Quyun izlari yoxud ogahiy


Romanda qo‘llangan aniqlagichli (indikatorli) toponimlarning funksional-semantik xususiyatlari


Download 57.27 Kb.
bet2/2
Sana18.03.2023
Hajmi57.27 Kb.
#1280769
1   2
Bog'liq
1.Toponim

Romanda qo‘llangan aniqlagichli (indikatorli) toponimlarning funksional-semantik xususiyatlari. Maʼlumki, aniqlagich (indikator)lar toponimlarning lisoniy tarkibiga kiritiladi. Shu sababli badiiy matnlarda toponimlarning funksional-semantik xususiyatlari o‘rganilar ekan, ularni chetlab o‘tish mumkin emas. Indikatorlarga oid dastlabki mulohazalar Z.Do‘simovning ishlarida uchraydi. Z.Do‘simov toponimlar tarkibida obʼektni ko‘rsatuvchi tog‘, tepa, ovul, qalʼa kabi so‘zlarni aniqlagich (indikator)lar deb nomlaydi. Keyinchalik S.Naimovning toponimik aniqlagichlarga oid maqolasi eʼlon qilingan edi. Mustaqillik yillariga kelib O‘.Rajabov toponimik indikatorlarning funksional-semantik xususiyatlarini maxsus tadqiq etib, nomzodlik ishini himoya qildi . Shu ishlarga tayangan holda yozuvchi Erkin Samandarning “Quyun izlari yohud Ogahiy” romanidagi toponimik indikatorlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
1. Ikkinchi komponenti “tog‘” indikatorli toponimlar: Bo‘riyotog‘i va boshqalar: “Xivadan besh-olti chaqirimcha tri - siblada yastangan Bo‘riyotog‘i barxanlari hamisha ovchilar bilan gavjum bo‘lguchi edi, lekin bugun dasturxon taraddudi bilan andarmon mo‘rm-besh yigitdan bo‘lak jon asai ko‘rinmaydi”(Q.i., 218) kabilar.
2. Ikkinchi komponenti “qum” indikatorli toponimlar: Qoraqum, Qizilqum kabilar: “Bu yerdan Qoraqum xuddi kaftdagidek ravshan ko‘rinib turar, barxanlar oralig‘larida o‘sib yotgan yovshan, sazoq (saksovul) va boshqa o‘simlik va o‘t-o‘lanlarning muattar bo‘ylari bahor epkini ila o‘ngariqda ham esib yotardi” (Q.i., 34) kabilar.
3. Ikkinchi komponenti “kent” indikatorli toponimlar: Toshkent, Badrkent kabilar: “Toshkent qayonda, deb qichqirgan edi ketib borayotgan Aqiqa orqasidan”(Q.i., 205); “Amudaryoning so‘l qirrog‘i - Urganch, o‘ng qirg‘og‘i-Sho‘roxon, Urganchning orqasida Xiva, Xazorasp, Qalʼajik„ Badrkent qalʼalari ...joylashgan” (Q.i., 42) kabilar. ,
4. Birinchi komponenti “xo‘ja” indikatorli toponimlar: Xo‘jaeli sori kabilar: “Shimolga - qo‘ngirot, Xo‘jaeli sorig‘a Shomo‘rod inoq yo‘borilg‘ay. Bilursiz, yog‘iy kelur ersa shul ikki tarafdin tahdid solg‘ay”(Q.i., 27) kabilar.
5. Qismlaridan biri rang bildiruvchi so‘z indikator vazifasini bajargan joy nomlari: a) birinchi komponenti “qora” indikatorli toponimlar: Qoraqum kabilar: “Daryoga borayotgan bizning qahramonlarimiz Qoraqumning o‘mzanini kechib, sayxonlikka chiqib olishdi” (Q.i., 233);
b) birinchi komponenti “oq” indikatorli toponimlar: Oqmachit kabilar: “- Generallar tavakkal qilmaganda Oqmachitni, Qo‘qonu Buxoroni olib bo‘larmidi?” (Q.i., 83) va boshqalar.
5. Birinchi komponenti “qalʼa” indikatorli toponimlar: Qalʼajiq kabilar: “Nonushtadan keyin yo‘lga chiqishmoqchi edi. Peshingacha Qalʼajiqqa yetib borilsa, u yog‘i so‘nggi manzil - Pitnak qalʼasi ham yarim kunlik yo‘l, anavu yerda bemalol nafasni rostlab olsa bo‘ladi” (Q.i.} 228) va hakazo.
6. Ikkinchi komponenti “qalʼa” indikatorli toponimlar: Aslqalʼa, Deshon qalʼa, Ichon qalʼa, To‘proqqalʼa, Ellik qalʼa, Izmuxshir qalʼasi kabilar: “Ichon qalʼayu Deshon qalʼada Shomurod inoqning uyini bilmaydigan kimsa yo‘q. Darvozasi, qopulari, ustunlari naqshli. Oldi hovuzli. Hovuzi gujumli. Bog‘i naqsh olmali. Nuql o‘rikli. Tillo anjirli...” (Q-i., 21); “Xivaga qaytib kirish yo‘li bekitilganini ko‘rgan xon o‘ziga hamrohlik qilayotganlardan biri bo‘lmish mehtar xonadonidan panoh topgan edi. Shundan keyin kutilmagan xayrli hol ro‘y berdi. Bu yaxshilik ildizi Izmuxshir qalʼasida ekanini xon keyin bildi” (K.-I-, 122) va hokazo.
7. Uchinchi komponenti “qalʼa” indikatorli toponimlar: Qo‘yqirqilgan qalʼa, Hazorasp qalʼasi, Yonboshqalʼa, Go‘ldurso‘n qalʼasi kabilar: “...sho‘roxonning yon-atrofida Ellik qalʼa - Kot, To‘proqqalʼa. Go‘ldurso‘n. Qo‘yqirqilgan qalʼa. Yonboshqalʼa kabi ko‘hna maskanlar joylashgan” (Q.i., 42) va hakazo.
8. Son indikatorli toponimlar: Bunday indikatorlarning ayrimlari forscha-tojikchadir. Son indikator, asosan, qo‘shma toponimlarning birinchi komponenti sifatida qo‘llanadi. Masalan: Ellik+qalʼa, Xazor+asp kabilar: "... O‘zingga ishon, Ollohdan o‘zga imdod yo‘q. Shimoliy chegara - Orol bo‘ylariga, janub - Xazoraspga (yov keladurg‘an asosiy yo‘llar) shoshilinch qo‘shinlar jo‘natildi” (Q.i., 86) va hakazo.
Yozuvchi Erkin Samandar o‘z asarida ayrim toponimlarning izohi, etimologiyasini qahramonlar o‘y-fikrlari yordamida sharhlaydi, bu esa o‘sha qahramonlar ruhiy kechinmalarini ochish vositasiga aylanadi. Masalan, Boboko‘l (Boris) tabib qiz Aqiqani sevib qoladi, qiz Toshkentga ish bilan bir necha kunga ketgach, Boboko‘l Toshkent haqida o‘ylaydi, bu shaharning maʼnosini o‘zicha sharhlaydi, xatto maʼnaviy otasi Ogahiydan bu shahar nomining maʼnosini so‘rashni ahd qiladi, ammo tezda bu ahdidan qaytadi: “Har kun necha marta shu tomonga tikilib turadi. Tasavvur qilib ko‘radi Toshkent shaharni. Toshi ko‘p bo‘lsa kerakki, Toshkent derlar, deb o‘ylaydi. Balki maʼnosi bosqkachadir, otamdan so‘rab olishim kerak deb o‘ylaydi. Keyin darhol bu o‘yidan voz kechadi. Nechun so‘rayapsan, demaydilarmi. Ne deb javob beraman. Aqiqa ketgan shaharning maʼnosini bilishim kerak deymanmi. Xudo saqlasin. Odamni jinni qilar ekan bu sevgi degani” (Q.i., 205).
Asarda “Xazorasp” qalʼasining maʼnosi, etimologiyasi mavlono Ogahiy nigohi orqali quyidagicha izohlangan:
“Mavlononing ko‘nglidan yasovulboshi aytgan boshqa gap ham kechdi. Ul degan edikim, Amir to‘ra lashkar tortib Hazoraspga, o‘ndan o‘tib Amudaryo qirg‘og‘iga yetganida yog‘iyning kemalari to‘lqin kecha boshlaganini ko‘rib, bir-ikki o‘q otgan bo‘lganu loqaga chekingan.
Xazoraspni ham behimoya tashlab Xivaga qaytgan. Kaufman Xazoraspday asli mustahkam (Xazorasp qalʼai xo‘b joyi mahkam. Xivaki firdavs o‘l-robbil olamin ast) qalʼani bir o‘q otmay egallagan...” 108-109).
Romanda Qulpolvon, Shumqul, Jaqay bangining o‘g‘li singari qullarning o‘z Vatanlari - dengizga yaqin tog‘ bag‘ridagi Aslqalʼa haqidagi tasavvurlari o‘zgacha:
“...Shu so‘zlardan keyin eslashdiki, o‘z Vatanlari - dengizga yaqin tog‘ bag‘ridagi Aslqalʼa haqida Shumqul avvallari ham bir necha marta gapirgan, uning bog‘lari, bo‘loqlarini taʼrif etgan. Har hikoyasidan so‘ng bir kunmas, bir kun o‘z yurtimizga qayturmiz, deb ishonch bilan qo‘shib qo‘yguchi edi. Ikki misra sheʼr aytishni unutmasdi:
Aslqalʼa, Aslqalʼa.
Sensiz bizim yurak yara...” (Q.-i., 173).
Yozuvchi Erkin Samandarning «Quyun izlari yohud Ogahiy” romanida qo‘llangan toponimlar baʼzan antroponim (kishi ismi) vazifasida qo‘llanadi. Masalan, general Manyev Xiva tashqarisidagi Gandumiyon qasrini o‘ziga qarargoh qilib olgach, unga nisbatan “Gandumiyon xo‘jayini” birikmasi qo‘llangan: “Mahbus olib kirildi. Qora sardor. Tiz cho‘ktirilayotgan edi, general yo‘l bermadi, aksincha, qo‘l-oyoslarini bo‘shat, deb marhamat ko‘rsatdi. Ikkov yolg‘iz qolishdi... “Har yili bog‘ni boshiga ko‘tarib sayraguchi bulbullar qayergadir g‘oyib bo‘lgan, bir-ikkita qolganlari esa faqat nola qiladi, faqat nola...” (Q.i., 89); “Ogahiy bog‘i uzra qushlar uchadir, charxlar uradir” (K-i., 250);
“Alahsirab yotganida o‘z peshonasida ko‘rgan hayotbaxsh qo‘l Boboqulni darddan forig‘ qilibgina qolmaganini, balki qalbiga sevgi degan orombaxsh yolqinni joylab qo‘yganini u keyin angladi. Angladi-yu, ko‘nglida bulbulga o‘xshash xushovoz bir qo‘sh chah-chah sayraydigan bo‘ldi.
Aqiqa o‘zi ham ayni shunday holatga tushganini endi yigitdan yashirmaydi.
Ular hozir o‘zlari pinhon uchrashadigan tut tagida, visol sharobidan sarmast, entikib-entikib turarlar, qiymirib- qiymirib kularlar. Tut hali yosh, endi mevaga kiray deb turar, shoxalari bir boshqa bo‘ldamli, yaproqlari bir boshqa nafis. Qo‘ni-qo‘shnilar orasida Ogahiy to‘ti deb nom olgan bu navnihol daraxt, endi ularning ham tuti, bir necha visol oqshomlarining shoxidi, sirli-sehrli sevgi oshnosi...” (Q.i., 199);
“Ogahiy “karvoni” Qalʼajiq tomon ketib boradi. Yeru osmon osoyishta. Qushlar yana parvozda, qurt-qumo‘rsqalar yana g‘imir- g‘imir rizq teradi...” (Q,i., 231).
Shunday qilib, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yozuvchi Erkin Samandarning «Quyun izlari yohud Ogahiy” romanida qo‘llangan toponimlar komponent tarkibi jihatidan xilma-xildir. Bu toponimlar, bir tomondan, XIX asr ikkinchi yarmi -XX asr boshlaridagi eski o‘zbek adabiy tili lug‘aviy qatlamini ham o‘zida yorqin aks ettiradi, ikkinchi tomondan, kitobxonga o‘sha davr tili va joy nomlari haqida aniq tasavvur berishga vosita bo‘lib xizmat qiladi. Biz to‘plagan bu materiallarni yozuvchi Erkin Samandarning boshqa tarixiy-badiiy asarlari hamda o‘sha davr tarixiga oid yozilgan boshqa badiiy asarlar materiallari bilan qiyosiy yo‘nalishda o‘rganish o‘zbek tarixiy nomshunosligini, toponimiyasini yangi fakt va dalillar bilan to‘ldirishga xizmat qilishi shak-shubhasizdir.
Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling