Quyun izlari yoxud ogahiy
Download 57.27 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.Toponim
IKKINCHI BOB “QUYUN IZLARI YOXUD OGAHIY” ROMANIDA TOPONIMLARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI Maʼlumki, toponim yunoncha (topos - joy + opota - atoqli ot) so‘zlaridan olingan bo‘lib, yer yo‘zasining quruqlik qismida joylashgan tabiiy-jo‘grofiy va sunʼiy (inson yaratgan) obʼyektlarning atoqli oti: oykonim, oronim, speleonim, xoronim, urbanonim, drimonim, nekronim va boshqa nomlarni bildiradi. Toponimika esa nomshunoslikning joy nomlarining paydo bo‘lishi, rivoji, vazifaviy xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasidir. Joy nomlari, yaʼni geografik nomlarni o‘rganish atama sifatida isteʼmolda bo‘lgan so‘zlarning etimoni, xalq tarixiy taraqqiyotining qaysi davrida paydo bo‘lganligi, o‘tmishdagi qanday tarixiy voqea-hodisalar bilan aloqadorligini aniqlashga yordam berish bilan birga, til, millat tarixining maʼlum jihatlariga aniqliklar kiritadi. Shunga ko‘ra, joy nomlarini o‘rganish tilshunoslik geografiya, tarix fanlari uchun birday muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yarim asr mobaynida toponimlarni o‘rganish sohasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirildi, yigirmadan ortiq nomzodlik (T.Nafasov, S.Qorayev, T.Rahmatov, J.Latipov, Y.Xo‘jamberdiyev, X.Xolmo‘minov, Z.Do‘simov, N.Oxunov, S.Nayimov, O‘.Oripov, T.Enazarov, O.Begimov, A.Aslonov, A.Otajonova, M.Tillayeva, O‘.Rajabov, S.Bo‘riyev va boshqalar), uchta doktorlik (S.Qorayev, Z.Do‘simov, T.Enazarov) ishlari himoya qilindi, o‘ndan ortiq turli darajadagi toponimik lug‘atlar nashr etildi . Birgina 2012 yilda o‘zbek tilshunosligida uch kishining toponimikaga doir nomzodlik ishlarining himoya qilinganligining o‘ziyoq bu soha masalalari olimlar diqqatini yanada ko‘proq o‘ziga jalb etayotganligidan dalolat beradi. Lekin shu kunga qadar badiiy asarlarda qo‘llangan onomastik birliklar, jumladan toponimlarning lingvopoetik xususiyatlari maxsus tadqiq etilgan ishlar o‘zbek onomastikasida juda kam. Bu o‘rinda faqat dots.T.Qurbonovning yozuvchi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar. Bobur”, “Avlodlar dovoni. Xo‘moyo‘n va Akbar” tarixiy romanlari tahili asosida eʼlon qilingan ishlarini alohida taʼkidlash lozim. Biz ana shu tadqiqotlarda qo‘llanilgan metodlarga tayangan holda taniqli adib Erkin Samandarning “Quyun izlari yohud Ogahiy” tarixiy romanida qo‘llanilgan toponimlarning lingvopoetik xususiyatlarini o‘rganishga harakat qilamiz. Shunisi eʼtiborliki, Erkin Samandar toponimlardan badiiy asarlarda foydalanish sohasida o‘z mahoratini dastlab sheʼriy, dramatik asarlarida, esselarida sinovdan o‘tkazdi. Bunga shoirning bir qator sheʼrlarini, doston va balladalarini ko‘zdan kechirish asosida to‘la ishonch xosil qilish mumkin. Masalan: shoir Erkin Samandarning “Marg‘ilonga boramiz” degan g‘azalida Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahri, o‘ning hoziri, u yerdagi do‘stlar bilan uchrashuv lahzalari. Taniqli adib Erkin Samandar o‘zining toponimlardan funksional-uslubiy maqsadda foydalanish sohasida orttirgan tajribalarini yirik hajmdagi nasriy asarlarda izchil davom ettirdi. Bunga biz uning “Quyun izlari yohud Ogahiy” nomli tarixiy romani misolida ham to‘la ishonch hosil qilish mumkin. Agar biz mamlakatimizda yaratilayotgan toponimiyaga doir tadqiqotlarni kuzatadigan bo‘lsak toponimlar tasnifiga doir har xilliklar va turlicha yondoshuvlarga duch kelamiz. Masalan, yirik toponimshunos olim S.Qorayev joy nomlarini quyidagicha tasniflagan edi : 1.Oronimiya - (yunoncha oros – tog‘). Bunga tog‘ va tog‘ bilan bog‘liq joy nomlari kiritiladi, yaʼni yer yuzasining relef shakllari: tog‘, cho‘qqi, qir, vodiy, tekislik nomlari kiradi. Biz o‘rganayotgan “ Quyun izlari yohud Ogahiy” romanida oronimlarning bir necha turlari qo‘llangan. Masalan: “General Manyev Chimyon tog‘lariga chiqishni yoqtiradi. Bu tog‘larda Turkistonning o‘zigagina xos bo‘lgan viqor va chiroy bor, deydi u” (K-i., 76); “-Axir, u xon, mamlakat podshosi, ustiga ustak hozir ko‘ngli yarim, yog‘iy Xivani g‘orat qilib yotir, kim xon ko‘nglini ko‘tarmoq bo‘lar, kimning boshqa bir maqsadi bor, - dedi bangi ro‘yi-rost” (K-i., 136-137) va boshqalar. 2. Oykonimiya - (yunoncha oykos - uy), polinimiya - (yunoncha polus - shahar) yoki urbonimiya - (lotincha urbs - shahar), yaʼni qishloq shahar, ovul nomlari. Masalan: “Yoqubjon og‘aga maslahat so‘ragani kirganida u shoshaa-pisha qo‘liga maktub tutqazgani, xatni zudlik bilan Sotliq bola deganga olib borganidan beri orasidan darak yo‘q. Kimdir uni Xivada desa, kimdir Mang‘itga. qarindoshlarini ko‘rgani ketgan, deydi” (Q-i., 36); “...general Perovskiy lak-lak qo‘shin ila Xorazmni zabt etmoqlikka jazm aylab, qisholdi Orenbo‘rgdin yo‘lga ot- lanmish” (Q-i., 216) va hokazo. 3. Mikrotoponimiya - (yunoncha micros - kichik), yaʼni kichik obʼektlar: dalalar, daraxtzorlar, jarlar, yo‘llar, ko‘priklar va hatto atoqli ot xususiyatiga ega bo‘lgan ayrim daraxt nomlari shu toponimik guruhga mansubdir. Masalan: “Yuqori martabali mehmonlar turadigan O‘ngariq qarorgohi butunicha Abdumalik to‘ra ixtiyoriga berilgan...’ (Q.i., 10); “Xivaning kunchiqari - Qiyot kishlog‘i. Qalʼa devori yaqinidan qishloq yerlari boshlanadi” (Q-i., 14) kabilar. 4. Etnotoponimiya - (yunoncha etnos - xalq), yaʼni urug‘- aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar. Bunday joy nomlari asarda kam bo‘lsa-da, uchraydi: “Yog‘iyning Kaspiy dengizi tomondan bostirib kelgan ko‘p sonli qo‘shini bilan savashlarda tirik qolgan qipchoq. nukuz. Mang‘it va boshqa qavmlar ham o‘sha kunning o‘zida xon atrofida jamuljam bo‘lishdi”(Q.i., 137); “Peshingacha yana besh yuzdan ziyod ikki qism - Ilolli, Po‘rsi, Taxtaning yovmud, chovdur, emrali ko‘ngillilari ot surib kelishdi” (Q.i., 137) kabilar. 5. Antrotoponimiya - (yunoncha antropos - odam), yaʼni kishi ismlari bilan yuritilidagan toponimlar. Masalan: “...Yo‘qsa, Ark yonidagi Ota darvozadan chiqilsa shundoq Patraklar o‘rami, uning qoqmarkazida esa qozikalonning dang‘illama hovlisi, qo‘l o‘zatsa yetkulik” (Q.i., 72); “Paxlavon Mahmud Puriyovaliy qadamjosi oldida mavlono Ogahiy va uning hamrohlarini imom hazratlari kutib oldi” (Q-i., 214) va xokazo. t Nom qo‘yish bilan bog‘liq bunday sohalarning barchasi tilshunoslikda umumiy nom bilan onomastika tushunchasi ostiga birlashadi. Onomastika yunoncha so‘z bo‘lib, nom qo‘yish sanʼati degan maʼnoni anglatadi. U ilmiy atama sifatida, birinchidan, tilshunoslikning atoqli otlarni o‘rganuvchi bo‘limi; ikkinchi- dan, atoqli otlar majmui, tizimi maʼnosida qo‘llaniladi. Biz o‘rganayotgan “Quyun izlari yohud Ogahiy” tarixiy romanida yuqorida taʼkidlangan barcha toponimik qatlamga oid atoqli otlar qo‘llangan bo‘lib, ular asarda voqea tasvirlanayotgan joyni, asosan Xorazm vohasi geografik muhitini aniq aks ettirish uchun xizmat qiladi. Yozuvchi Erkin Samandarning “Quyun izlari yohud Ogahiy” romani tarixiy-badiiy tipdagi asar bo‘lgani uchun ham toponimlarga, aniqrog‘i, tarixiy toponimlarga juda boy. Ularda qo‘llanilgan joy nomlarining statistikasini keltiradigan bo‘lsak quyidagi holatni ko‘rish mumkin: 1. Oronimiya bilan bog‘liq nomlar - 12 ta. 2. Polinimiya bilan bog‘liq nomlar: a) shahar va viloyat nomlari - 30 lar atrofida; b) qishloq nomlari - 8 ta; v) o‘lka va mamlakat nomlari - 14 ta. 3. Mikrotoponimlar bilan bog‘liq nomlar - 21 ta va 3 ta bog‘ nomlari. 5. Joy nomi bilan bog‘liq tahalluslar - 4 ta. “Quyun izlari yohud Ogahiy” romanida qo‘llangan toponimlarni geografik jihatdan quyidagicha tasniflash mumkin, deb hisoblaymiz: 1. Oronimiya – tog‘ va tepaliklar bilan bog‘liq joy nomlari: a) Tog‘ nomlari: Chimyon tog‘lari, Bo‘riyotog‘i kabilar: “Xivadan besh-olti chaqirimcha nari qiblada yastangan Bo‘riyotog‘i barxanlari hamisha ovchilar bilan gavjum bo‘lguvchi edi...” (Q-i., 218) va hakazo. b) Vodiy nomlari: Xorazm vohasi, Zarafshon vohasi, Farg‘ona vodiysi kabilar: “Shunday bo‘lsa-da, chiqmagan jondan umid deganday ikki yon qo‘shni - Xorazm va Buxoro yog‘iyga qarshi birlashmoqni istar...” (Q-i., 36) v) Sahro nomlari: Qoraqum, Kizilqum (barxanlari) kabilar: “Abdumalik to‘ra o‘z qo‘shini bilan Qoraqum osha kunbotar tomon ketib boradi...” (Q-i., 99) va hokazo. 2. Polinimiya - shahar, qishloq nomlari, viloyat, o‘lka va mamlakat nomlari: a) Shahar nomlari: Buxoro, Kesh, Orenbo‘rg, Toshkent, Turkiston, Samarqand, Karmana, Farg‘ona, Xorazm, kabi yigirmadan ortiq shahar nomlari qayd qilingan: Qo‘y, menga aql o‘rgatma. Men otamen. Sen esa o‘g‘ul. Aqlingni o‘zingga ishlat. Noto‘g‘ri yo‘ldin qayt. Kel, dag‘i Karmanaga hokimlig‘ ayla” (Q.i., 37) va boshqalar. b) Qishloq nomlari: Mang‘it, Sho‘roxon, Qiyot kabilar: “Sotliq bola daryodan kechib, to‘g‘ri Qiyotga yo‘l oldi. Yo‘q, kelmagan Qiyotga. Mang‘itga. qarindoshlarinikiga ketganmish, dedi kimdir” (Q-i., 163) va hakazo. v) O‘lka va mamlakat nomlari: Rusiya (O‘rusiya), Turon zamin, Eron, Yunoniston, Xindiston, Turkiya kabilar: “Uni Rusiya “bilimdoni”ga aylantirshigan. Turkiston tarixi, xususan, Xorazm tarixi bilan ham endi u ozmi-ko‘pmi tanish” (Q.i., 185) va hakazo. 3. Mikrotoponimiya. “Quyun izlari yohud Ogahiy” romanida qo‘llangan mikrotoponimlarni ifodalovchi atoqli otlar o‘z navbatidagi quyidagicha kichik guruhlarga ajratib tasnif qilinishi mumkin: a) Bog‘ nomlari: Ogahiy bog‘i, Temirqoziq bog‘i kabilar: “Bu hazrat Ogahiyning kelgusi avlodlarga o‘git-daʼvati kabi olis- olislarga qanot qoqadir. Ogahiy bog‘i uzra qushlar uchadir, charxlar uradir” (Q-i., 250) va hokazo. b) Qal’a nomlari: Aslqalʼa, Deshon qalʼa, Tuproqqalʼa, Qo‘yqirilgan qalʼa, Ellik qalʼa, Yonboshqalʼa, Ichon qalʼa, Kot qalʼasi, Guldursun qalʼasi kabilar: “Urganchning orqasida Xiva, Xazorasp, Qalʼajiq, Ellik qalʼa – Qot, Tuproqqalʼa, Guldursun, Qo‘yqirilgan qalʼa, Yonboshqalʼa kabi ko‘hna maskanlar joylashgan” (Q-i., 42) va hakazo. v) Mahalla nomlari: Gujumli o‘rami, Ota darvoza, Patraklar o‘rami kabilar: Yigitlaring shu yerda qolsin, o‘zing men bilan yur, - deya sardor uni pana yo‘llardan Gujumli o‘rami sari boshlab ketdi” (Q.i., 124) va boshqalar. g) Kabriston nomlari: Najmiddin Kubro sajdagohi, Oq Shayx bobo qadamjosi, Said Alouddin sajdagohi, Olloqulixon maqbarasi, Pahlavon Mahmud Po‘riyoivaliy qadamjosi kabilar: “Mavlononing uy-bog‘idan uzoq bo‘lmagan shayx Mavlon bobo qabristonida - uning ajdodlari yotgan qavgohda yangi sabr tiklanmoqda edi” (Q-i., 250) va hakazo. d) Kasr nomlari: Gandumiyon qasri, Xo‘ja eli qori qasri, Xazorasp qasri kabilar: “Qalʼa tashqarisidagi Gandoumiyon qasrini general o‘ziga qarorgoh qilib oldi” (Q.i., 145); “Oradan yarim kun ham o‘tmay ikkinchi odam - Otajon to‘ra keldi Gandumiyonga” (Q.i., 145) va hakazo. e) Madrasa nomlari: Arabmuhammadxon madrasasi, Sherg‘ozixon madrasasi kabilar: “Qadamjodan chiqqach, Said Alouddin, Najmiddin Kubro sajdagohlari, Sherg‘ozixon. Arabmuhammadxon madrasalarining har biri oldida to‘xtab o‘tguncha kun peshinga yaqinlashib qolgan edi, namozni juma masjidida ado etishib, yo‘lga ravona bo‘ldilar” (Q.i., 214) va hakazo. Keltirilgan bu tasnifiy maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, “Quyun izlari yohud Ogahiy” romani toponimlarga juda boy bo‘lib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Xorazm vohasida va uning atrofida qo‘llangan toponimlar haqida kitobxonga juda boy maʼlumot berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bu toponimik maʼlumotlar o‘zida XIX asr oxiri va XX asr boshlari eski o‘zbek adabiy tilining onomastik meʼyorini ham o‘zida ifoda etadi. Biz bu toponimik materialni lingvistik va lingvopoetik jihatdan maʼlum darajada o‘rganishga ham xarakat qildik. “Quyun izlari yohud Ogahiy” romanida qo‘llangan toponimlarni kuzatadigan bo‘lsak ular ichida tub toponimlarni ham (Qesh, Qo‘qon, Qarshi, Qiyot, Taxta kabilar), yasama toponimlarni ham (Qo‘ngirot, Onado‘li, To‘rkiston kabilar), mo‘rakkab, qo‘shma toponimlar (Samarqand, Oqmachit, Toshkent, Badrkent, Ellik qalʼa, Ilolli qalʼasi, Yonboshqalʼa kabilar)ni ham uchratish mumkin. Romanda qo‘llangan sodda toponimlar bir o‘zakdan tashkil topgan bo‘lib, ular ikki xil, yaʼni tub va yasama xarakterga ega. Tub toponimlar faqat bir o‘zakdan iborat bo‘lib, uning tarkibida so‘z yasovchi va shakl yasovchi affiks morfemalar uchramaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, romanda quyida tub toponimlar konkret joy tasvirining aniq ifodasi sifatida faol qo‘llangan: Kesh, Karmana, Qiyot, Kaluga va boshqalar: “- Yo‘q, - degan qatʼiy, - Boboqul sizning o‘g‘lingiz, Qiyot ham tala- to‘pdan yiroq ermas, o‘z yoningizda bo‘lsin” (K-i., 109) kabilar. Romanda qo‘llangan yasama toponimlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: a) -iston o‘rin-joy oti yasovchi forscha-tojikcha affiks bo‘lib, u millat, urug‘ nomlari yoki turdosh otlarga qo‘shilib, joy nomlari - toponimlar yasashga xizmat qiladi. Masalan: To‘rk+iston, Mo‘g‘o‘l+iston, Xind+iston kabilar: “General Manyev Chimyon tog‘lariga chqishni yoqtirardi. Bu tog‘larda Turkistonning o‘zigagina xos bo‘lgan viqor va chiroy bor, deydi u”(Q.i., 76); “qovunlari taʼrifi buyoqda Orol va Xazor dengizi bo‘ylariga, u yoqda Xindistongacha yetib borgan” (Q.i., 42) kabilar. b) -k (-ak) forscha-tojikcha yasovchi affiks bo‘lib, u XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida o‘zbek tilidagi -cha qo‘shimchasi vazifasini bajargan. Bu qo‘shimcha orqali Pitna+k qalʼasi, Xiva+q Patra+k+lar o‘rami kabi toponimlar hosil qilingan: “Nonushtadan keyin yo‘lga chiqishmoqchi edi. Peshingacha qalʼajiqqa yetib borilsa, u yog‘i so‘nggi manzil. - Pitnak qalʼasi ham yarim kunlik yo‘l...(Q.i., 228); “Yo‘qsa, Ark yonidagi Ota darvozadan chiqilsa shundoq Patraklar o‘rami, uning qoq markazida esa qozikalonning dang‘illama hovlisi...” (Q.i., 72) kabilar. v) -obod affiksi o‘rin-joy oti (toponim) yasashda eng faol qo‘llanadi. Bu qo‘shimcha yordamida yasalgan G‘ozi+obod toponimi romanda qayd etilgan: “Izmuxshir etaklari, qo‘shni G‘ozioboddagi ozod “qullar”ni bir joyga - o‘z o‘ramiga jam eta olgan edi” (Q.i., 170) kabilar. g) -xon affiksi o‘rin-joy oti (toponim) yasash uchun xizmat kiladi: Sho‘ro+xon kabi: “Go‘yo bir falokat sodir bo‘lganday Siddiq polvon terisiga sig‘may qoldi. Darhol enani kemaga o‘tqazib Sho‘roxonga jo‘natadigan, o‘zi esa orqaga - Xivaga qaytadigan bo‘ldi” (K-i., 99) va hakazo. d) -li affiksi o‘rin-joy oti (toponim) yasash uchun xizmat qiladi: Ilol+li qalʼasi, Ilol+li tumani, Tikan+li ko‘li kabi: Ilolli. xususan, Izmuxshir, Taxta, Po‘rsidagi qullar bir kuchli so‘l ostida birlashmoqlari lozim bo‘ladi. Bul ishga sening qurbing yetadi, deb o‘ylayman...” (Q-i., 158) va hakazo. Download 57.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling