Quyosh va sayyoralar. Oy. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar
Sayyoralar va ularning xususiyatlari
Download 109.42 Kb.
|
Matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-rasm. Quyosh tizimi (Quyoshgacha bo’lgan masofa, mln. kmhisobida): 1-Merkuriy; 2-Venera (Baratov P., 2010).
Sayyoralar va ularning xususiyatlari
Sayyoralar. Sayyoralar Quyosh tizimidagi sovuq osmon jismlaridir. Quyosh atrofida 9 ta sayyora harakatlanadi. Sayyoralar Quyosh tizimida joylashgan o’rni, o’rtacha zichligi, o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, yo’ldoshlari soniga ko’ra bir-biridan farq qiladi (1-jadval). Quyosh tizimidagi sayyoralar ikki gruhga bo’linadi: a) o’rtacha zichligi katta, o’z o’qi atrofida sekin aylanadigan, yo’ldoshlari kam (yoki butunlay yo’q) kichik ichki sayyoralar guruhi. Ichki sayyoralarga Merkuriy (Atorud), Venera (Zuhra), Yer va Mars (Mirrix) kiradi; b) o’rtacha zichligi kichik o’z o’qi atrofida tez aylanadigan, yo’ldoshlari ko’p bo’lgan katta, tashqi sayyoralar guruhi. Ularga Yupiter (Mushtariy), Saturn (Zuhal), Uran, Neptun (7-rasm)1. Sayyoralar Quyosh atrofida soat strelkasiga teskari yo’nalishda harakatlanadi. Merkuriy. Quyoshga eng yaqin va eng kichik sayyora. Merkuriyning og’irligi Yernikidan 20 barobar kam. U Quyoshga yaqinligi tufayli Quyosh tomonidan kuchli tortiladi. Merkuriy Quyosh atrofida 88 Yer sutkasi davomida bir marta aylanib chiqadi, ammo o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi. Shu tufayli uning bir tomoni uzoq vaqt Quyosh tomonidan kuchli qizdirilsa, bir tomoni uzoq vaqt mobaynida kuchli soviydi. Binobarin, yoritilib turgan qismida harorat +1500C, teskari tomonida esa – 2400C sovub ketadi, oqibatda sutkalik haroratlar farqi juda katta bo’lgani uchun kuchli nurash jarayoni ro’y beradi. Merkuriyda haroratning yuqoriligi tirik organizmlarning yashashi uchun noqulay sharoitni keltirib chiqaradi. 7-rasm. Quyosh tizimi (Quyoshgacha bo’lgan masofa, mln. kmhisobida): 1-Merkuriy; 2-Venera (Baratov P., 2010). Merkuriy massasining va og’irlik kuchining kamligi tufayli uning ichki qismidan chiqayotgan gazlar tezda fazoga uchib ketadi. Merkuriy atmosferasida azot, is gazi, atomar vodorod, argon va neon borligi aniqlangan. Venera. Sayyoralar ichida eng yorug’i hisobladi, uni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Shu sababli uni qadimiy greklar «nahorgi yulduz» yoki «tonggi yulduz», yoki «yorug’lik keltiruvchi» deb ataganlar. Kattaligi, og’irligi va zichligi jihatidan Yerga yaqin turadi. Venera Yerdan biroz kichik bo’lsa-da, tortishish kuchi ko’proq. Shu sababli Venera ham gazlarni ushlab tura oladigan miqdorda og’irlik kuchi va bosimi 27 atm. bo’lgan zich atmosfera bilan o’ralgan. Venera Yer sutkasi hisobida 24 soat 37 minutda aylanib chiqadi. Atmosferasi asosan is gazidan iborat (93-97 %), kislorod juda kam (0,5 %), azot esa 2% atrofida. Venera atmosferasining eng yuqori qismlari atomar vodoroddan iborat. Lekin Venera atmosferasidagi suv bug’lari yog’in tariqasida ajralib chiqsada, uning yuzasiga yetib tushmasdan bug’lanib, yana atmosferaga ko’tarilib ketadi. Chunki, sayyora sirtida (30 km balandlikda) harorat 235°C, sayyora yuzasida esa harorat +485°C gacha qizib ketadi, bosim esa 90-95 atm. ga teng. Venera yuzasida Mars yuzasiga o’xshash relyef shakllari - kengligi 150 km, uzunligi 2200 km, balandligi 2 km keladigan rifsimon hududlar, balandligi 7-8 km ga yetuvchi tog’ tizimlari, kengligi 300-400 keladigan vulqon kraterlari mavjud. Mars. Joylashgan o’rni va ko’p xususiyatlarga ko’ra Yerga yaqin. Ammo Mars Yerdan ancha kichik-diametrining uzunligiga ko’ra ikki hissa, massasiga ko’ra to’qiz marta kichik. Unda hayot belgilari borligi aniqlangan. O’z o’qi atrofida 24 soat 37 minutda aylanadi. Bunday harakat Mars yuzasini sutka davomida isish va sovish vaqtlarini almashinishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Marsning bir yili 687 sutkaga teng. U Yerga nisabatan 2 marta kam issiqlik oladi. Mars atmosferasi juda siyrak unda is gazi va azot keng tarqalgan(95%), kislorod miqdori kam (0,1%), suv bug’lari esa 0,05% ni tashkil qiladi, qisman argon va azot mavjud. So’ngi tekshirishlar Mars atmosferasida suv bug’lari borligini isbotlamoqda. Suv Ma rsning ichki qobiqlaridan chiqishi mumkin. Hozircha Marsda hayot bor yoki yo’qligi haqida aniq ma’lumot yo’q. Marsda kunduzi (ekvatori atrofida) harorat +30° yetsa, kechasi -90°C ga tushib ketadi. Mars yuzasi bir xil bo’lmay, tog’lar, ulkan daralar, botiqlar, daryo o’zanlariga o’xshash relyef shakllari mavjud. Mars yuzasida uzunligi 4000 km ga yetuvchi botiqlar, uzunligi 3000 km ga yetuvchi «Mars kanali» deb nom olgan yoriqlar, balandligi 15 km keladigan «Olimp qorlari» vulqon tog’i, balandligi 20 km keladigan Nike Olimp, Toris kabi tog’ tizmalari mavjud. So’ngi ma’lumotlarga ko’ra Mars grunti tarkibida ma’lum darajada namlik borligi haqida fikr yuritilmoqda. Marsning Fobos va Deymos deb ataluvchi yo’ldoshi bo’lib, yuzasida kraterlar ko’p. Qishda mo’tadil mintaqada qor va qirovning oq dog’lari ko’rinadi. Ekvatorial mintaqada harorat kunduzi +200C, kechasi -450C ni tashkil qiladi. Qutbiy o’lkalarda qutbiy kun va qutbiy tun kuzatiladi. Hamma joyda ko’p yillik muzloq yerlar tarqalgan. Mars ham Yerga o’xshash orbita tekisligiga nisbatan 64,300 og’gan bo’lib, yil fasllari Yernikiga o’xshashdir. Marsda ham Yerga o’xshab issiqlik mintaqalari mavjud, fasllar almashinib turadi. Ulkan yoki tashqi sayyoralar Yupiter, Saturn, Uran, Neptun ichki yoki Yer guruhidagi sayyoralardan keskin farq qiladi. Ular o’lkan bo’lishiga qaramasdan zichligi kam, asosan yengil elementlardan iborat, 70-80%ni vodorod tashkil qiladi. Quyoshdan uzoqda joylashganligi uchun Quyoshdan kam issiqlik olishadi. Hatto Yupiterda ham harorat -1000C. Shuning uchun mazkur sayyoralarda hayot yo’q. Sayyoralar to’g’risida ma’lumot 7-rasm va 1-jadvalda berilgan. Download 109.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling