Quyosh va sayyoralar. Oy. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar


Download 109.42 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi109.42 Kb.
#1509223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matn

8-rasm. Oy fazalari.


5.4. Quyosh tizimining paydo bo’lishi
Quyosh, sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan.
Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar mobaynida rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval chang va gazlardan tuzilgan bulutlar yoki tumanlardan hosil bo’lgan2. Fransuz faylasufi Rene Dekart (1644 yili) birinchi bo’lib koinotdagi tumanliklar, ya’ni gaz va changlardan iborat bo’lgan bulutlarning quyunli harakati natijasida uning markazida Quyosh, chekka atrofida esa sayyoralar, ularning yo’ldoshlari hosil bo’lgan, degan g’oyani ilgari surgan.
Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo bo’lgan. Gravitatsion siqilish natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada zichlashish ta’sirida bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reaksiyalarini boshlanishiga olib kelgan. Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq moddalar uyumidan esa sayyoralar va yo’ldoshlar vujudga kelgan.
Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar (nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart tomonidan olg’a surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan mashhur bo’ldi.
Nemis faylasufi I.Kant (1755yili) va fransuz astronomi A.S.Laplas (1796 yili) Dekart g’oyasini davom ettirgan. Ularning g’oyalari bir-biriga o’xshash bo’lganligi uchun Kant-Laplas nazariyasi deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko’ra Quyosh va sayyoralar yagona gazsimon tumanlikdan tarkib topgan. O’sha tumanliklar o’z tortishish kuchi ta’sirida siqilayotgan bulutlar (tumanliklar) tezroq aylanib, diskni eslatuvchi yasmiq shakliga aylangan. Ma’lum vaqtdan so’ng markazdan qochirma kuch ta’sirida disk chetidan asta-sekin halqalar ajralib chiqa boshlagan. So’ngra har bir ajralib chiqqan halqaning yig’indisidan sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, diskning markazida esa Quyosh vujudga kelgan.
Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi to’g’risidagi kosmogonik gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755 yilda nashr etilgan «Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» asarida bayon etilgan. I.Kant osmon bo’shlig’idagi zarralar bir-biri bilan o’zaro tortishi natijasida bir
markazda to’planib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan, Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa hozirgi sayyoralarni hosil qilgan degan g’oyani ishlab chiqqan.
I.Kant gipotezasiga yaqinroq gipotezani 1795 yili fransuz matematigi va astronomi P.Laplas yaratadi. Uning fikricha Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta siyrak qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning (tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich holatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siqilishi oqibatida uning tezligi kuchaygan. Shuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi, markazdan qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli vaqtda gazsimon halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Ajralib chiqqan halqalardan sayyoralar hosil bo’lgan. P.S.Laplasning fikricha tumanlikning markaziy sharsimon yirik qismi Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiqargan.
I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda yaqin bo’lganligi uchun Kant-Laplas gipotezasi deb atala boshladi. Ammo, ular o’rtasida farqlar mavjud. I.Kant fikriga ko’ra, Quyosh hamda sayyoralar dastlabki siyrak tumanlikdan paydo bo’lgan. P.S.Laplas fikriga ko’ra (u faqat Quyosh tizimi haqidagi gipoteza), sayyoralar o’z o’qi atrofida tez aylanadigan qizib ketgan gazlardan tashkil topgan.
Quyosh yaqinidagi sayyoralar I.Kant fikriga ko’ra tortish va itarilish kuchlari ta’sirida vujudga kelgan. P.S.Laplas fikricha esa, sovish va zichlanish oqibatida aylanma harakatlar vujudga kelgan, hamda aylanuvchi halqasimon zichroq moddalar to’plami paydo bo’lgan. So’ngra har bir halqaning asosiy massasi sferik jism-sayyora bo’lib to’plangan, qolgan kamroq massasidan yo’ldoshlar paydo bo’lgan.
Shunday qilib, Quyosh tizimining vujudga kelishi haqidagi -Dekart - Kant - Laplas g’oyasi o’sha davr fan taraqqiyoti darajasida tushuntirib bergan va u eng to’g’ri nazariya ekanligini dunyo olimlari tan olgan.
Dekart-Kant-Laplas gipotezasining kamchiliklari fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli XIX asrda aniqlangan.
O.Yu.Shmitd isbotlagan quyidagi ma’lumotlarni o’z gipotezasiga asos qilib olgan (Kalesnik, 1966). Galaktika bilan birga Quyosh ham aylanadi; Galaktika ekvatori tekisligida (ya’ni Quyosh turgan tekislikda) kosmik chang va gazlarning bulutsimon, nihoyatda katta to’plamlari mavjud (9-rasm).
Quyosh galaktikaning o’qi atrofida aylanayotganda bundan bir necha milliard yil avval kosmik changdan iborat bulut orasidan o’tgan va tortish kuchi natijasida bu bulutning bir qismini o’zi bilan ergashtirib ketgan.


Download 109.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling