Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi … 4


Download 45.64 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi45.64 Kb.
#1537117
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Quyosh sistemasi,planetalar,asteroidlar,kometalar,meteoritlar



Reja:


Kirish 3
Asosiy qism .....................................................................................

  1. Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi … 4

  2. Olamning tuzilishi. Olam. Osmon jismlari 8

3.Quyosh chiqayotganda dastlab tog’larning tepasini yoritishi...........12

  1. Yerning Quyosh atrofida aylanishi 21

Xulosa 27
Foydalangan adabiyotlar tizimi 29

Kirish


Fan insonning ongli faoliyati maxsuli sifatida qadimgi Yononistonda VI-V asrlarda vujudga keldi. Juda ko’p olimlarning fikricha fan bu insonning ongli faoliyatidir. Fanning vazifasi esa borliq haqidagi bilimlarni ishlab chiqish va ularni nazariy jihatdan tartibga solishdir. Fanning asosiy maqsadi esa obektiv borliqni boshqarishni usullari va yo’llarini ishlab chiqishdan iboratdir. Hozirgi paytda fanlar shartli ravishda uch qismga bo’linadi:

  • tabiiy fanlar;

  • ijtimoiy fanlar;

  • texnika fanlari;

Tabiiy fanlarga matematika, fizika, ximiya, geografiya, biologiya va geologiya fanlari kiradi.
Tabiiy fanlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri fanlararo ahamiyatga ega bo’lgan myammolarni ishlab chiqishdir.
Hozirgi paytda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda:

  • Yerning, biosferaning, atmosferaning, Dunyo okeanining tuzilishini, tarkibini va rivojlanishini o’rganish;

  • tabyatdan va tabiiy boyliklardan oqilona va to’la foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

  • tabiiy hodisa va jarayonlarni sodir bo’lishini bashorat qilish usullarini takomillashtirish;

  • tabyatni muhofaza qilish ishlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish.

«Umumiy yer bilimi» mamlakatimizda geografiya talimining muhim asosi bo’lib hisoblanadi. Geografiya talimida tabyatni qo’riqlash masalalariga ko’proq ahamiyat berilishi, atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro strategiyasi va BMT ning «Inson va muhit» dasturida ko’rsatilgan halqaro dasturlarining bajarilishi Umumiy yer bilimi fanining mavqeini va obro’sini yanada oshirib yobordi.
Hozirgi davrning asosiy hususiyatlaridan biri fanning juda tez suratlar bilan rivojlanishidir. Hech qachon hozirgidek fanga insoniyat va jamiyat oldida bunchalik buyok masuliyat tushmagan edi.
Jamiyatning rivojlanishini, tabiiy va ijtimoiy hodisalarning boshqarish hamda ularni sodir bo’lishini va oqibatlarini bashorat qilishni faqat fan yordamida hal qilish mumkin.
Fanlarni uch guruhga bo’linishi shartlidir. Chunki ayrim fanlarning malum bir tarmog’i tabiiy fanlar tizimiga kirsa, boshqa tarmog’i ijtimoiy yoki texnika fanlari tizimiga kiradi. Masalan, geografiya fani tabiiy fanlar tizimiga kiradi, ammo iqtisodiy geografiya ijtimoiy, geodeziya va kartografiya esa texnika fanlari tizimiga kiradi.


    1. Download 45.64 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling