R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov
Standart funksiyalar va ularning yozilishi
Download 1.27 Mb.
|
C qo`llanma 29.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi bir matematik formulalarning C++ dasturlash tilida yozilishi
- Konsol orqali muloqot qilish
- File – Save (Ctrl+S)
- Chiqarish operatori Dev-C++ dasturlash muhitida ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun iostream
- Kiritish operatori Dev-C++ dasturlash muhitida ma’lumotlarni muloqot usulida kiritish uchun iostream
- Identifikatorlar va xizmatchi so`zlar
Standart funksiyalar va ularning yozilishi
C++ dasturlash tilida funksiyalar kutubxona fayllarida mavjud bo‘lib, undan foydalanish uchun #include xizmatchi so‘zi yordamida tegishli kutubxonaga murojaat qilinadi. Masalan, matematik funksiyalar joylashgan kutubxonaga murojaat qilish uchun math.h buyrug‘i yoziladi: #include #include using namespace std; int main(){ // dastur tanasi; } Ushbu math.h kutubxonasida quyidagi matematik funksiyalar mavjud: 2-jadval math.h kutubxonasidagi ba’zi bir funksiyalarning berilishi va vazifalari
Ushbu 2-jadvalda keltirilgan funksiyalardan foydalanib, ba’zi bir matematik amallar yozilishini 3-jadvalda ko‘rib chiqamiz. 3-jadval Ba’zi bir matematik formulalarning C++ dasturlash tilida yozilishi
Konsol orqali muloqot qilish Dev-C++ dasturlash muhitida konsolli rejim yordamida misol va masalalarning natijalarini qulay tartibda olish imkoniyati mavjud. Konsolli rejimda yangi dasturlash oynasini hosil qilish uchun File – New – Source File (Ctrl+N) ketma-ketligi tanlanadi. Hosil qilingan oynada tegishli dastur kodi yozilgandan so‘ng, uni kompyuter xotirasiga saqlash mumkin. Buning ikki xil usuli mavjud: 1. File – Save (Ctrl+S) ketma-ketligi yordamida lozim bo‘lgan disk yoki katalog tanlanadi; 2. F9- yoki F11- tugmalari bosilganda hosil qilingan faylni saqlash so‘raladi. Shundan so‘ng, kompilyatsiya amali bajariladi. Natijada *.cpp fayl kengaytma bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi. Agar kiritilgan dastur kodi, kompilyatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tsa (dastur kodida xatolik bo‘lmasa) *.exe fayl kengaytma bilan tanlangan disk yoki katalogda, joriy fayl sifatida saqlanadi. Chiqarish operatori Dev-C++ dasturlash muhitida ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun iostream kutubxona faylida joylashgan cout<< operatoridan foydalaniladi. Bu yerda “cout” – chiqarish operatori, “<<” – esa chiqarish oqimi hisoblanadi. Misol uchun “2021-yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” jumlasini ekranga chiqarish uchun quyidagi dastur kodi yoziladi: #include using namespace std; int main(){ cout<<"2021-yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"; } 3-rasm. Ushbu dastur kodi kiritilgandan so‘ng, F11- tugmasi yordamida kompilyatsiya qilinadi. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 4-rasm. Yuqorida keltirilgan tartibda bir nechta jumlalarni ham chiqarish mumkin. Buning uchun chiqariladigan ma’lumotlar oralig‘iga << – chiqarish oqimi yoziladi: #include using namespace std; int main(){ cout<<"Mening birinchi dasturim"<<" Dasturlashni o‘rganaman "<<"Yosh dasturchi"; } 5-rasm. Ushbu jumlalarni ustun shaklda chiqarish uchun ma’lumotlar oralig‘iga endl operatori kiritiladi. Ya’ni, quyidagi dastur kodi yoziladi: cout<<"Mening birinchi dasturim"< 6-rasm. Yuqorida keltirilgan tartibda faqat jumlalarni emas, balki hisoblash natijalarini ham chiqarish mumkin. Kiritish operatori Dev-C++ dasturlash muhitida ma’lumotlarni muloqot usulida kiritish uchun iostream kutubxona faylida joylashgan cin>> operatoridan foydalaniladi. Bu yerda “cin” – kiritish operatori, “>>” – esa kiritish oqimi hisoblanadi. Ushbuga oid misollarni keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1. Dev-C++ dasturlash muhitini kompyuterga o‘rnating. 2. Dev-C++ dasturlash muhitini turli usullar bilan ishga tushiring. 3. Dev-C++ dasturlash muhitida yangi dasturlash oynasini hosil qiling va uni kompyuter xotirasiga saqlang. 4. Quyidagi misollarni hisoblash dasturini tuzing: 1) . 2) . 3) . 4) . 5) . 6) . 7) . 8) . 9) . 10) . 5. Quyidagi jumlalarni ustun va satr shaklda chiqaruvchi dastur tuzing: “1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni”, “9-may Xotira va qadrlash kuni” , “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”. 1.2-§. O‘zgaruvchi va o‘zgarmas tipli kattaliklarO‘zgaruvchilar Har qanday dasturda, muammoni hal qilish uchun ma’lumotlar qayta ishlanadi, ular kompyuter xotirasida saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar turlicha bo‘lishi mumkin: butun va haqiqiy sonlar; belgilar; satrlar; massivlar. Ma’lumot turlari kompyuter xotirasida raqamlar yoki belgilar uchun joy ajratadi. Ular u yoki bu qiymat yoziladigan katakchaning o‘lchamini belgilaydi va shu bilan uning maksimal qiymatini yoki sonning aniqligini anglatadi. Muayyan turdagi qiymatni saqlaydigan xotira qismi o‘zgaruvchi deb ataladi. O‘zgaruvchining nomi (identifikatori) va qiymati mavjud. Uning nomi qiymat saqlanadigan xotira maydoniga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Bunda dastur ishlayotganda o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi ham mumkin. Ulardan foydalanish uchun dastlab e’lon qilish talab etiladi. Uni e’lon qilish quyidagicha yoziladi: turi o‘zgaruvchi_nomi; yoki tip o‘zgaruvchilar_ro‘yxati; Identifikatorlar va xizmatchi so`zlar Identifikatorlar va xizmatchi so‘zlar C++ dasturlash tili alifbosidagi belgilaridan foydalanib yoziladi. Identifikator – bu harflar, raqamlar va pastki chiziq belgisidan iborat dasturiy obyektning nomidir. Identifikatorning birinchi belgisi harf yoki pastki chiziq bo‘lishi zarur, ammo raqam bo‘lishi mumkin emas. Identifikatorni yozishda bo‘sh joy (probel)dan foydalanilmaydi. Identifikatordagi katta va kichik harflar har xil belgilashlarni anglatadi. Masalan, ABC, abc, Abc belgilashlar uch xil nom hisoblanadi. Har bir ism (identifikator) funksiya ichida yozilishi va hech qanday xizmatchi so‘zlarga mos kelmasligi kerak. Xizmatchi so‘zlar – bu kompilyator uchun alohida ma’noga ega bo‘lgan hamda faqat ular til operatorlari, ma’lumotlar turlari va boshqalarda ishlatiladigan so‘zlardir. Masalan, include, cout, cin, int. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling