gipotezasiga o'xshaydi, lekin ular bir-biridan 
bexabar shu gipotezani yaratganlar. I. Kant matematik bo'lmagani uchun o'zining 
yaratgan gipotezasidagi bu dalillarni hisoblab chiqib isbot qilmagan va hech 
qanday matematik tekshirishlar o'tkazmagan. P.S. Laplas gipotezasi esa go'yo I. 
Kant gipotezasini to'ldirgan. Shuning uchun bu ikki gipoteza birgalikda Kant va 
Laplas gipotezasi deb yuritiladi.
Biroq Laplas gipotezasi ham matematik jihatdan ancha kuchsiz o'sha zamongagina 
xos edi, hozirgi XX asrda esa uning ko'p kamchiliklari sovet astronomlari va 
astrofiziklari tomonidan aniqlanib, uning fakt va raqamlari noto'g'ri bo'lib chiqdi. 
Shunday bo'lsa-da, kosmogoniya fani klassiklarining genial fikrlari fanning 
taraqqiy etishida g'oyat katta rol o'ynadi va osmon jismlari moddiy narsadir va 
ular albatta evolyutsion o'zgarib boradi, degan g'oyani tasdiqladi.
Engels o'zining «Tabiat dialektikasi» asarida Kant va Laplas gipotezasini qotib 
qolgan dunyoqarashga birinchi bo'lib rahna solgan gipoteza deb atadi.
XX asrning boshlarida (1916 yiL) ingliz astronomi Jins «Halokatli gipotezani» 
rivojlantirdi. Bu gipotezani Jinsning zamondoshi Jifris quw atlab, yana 
rivojlantirdi. Ular galaktikamizdagi ikkita yulduz o'rta hisobda 10 yorug'lik (bir 
kvintlion) yilida ikkinchisi bilan uchrashishi mumkin degan taxminga asoslanib, 
bir vaqtlar bizning Quyoshga kattaroq boshqa bir Quyosh bir necha 
million kilometr yaqinlashib kelgan, deb tasavvur qiladilar. Bu yaqinlashish bir 
necha soat davom etgan. Shuning natijasida bizning Quyoshdan ajralib chiqqan 
massalar ikki oraliqda qolib, Quyoshning tortish kuchi natijasida uning atrofida 
aylanadigan bo'lib qolgan, deydilar. Ular planetalaming Quyosh yaqinidagisi 
(Merkuriy), eng uzoqdagisi (Pluton) kichik bo'lib, o'rtadagi planetaning katta 
bo'lishiga ikkala Quyoshning tortishish kuchi kamayishi sabab deb tushuntiradilar.
Bu m a’nosiz «kashfiyot» bir necha qo'shimchalar qo'shganda ham to 'g 'ri 
kelmaydi. Chunki, birinchidan, bizning galaktika sistemamizdagi yulduzlar bir- 
biridan shunchalik uzoqdaki, ular aqlga to 'g 'ri kelmaydigan sanoqsiz yillarda ham 
uchrashmaydi. Ikkinchidan, butun dunyo tortishish qonuniga ko'ra, bunday hodisa 
bo'lmaydi. Nihoyat, hozirgi zamon astrofiziklari ham Jins gipotezasining noto'g'ri 
ekanligini isbot etdilar.


Sovet kosmogoniyasi vujudga kelganining birinchi kunidayoq o 'z oldiga quyidagi 
vazifalami qo'ydi: rus fani klassiklarining ajoyib traditsiyalarini rivojlantirish, ikki 
asr (XVIII— XIX) davrida to'plangan barcha gipotezalami matematik jihatdan 
tekshirib, kamchiliklarini aniqlash; barcha m a’lumotlami faqat sifat iihatdangina 
emas, balki miqdor jihatdan ham tushuntirib beruvchi yagona, keng nazariya 
yaratish.
Buning uchun sovet lcosmogonistlari ilg'or sovet fanining hamma erishgan 
yutuqlaridan to 'la foydalandilar. 
Masalan, 
so'nggi yillarda astronomiya, 
astrofizika, geologiya, geofizika, geoximiya, astrobotanika va yadro fizikasi kabi 
fanlar misli ko'rilmagan yangiliklami yaratdi.
Kosmogoniya sohasida 1920 yillardan beri akademik A.C. Fesenkov sistematik 
ravishda 
ish 
olib 
bormoqda. 

fizika, 
geofizika 
va 
planetalaming 
atmosferasini, harakatini, 
meteoritlarning 
nimadan 
tuzilganligini, 
yulduzlar 
oralig'idagi moddalarni va shuningdek, ularning nurlanishini, fizik xossalarini 
tekshirishda juda katta ishlar qildi.
A.S. Fesenkov (1945— 1965 yillarda) Er va boshqa planetalar Quyoshda bo'lib 
turadigan ichki reaksiya natijasida paydo bo'ladi, deydi. U Quyoshdagi vodorod 
(N) elementi parchalanib, geliy elementiga aylanganda karbon (S) elementi 
katalizator rolini o'tashi natijasida uning markazida 20 000 000° S, tashqi qismida 
6000° S issiqlik hosil bo'lgan, deydi. Quyosh markazida bo'ladigan bunday 
reaksiyalar bir tekisda bo'lmaydi.'Reaksiyani tezlashtiruvchi protsessda oldin bor 
(V) elementi qatnashgan, unda Quyosh kamroq issiqlikka ega bo'lgan, keyin 
karbon elementi katalizatorlik qilganda issiqlikning birdan kuchayishi bilan 
markazdan qochma kuchi oshib, Quyoshning shakli nok shakliga keladi va uning 
m a’lum miqdori protuberanslar shaklida ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan massalar 
quyuqlashib markaziy qismida og'ir moddalar, atrofida yengil elementlar 
to'planib, bo'lak - bo'lak bo'lib Quyosh atrofida harakatlanadi.
Olimlar hozir ham bunday protsesslar bo'layotganligini tan oladilar. Shunday qilib, 
A.S. Fesenkov planetalaming vujudga kelishini Quyoshning rivojlanish tarixiga 
bog'lash zarurligini isbot qilishga harakat qildi. Uning fikricha, galaktika 
sistemasida bir qancha quyoshlar rivojlanish bosqichini boshidan kechirmoqda, 
ularning atrofida gaz va tumanliklardan iborat bo'lgan materiyalar bor, bular 
birikishi uchun m a’lum sharoit, ya’ni yulduzlar oralig'idagi tortish kuchi va boshqa 
sharoit bo'lgandagina planetalar hosil bo'ladi. Bundan tashqari A.S. Fesenkov agar 
qulay sharoit bo'lmasa, tumanliklar bepoyon bo'shliqqa tarqalib ketishini va 
boshqa katta hajmdagi osmon jismlariga qo'shilib ketishini ta’kidlaydi. Quyosh 
atrofidagi tumanlik (sovuq meteoritlar) ni borligini va yig'ilishi mumkinligini 
inkor qilmaydi, bu bilan A.S. Fesenkov, O.Yu. Shmidt gipotezasiga birmuncha 
yondashadi.



Download 301.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling