R. A. Ro‘ziyev, U. M. Mirsanov, F. J. Toxirov, L. S. Isroilova, H. N. Arziqulov


Download 1.27 Mb.
bet33/45
Sana14.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1703549
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
C qo`llanma 29.06

strncat( ) funksiyasi strcat( ) funksiyadan farqli ravishda str1 satrga str2 satrning ko‘rsatilgan uzunligidagi satr ostini ulaydi. Ulanadigan satr osti uzunligi funksiyaning uchinchi parametri sifatida beriladi. Ushbu funksiyaning tuzilishi quyidagicha yoziladi:
char* strncat(char* str1, const char* str2, size_t num)
Quyida keltirilgan dastur kodida str1 satrga str2 satrning boshlang‘ich 10 ta belgidan iborat satr ostini ulaydi:
char satr1[80]=”Dasturlash tillariga misol bu-“;
char satr2[80]=”C++,Python,Java”;
strncpy(satr1,satr2,10);
cout<
Satrlarni solishtirish funksiyasi
Satrlarni solishtirish, ularning mos o‘rindagi belgilarini, ya’ni, katta yoki kichikligi bilan solishtirib, aniqlanadi. Ushbu amallarni bajarish uchun string.h kutubxonasida standart funksiyalar mavjud. Bulardan biri strcmp( ) funksiyasi misol sifatida keltirish mumkin. Uning tuzilishi quyidagicha:
int strcmp(const char* str1, const char* str2)
Bunda funksiya str1 va str2 solishtirish natijasi sifatida son qiymatlarni o‘zlashtiradi va ular quyidagicha izohlanadi:
<0 – agar str1 satri str2 satridan kichik bo‘lsa;
=0 – agar str1 satri str2 satriga teng bo‘lsa;
>0 – agar str1 satri str2 satridan katta bo‘lsa.
Funksiya harflarning bosh va kichikligini farqlaydi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:
char satr1[80]=”Dasturlash tillari bu-C++,pascal, Basic.“;
char satr2[80]=”Dasturlash tillari bu-C++,Pascal, Basic.“;
int i;
i= strcmp(satr1,satr2);
Natijada, i o‘zgaruvchisi musbat qiymat qabul qiladi, chunki solishtirilayotgan satrlardagi “pascal” va “Pascal” satr ostilarida birinchi harflar farq qiladi. Keltirilgan misolda i qiymati 27 ga teng bo‘ladi. Bunda farqlanuvchi harflar satrning 27-elementi hisoblanadi. Agar funksiyaga i= strcmp(satr2,satr1); ko‘rinishida murojaat qilinsa, i qiymati –27 ga teng bo‘ladi.
Agar satrlardagi bosh yoki kichik harflarni farqlamasdan solishtirish amalini bajarish talab etilsa, stricmp() funksiyasidan foydalanish mumkin.
Yuqorida keltirilgan misoldagi satrlar uchun i=strcimp(satr2,satr1); ko‘rinishda yoziladi. Bunda, amal bajarilganda i qiymati 0 ga teng bo‘ladi.
strncmp( ) funksiyasiyaning tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega:
int strncmp(const char* str1, const char* str2, size_t num);
Bunda str1 va str2 satrlarni boshlang‘ich num sonidagi belgilarini solishtirilib, funksiya harflar registrini inobatga oladi. Yuqorida misolda aniqlangan satr1 va satr2 satrlar uchun i=strncimp(satr1,satr2,26); amali bajarilishida i qiymati 0 ga teng bo‘ladi. Chunki satrlar boshidagi 26 belgilar bir xil.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling