R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


I BOB. C++ DASTURLASH TILIGA KIRISH


Download 1.27 Mb.
bet3/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

I BOB. C++ DASTURLASH TILIGA KIRISH


Ushbu bobda C ++ tilining asosiy elementlari, ya’ni, alifbosi, o‘zgaruvchilar, o‘zgarmaslar, ma’lumotlar turlari, asosiy amallar, standart funksiyalar, dastur tuzilishi va ma’lumotlarni kiritish hamda chiqarishga oid ma’lumotlar berilgan.

1.1-§. C++ tilining leksik asoslari


C++ dasturlash tili 1980-yilning boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tiliga asoslangan holda yaratilgan bo`lib, uning kutubxonasida turli funksiyalar mavjud. Ushbu tilni o`rganish ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismda C++ dasturlash tilini o‘rganish, ikkinchisi esa C++ dasturlash tilining standart kutubxonasidagi tayyor obyekt va funksiyalarni qo‘llashni o‘rganishga asoslangan.
Dastlab, mazkur mavzuda C++ dasturlash tili imkoniyatlarini Dev-C++ muhitidan foydalanib, misol va masalalarni dasturlashni ko‘rib chiqamiz. Dev-C++ – bu C / C ++ dasturlash tillari asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish muhiti hisoblanadi. Dev-C ++ dasturi Bloodshed Software firmasi xodimi Colin Laplace tomonidan yaratilgan va shundan so‘ng, Windows operatsion tizimiga moslashtirilgan versiyalari ishlab chiqarila boshlagan.
Hozirda Embarcadero firmasi tomonidan, Embarcadero Dev-C ++ shaklida ishlab chiqarish davom etmoqda. Embarcadero Dev-C ++ – bu Bloodshed Dev-C ++ dasturlash tilining yangi va takomillashtirilgan versiyalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda, ushbu tilning ko`plab versiyalari ishlab chiqilgan bo`lib, mazkur mavzuda Dev C++ muhitining 5.11-versiyasi va unda misol va masalalarni dasturlashni ko`rib chiqamiz. Ushbu dasturni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Пуск – Все программы – Bloodshed Dev-C++ – Dev-C++ . So‘ngra, File – New – Source File (Ctrl+N) ketma-ketligi tanlanadi. Shu bilan birga, Windowsning ishchi maydonidagi yorliq orqali ham uni ishga tushirish mumkin. Yuqrida qayd etilgan ketma-ketlik asosida Dev C++ muhitining 5.11- versiyasi ishga tushirilgandan so‘ng, dastur oynasi quyidagicha namoyon bo‘ladi:

1-rasm.
Ushbu oynaning Untitled1 maydoniga dastur kodi kiritiladi va F9- tugmasidan foydalanib, dastur kodi kompilyatsiya qilinadi. F11- tugmasi yordamida esa bir vaqtda kompilyatsiya qilinadi va ishga tushirib, natija olinadi. Agar dastur kodida xatolik aniqlansa, xatolik topilgan qator ajratilib ko‘rsatiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling