Quyosh tizimi
Download 21.49 Kb.
|
MS.Ilmiy matn. Quyosh tizimi
Quyosh tizimi. Quyosh tizimi, Quyosh sistemasi — Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari majmui. Quyosh tizimi chegarasining koʻrinma oʻlchami Pluton orbitasi (taxminan 40 a.b., q. Astronomik birlik) bilan aniqlansada, ammo uning haqiqiy chegarasi eng yaqin yulduzgacha (230 ming a.b. gacha) boʻlishi mumkin. Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar Quyoshga yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni kuzatishdan olinadi. Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham Quyosh tizimiga kiravermaydi. Quyoshning taʼsir doirasidagi har bir jismning Quyosh tizimiga kirishi uchun avvalo uning musbat kinetik va manfiy potensial energiyalarining yigʻindisi, yaʼni toʻla energiyasi manfiy boʻlishi kerak. Bunda jism Quyoshning tortishish kuchini yenga olmay, Quyosh tizimi doirasida qoladi. 2 Buning uchun Quyosh tizimiga tegishli jismlarga Quyoshning tortishish quchi taʼsiri boshqa yulduzlarnikiga nisbatan ortiq boʻlishi kerak.Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir. Sayyoralar, asosan, ichki (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) guruhlarga boʻlinadi va ular oʻz xususiyatlari bilan bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Venera, Mars, Merkuriy va Yupiter atmosferalari tekshirilganda ichki sayyoralar atmosferalari tashqilari-nikiga qaraganda ancha siyrak ekanligi maʼlum boʻldi. Baʼzi sayyoralar ekssentritetlari katta boʻlgani uchun ular Quyoshga Merkuriyga nisbatan yaqin kelib, undan Saturn orbitasi masofasiga teng masofaga uzoqlashadi.Quyosh tizimiga kiruvchi kometalarut biz faqat Quyoshga 4—5 astronomik birlikkacha yaqinlashgandan keyin koʻra boshlaymiz. 3 Quyoshga yaqinlashgan sari ularning yadrosi bugʻlanib koma ajralib chiqib kattalasha boshlaydi, soʻng Quyosh nurlarining bosimi taʼsirida dum hosil boʻladi. Baʼzi kometalar perigeliyda Quyosh toji ichidan oʻtib afeliyda 1 parsek uzoqlikkacha boradi va Quyosh atrofida aylanish davri bir necha oʻn mln. yil boʻlishi, hatto boshqa yulduzlar tortish kuchi taʼsirida orbitalarini oʻzgartirishi ham mumkin.Quyosh sistemasi maydonidagi ba’zi jismlar uning tizimiga kirmaydi. Qisqa davrli kometalardan yuztachasi topilgan. Ularning Quyosh atrofida aylanish davrlari bir necha oʻn yildan ortiq emas. Har yili 5—10 tacha kometa kashf qilinadi.Optik kuzatishlar yordamida koʻrinmaydigan sonsanoqsiz meteor jismlar va kosmik chang (sayyorlararo materiya) Quyosh tizimi fazosining hamma joyida mavjud. Ular ham sayyoralar kabi Quyosh atrofida aylanadi. Kosmik changlarga gravitatsiya kuchlari taʼsiridan tashqari Quyosh radiatsiyasining bosimi, shuningdek elektr zaryadlangan zarralar harakatiga Quyosh va sayyoralarning magnit maydonlari ham taʼsir etadi. 4 Yer orbitasi ichidagi sayyoralararo materiyaning umumiy massasi Yer massasining yuz milliondan birini tashkil qiladi. Quyoshning taʼsir doirasi ichidagi barcha diffuz materiyaning umumiy massasi taxminan Quyosh massasiga teng keladi.Quyosh tizimi Galaktika markazi atrofida ayla-naga yaqin orbita boʻylab 250 km/sek tezlik bilan aylanadi, uning aylanish davri 200 mln. yil. Quyosh tizimining kelib chiqishi haqidagi masala hozirgi zamon tabiatshunosligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Quyosh tizimidagi deyarli barcha jismlar uchun baʼzi umumiy qonuniyatlar oʻrinli: barcha sayyoralar Quyosh atrofidan ekliptikaga yaqin tekislikda bir tomonga (olamningshimoliy qutbidan qaralganda soat mili harakatiga teskari tomonga) harakatlanib aylanadi (bu toʻgʻri harakat deyiladi). Venera va Urandan boshqa barcha sayyoralar oʻz oʻqlari atrofida toʻgʻri harakat qiladi. 18. [1,7 ball] Matn mazmuniga ko‘ra to‘g‘ri shakllantirilgan gapni aniqlang. A) Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham Quyosh tizimiga kiravermaydi. B) Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Oydir. C) Elektr zaryadlangan zarralar harakatiga Quyosh va sayyoralarning magnit maydonlariga taʼsir etmaydi. D) Venera va Uran va boshqa sayyoralar oʻz oʻqlari atrofida toʻgʻri harakat qiladi 19. [1,7 ball] Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan? A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 20. [1,7 ball] Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni aniqlang. A) Quyosh atrofidan ekliptikaga yaqin tekislikda bir tomonga harakatlanib aylanadi B) Galaktika markazi atrofida aylanaga yaqin o‘z o‘qi boʻylab 250 km/sek tezlik bilan aylanadi. C) Yulduzlar tortish kuchi taʼsirida ularning hajmi oʻzgartirishi mumkin D) Quyosh tizimiga kiruvchi kometalarutni biz faqat kechqurun koʻra olamiz. 21. [1,7 ball] Matn mazmuniga ko‘ra noto‘g‘ri ifodalangan ma’lumotni aniqlang. A) Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar Quyoshga yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni kuzatishdan olinadi. B) Quyosh tizimining kelib chiqishi haqidagi masala hozirgi zamon tabiatshunosligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi C) Quyosh atrofida aylanish davri bir necha oʻn mln. yil boʻlishi, hatto boshqa yulduzlar tortish kuchi taʼsirida orbitalarini oʻzgartirishi ham mumkin D) Yer orbitasi sirtidagi sayyoralararo materiyaning umumiy massasi Yer massasining yuz milliondan birini tashkil qiladi. 22. [1,7 ball]Quyidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Son-sanoqsiz meteor jismlar va kosmik chang (sayyorlararo materiya) Quyosh tizimi fazosining ayrim joyida mavjud. B) Baʼzi kometalar perigeliyda Quyosh toji ichidan oʻtib afeliyda 1 parsek uzoqlikkacha bor. C) Sayyoralar, asosan, tashqi (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) va ichki (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) guruhlarga boʻlinadi D) Quyosh tizimiga tegishli jismlarga Quyoshning tortishish kuchi taʼsiri boshqa yulduzlarnikiga nisbatan past boʻlishi kerak. Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. Buqalamun Yangi shinel kiygan poʻlis nazoratchisi Ochumelov guzar maydonchasi orqali qoʻlida tugunchasi bilan ketib boradi. Yoʻlakay musodara qilingʻan toʻla bir gʻalvir qulubnayni koʻtargan sap-sariq gorodovoy uning oraqasidan taʼqib etadi. Tevarak jim… maydonchada hech kim koʻrinmaydi. – Ey, san hali qopadigʻan ham boʻldingmi? – degan hayqiriqni eshitgan Ochumelov – Tut, tut qoʻyma birodar! Kishini qopsin deb kim buyurgan? Tut, ushla! Ha!… It vangillashi eshitiladi. Ochumelov bir tomonga qaraydi: Pechogin boyning oʻtin skladidan bir itning uch oyoqlab kelganini, qoʻrquv aralash atrofga alanglaganini koʻradi. Itni chit koʻylak kiyib, jelatkasining tugmalari yechilgan bir kishi quvlab keladi, oxirda butun gavdasi bilan yerga yotib olib itning orqa oyogʻidan ushlab qoladi. It yana vangillaydi. Allakim – “mahkam ushla, qoʻyma” deb qichqiradi. Doʻkon eshiklaridan mudragan kishilar moʻralaydilar. Bir onda oʻtin skladi yonida goʻyo yerdan oʻsib chiqqandek bir toʻda xalq yigʻilib qoladi. – Tartibsizlikga aslo yoʻl qoʻymasman, oliynasab janoblari, – deb gorodovoy Ochumelovni tinchitadi. Ochumelov birdan toʻxtaydi, chapga tomon yarim aylangandan soʻng toʻplangan kishilar ustiga qarab yuradi. Haligi sklad eshigi yonida yuqorida koʻrsatilgan tugmasi yechik kishining bir qoʻlini yuqori koʻtarib, qonli barmogʻini xalqgʻa koʻrsatayotganini koʻradi. Uning yarim mast siymosidan “Itning oʻn jonidan bir jonini ham qoʻymayman” degan maʼno anglashiladi. Bundan tashqari uning qonli barmogʻi ham it ustidan gʻalaba qilishgʻa shahodat berib turadi. Ochumelov bu kishining oltin asboblar ustasi zargar Xrokin ekanligini tanidi. Xalq oʻrtasida yelkasi sarigʻ dogʻli, tumshugʻi ingichka oq it – bosh aybdor ham choʻnqayib oʻltiradi. Butun aʼzosi bilan titrab qoʻrquv va dahshat aralash atrofiga nazar tashlaydi. – Xoʻsh, bu yerga nima uchun yigʻildingiz, – deydi xalqni yorib ichkariga kirgan Ochumelov, – Xoʻsh nimaga yigʻilishdingiz? Sening barmogʻinggʻa nima qildi?… Hali kim hayqirdi-a? – Beozor oʻz ishim bilan kelayotsam, oliynasab janoblari, – dedi Xrokin barmogʻigʻa qarab ijirqangʻan holda, – oʻzimning Mitriy Mitrich bilan bir oz oʻtin toʻgʻrisida… ha bir vaqt mana shu oʻtirgan it yonimga keldi-da, hech narsadan hech narsa yoʻq barmogʻimni uzdi, oldi… tilim tegmasa, ogʻzim tegmasa… men oʻzim ishchi bir odamman… mening kasbim juda nozik. Endi, men shu majruh barmogʻim bilan ihtimolki, bir hafta ishga yaralmasman. Bir haftalik tavon toʻlamasalar men bu itni qoʻymayman. Oliynasab janoblari, bunday gap zakonda yoʻqdir. Har koʻringan it kishini tishlab keta bersa, bu kundan koʻra oʻlib ketkan ancha yaxshidir.– Himm!… Yaxshi…, – dedi Ochumelov jiddiy tusda va yoʻtalib qoshlarimni chimiradi, – yaxshi… bu oʻzi kimning iti? Men bu ishni bu holda qoʻyib ketolmayman! Men itni boʻsh qoʻyib yuborganlar uchun taʼzir berishga yarayman. Hukumatning qarorlarini iltifotsiz qoldirib keluvchi afandilar bilan chinlab kurashish vaqti yetkan boʻlsa kerak. Bu mutahamlarga yaxshilab shtraf solgʻachgʻina ular it va boshqa hayvonlarni boʻsh qoʻyib yuborish hikmatiga tushunadilar. Men bundaylarning koʻzini moshdek ochib qoʻyishga yarayman!… Yeldirin – dedi polis nazoratchisi gogodovoyni imlab, – oldin itning kimniki ekanligin bil, undan soʻng protokol yoz! Itni boʻlsa oʻldirish kerak. Tezdan! Balki quturgʻan boʻlsa ham ajab emas… Qani, xoʻsh bu oʻzi kimning iti?– Chamasi bu it, general Jikalovning iti boʻlsa kerak – dedi xalq ichida allakim.– General Jikalovniki? Himm!… Mening ustimdan paltomni yech-chi,Yeldirin… Kun juda ham isib ketdi! Boʻronning ketidan soʻroni kelib yomgʻur yogʻsa ham ajab emas… Faqat men bir narsagagina tushunolmay turaman: Bu it seni qanday qilib qopa oldi ekan? – deb Ochumelov Xrokinga qaraydi. – Qanday qilib bu itning boʻyi sening barmoqlaringgʻa yetdi ekan? Aqlim yetmaydi. It boʻlsa nozik. Sen boʻlsang hoʻkizdak, boʻyingga qara! Balki barmogʻinggʻa mix-pix kirgan boʻlsa, haligi mixni tortib olgansa, qonab ketkan, undan soʻng boshingga… xa de… Men siz xalqning miringdan siringni bilaman! Siz xaloyiq juda ham bemaʼni odamlarsiz!– Oliynasab janoblari, balki uning oʻzi kulgi uchun itning burniga papirus tiqqan boʻlsa, shundan soʻng, it barmogʻini tishlab olgʻan… Bu oʻzi juda ham bemaʼni odam, oliynasab janoblari.– Yolgʻon soʻzlaysan, koʻr! Koʻzing bilan koʻrmaganingdan keyin yolgʻon soʻzlashning nima hojati bor. Oliynasab janoblari juda ham aqlli odam, kim yolgʻon soʻzlaydi, kim rost, bu kishi oʻzi tirnogʻining yuzidak biladi. Nahotki, men yolgʻon aytsam. Xoʻp, sud tekshirsin. Test muallifi: Xurshid Jo‘rayev t.me/XJurayevOnaTili 5 Zakonda hammasi ham koʻrsatigan… Boʻlmasa menga bari bir… Mening oʻz akam jandarmada xizmat qiladi. Agar bilmakchi boʻlsangiz…– Vaysay berma!– Yoʻq, bu generalning iti boʻlmasa kerak… – deydi chuqur oʻylab olgan gorodovoy, – generalning bunday iti yoʻq edi. Uning iti chipor rangli edi…– Sen buni aniq bilasanmi?– Aniq bilaman, oliynasab janoblari! – Menim oʻzim ham bilaman. Generalning itlari zotlik, qimmatbaho narsalar edi. Bu boʻlsa egasiz, daydi itga oʻxshaydi. Epaqaliq yungi ham yoʻq. Koʻrinishi ham xunuk… Qisqasi bir bedavodan iborat. Shunday bemaʼni itni saqlaydimi kishi? Senlarda aql bormi? Agar shu xilda bir it Petirburg yoki Moskovga kirib qolsa bormi, darrov zakonni ham bir tomonga yigʻishtirib qoʻyib urib oʻldirar edilar. Sen, Xrokin, bu ishni shunday qoldirib ketma… Taʼzirini berib qoʻyish kerak! Fursatni qoʻldan chiqarish yaramaydi!– Balki generalning itidir…, – dedi oʻylanib turgan gorodovoy, – men tunov kun generalning hovlisida shunga oʻxshash bir itni koʻrgandak boʻlgan edim.– Toʻgʻri bu it generalniki! – deydi xalq ichidan allakim.– Himm!… Birodar Yeldirin, mening paltomni kiydirib qoʻy-chi…Shamollab qalaturgʻangʻa oʻxshayman… Ichimdan titroq kelayapti… Sen bu itni generalnikiga olib bor. Va oʻsha yerdan soʻrab bil. Ularga mening ushlab yuborganligimni aytarsan… Koʻchaga boʻsh qoʻyib yuborilmasin degin… Balki oʻzi qimmatbaho, zotlik itdir. Har bir choʻchqagʻa oʻxshagʻan ahmoqlar uning burniga papirus tiqa bersalar buzilib qolishi ham turgan gap. It deganing juda ham nozik maxluq… Sen ahmoq, qoʻlingni pastga tushur! Jinniga oʻxshab qoʻlingni yuqori koʻtarib turma! Ayb oʻzingda!– Generalning oshpazi kelyapti, undan soʻraymiz… Hay Proxor! Qani buyoqgʻa kel-chi, uka! Manavi itni koʻr, siznikimi?– Topibsan! Umrda bunaqa itimiz boʻlmagan.– Endi uzoq soʻrab oʻlturishning hojati yoʻq, – dedi Ochumelov, – bu albatta egasiz daydi it! Uzoq muhokama qilib oʻltirish nima xojat. Men axir daydi it demadimmi, mana endi daydiligi ham maʼlum boʻldi. Buni urib oʻldirishdan boshqa ish yoʻq, vassalom!– Bu bizning itimiz emas, – deb davom etdi Proxor, – Bu it generalning ukasining iti, oʻzi yaqinda keldi. Bizning itimiz ov iti emas. Janobning ukalari ovchiliqgʻa…– Ha, ha, hali bu janobning ukalari kelgan ekanlar-da? Vladimir Ivanovich-a? – deb soʻradi Ochumelov. {1}– voy xudo! Men hech bir eshitmabman-da. Mihmanga kelgandirlar?– Ha, mihman boʻlib kelibdilar…– Akalarini sogʻingʻan boʻlsalar kerak… Men boʻlsa oʻlimdan xabarim bor, u zotning kelganlaridan xabarim yoʻq! Demak bu it ularniki ekan-da? Juda xursand boʻldim… Itni olib ket… Yaxshigina it koʻrinadi… Oʻlguncha yugurdak boʻlsa kerak. Ol, buni bormogʻini tishla! Ha ha-ha… Xoʻsh, nega titraysan? Viss, viss… serzarda mugʻambir… oʻz oti bilan it-da…Proxor itni chaqirib olib oʻtin skladidan chiqib ketadi. Xalq Xrokinni mazaq qilib kuladi: – Sen hali qarab tur! – deb Ochumelov Xrokinni shneliga oʻralib olib guzar maydonchasi boʻylab yoʻliga davom etadi. 23. [1,1 ball] Asar nomi orqali qanday badiiy maqsad ifoda etilgan? A) Inson va hayvonlar o‘rtasida bo‘lgan munosbat B) Insonlarning ikki yuzlamachiligi va vaziyatga qarab o‘zgarishi. C)Itlar insonga naqadar do‘stligi va sadoqatliligi D) Hayvonlarning insonlar zulmiga uchrab besabab qirilishi 24. [1,1 ball] Asarning qahramoni Ochumelov obraziga mos ta’rif berilgan javobni aniqlang. A) Adolatli amaldor xalq g‘ami bilan yashaydigan inson B) Hayvonlarga mehrubon, shuning uchun itni va it egasini jazolash fikridan qaytadi C) It egasi yaqin qarindoshi bo‘lganligi sabab Xrokinni tishlagan itni maqtagan obraz. D) Laganbardorlik qilib bo‘lib turgan vaziyatga nohaq hukm chiqargan amaldor. 25. [1,1 ball] Asarning qahramoni Xrokin obraziga mos keladigan ta’rif javobni aniqlang. A) O‘z haq-huququni talab qilib, ammo bunga erisholmay kalaka bo‘lgan obraz B) It egasidan pul o‘ndirish maqsadida tuhmat qilib niyatini amalga oshira olmagan inson C) Hayvonlarga bo‘lgan nafrati sabab itga besabab ozor bergan kishi D) Amaldor va xalq oldida o‘zini qahramon qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan munofiq. 26. [1,1 ball]Asarda aks etgan ma’lumotni toping? A)It egasi topilmaydi B)It qutirgan bo‘ladi C)Zargar “Aybsiz” aybdorga aylanadi D) Yeldirin hiyla ishlatadi 27. [1,1 ball][1] raqami bilan ajratib ko‘rsatilgan gapda Ochumelovning qaysi holati ifoda etilgan? A) shodligi B) kinoyasi C) qo‘rqishi D) achinishi G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajari Download 21.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling