"Quyoshcha" guruhining "Xush kelibsan Yangi yil" deb nomlangan
Download 17.97 Kb.
|
Quyoshcha
“Quyoshcha” guruhining “Xush kelibsan Yangi yil” deb nomlangan bayram ertaligi sahnanomasi. Yangi yil bayramiga mos bezatilgan bayram sahnasi. Atrof qor parchalari va rangli pufaklarga to’la. Sahna to’rida archa chiroyli qilib bezatilgan. Archa atrofida esa o’rmon jonivorlari Ayiq og’a vaUzunquloq quyonvoy o’ynab suhbatlashmoqda. Ayiq: Ha shalpangquloq namuncha bezovtasan, tinmay u yoqdan bu yoqqa sakrayverasan , biroz tek tursangchi aylanavermasdan. Quyon: Iye Ayiq og’a nega sakramay, ahir bugun o’rmonimizda Yangi yil bayramiku. Hursandligimdan tek tura olmayapmanda. Ayiq og’a bizning o’rmonimizga ham Qorbobo tashrif buyurarmikin. Ayiq: Ha, albatta keladi. Sahnaga boshlovchi kirib keladi. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz hamkasabalar va davramiz mehmonlari. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramingiz muborak bo’lsin. Yangi yil barchangizga oilaviy baxt va hotirjamlik olib kelsin. Bizning “Quyoshcha” guruhimizning bolalari sizlar uchun qiziqarli bayram ertaligini tayyorlab kelganlar. Marhamat tomosha qilib, zavq oling. Assalomu alaykum Ayiq og’a va uzunquloq. Bayramingiz muborak bo’lsin. Bu yerda nima qilyapsizlar? Quyonvoy: Bugun bayram shuning uchun o’rmonimizda ham bayram bo’larmikin deb hayajonlanyapman. 1-boshlovchi: Albatta bo’ladi. Kelinglar bayram shukuhini olib keluvchi bolajonlarni o’rmonimizga taklif qilsak. Bu yerga qorbobochalarni chaqirsak. Sahnaga qorbobochalar sho’x musiqa sadolari ostida kirib keladilar. “Qor” qo’shig’iga doira shaklida harakatli raqs tushadilar. Raqsdan so’ng joylariga o’tiradilar. Quyon: Voyey bu bolajonlarni biram quvnoq va beg’ubor bolalar ekan. Bolajonlar men bilan ham birga raqsga tushasizlarmi? Kelinglar birga barchamiz quyonchalar bo’lamiz. “Zayki tonseval” raqsi. Bolalar joyiga o’tiradilar. Sahnaga musiqa sadosi ostida Qorbobo kirib keladi. Quyon va ayiq bilan sho’x raqsga tushadi. Qorbobo bolalar bilan salomlashadi. Qorbobo: Salom bolajonlarim. 2-boshlovchi: Assalomu alaykum bobojon. Bizni davramizga hush kelibsiz. Yo’lda charchab qolmadingizmi? Qorbobo: Va alaykum assalom. Hammangiz sog’ omonmisizlar. Yana bir yoshga ulg’aydingiza. Men bugun quruq kelmdim. Ko’p sovg’alar bilan kelganman. Sizlar ham menga nimalar tayyorlab kelganingizni ko’rsatasizlarmi? Bolalar: Ha. Quyon: Qorbobo bizga ham sovg’a bormi? Qorbobo: Albattada. Ayiq polvon mana seenga bir idish asal. Bu senga aqlli va odobli bo’lganing uchun. Ayiq: Raxmat Qorbobojon. Men asalni juda yaxshi ko’raman. Qorbobo: Quyonvoy senga ham sovg’am bor. Mana senga sabzi. Quyon: Voy Qorbobojon buncha katta sabzi. Men sabzilarni juda yaxshi ko’raman. Raxmat. 2-boshlovchi: Qorbobojon bolajinlarimizga ham sovg’alaringiz bormi? Qorbobo: Albattada. Bolajonlarga ham sovg’alarim bor. Mana sizlarga shiqildoqlar. (qopidan shiqildoqlar olib bolalarga tarqatadi). Bolalar ijrosida “shiqildoqlar”raqsi. Bolalar joyiga borib o’tiradilar. Ayiq: Bobojon men ham bolalarga sovg’a bersam maylimi? Qorbobo: Albattada. Ayiq bolalarga idishda asal tarqatadi va birga raqs tushadilar. “Ayiqlar”qo’shig’i va raqsi. Bizning o’rmon bog’chamiz Daraxtzoru keng o’tloq. Qo’l ushlashib barchamiz Qo’shiq kuylaymiz quvnoq. G’u-g’u, g’u-g’u-g’u G’u-g’u-g’u-g’ug’u. Ayni bahor chog’ida O’rmonning quchog’ida. O’tirvolib to’nkaga, Asal qo’yib o’rtaga. Mazza qilib yalaymiz Keyin rossa o’ynaymiz G’u-g’u,g’u-g’u-g’u G’u-g’u,g’u-g’u-g’u. Bolalar raqsdan so’ng joylariga o’tiradilar. 3-boshlovchi: Bolajonlar Qorboboga qanchalik epchil va chaqqonligimizni ham ko’rsatamizmi? Bolalar: Ha. 3-boshlovchi: Kelinglar u holda sahnamizda sochilib yotgan qorli koptokchalar va qor prchalarini yuk mashinalariga teramiz. Hozir sahnaga qorli koptokchalarni terish uchun Zulayho qizimiz va Muhammadabdullohni taklif etamiz. Qor parchalarini esa Robiyaqiz va Muhammadazizlar birga teradilar. Qaysi juftligimiz birinchi o’z mashinlarini to’ldirar ekanlar. Qolgan bolajonlar esa ularni qo’llab turamiz. Qani bir, ikki, uch boshladik. Bolalar epchillik bilan qor parchalar va qor to’pchalarni tera boshlaydi. G’olib bo’lgan juftlikni qarsaklar bilan taqdirlanadi. Qorbobo: Bu yerda juda epchil va chaqqon bolajonlar bor ekan. Men juda hursand bo’ldim. Ayiq: Ha bobojon bubolalar juda sho’x ekan, huddi menga o’xshab. Men yana bu bolalar bilan birga raqs tushgim kelyapti. Qorbobo: Ha to’g’ri Ayiqvoy. Kelinglar hammamiz birga raqs tushamiz. “Medvedi” qo’shig’iga hamma birga raqs tushadilar. Qorbobo: Barakalla bolalarim. Mana sizlarga sovg’alar aqlli va zukko bo’lganingiz uchun. Qorbobo bolalarga sovg’a tarqatadi. 1-boshlovchi: Aziz tomoshabinlar bizning Quyoshcha guruhining bugungi bayram ertaligi shu bilan o’z nihoyasiga yetdi. Etiboringiz uchun rahmat! Bolalar musiqa sadolari ostida sahnani tark etadilar. 1-boshlovchi: M.Toshmatova 2-boshlovchi: S. G’oziyeva 3-boshlovchi: S.Mallayeva Qorbobo: N.Yusupova Ayiq: G.Imomova Quyon: N.Mansurova Yordamchi tarbiyachi: M: Download 17.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling