strnicmp( ) funksiyasi strncmp( ) funksiyasi kabi imkoniyatga ega bo`lib, farqli tomoni shundaki, solishtirishda harflarning registri hisobga olinmaydi. Ushbu satrlar uchun i=strcnimp(satr1,satr2,27); amali bajarilishi natijasida i o‘zgaruvchi qiymati 0 ga teng bo‘ladi.
Satrdagi harflar registrini almashtirish funksiyasi
Berilgan satrdagi kichik harflarni bosh harflarga yoki aksincha amalni bajarish uchun mos ravishda _strupr() va _strlwr() funksiyalaridan foydalaniladi. Kompilyatorlarning ayrimlarida funksiyalar nomidagi tagchiziq (‘_’) bo‘lmasligi mumkin.
Ushbu _strlwr( ) funksiyasining tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega:
char* _strlwr(char* str)
Bunda, argument sifatida berilgan satrdagi bosh harflarni kichik harflarga almashtiradi va hosil bo‘lgan satr manzili funksiya natijasi hisoblanadi. Quyida _strlwr( ) funksiyasidan foydalanishga oid misol keltirilgan:
char str[]=”ABDEFGHIJKL”;
_strlwr(str);
Natija: “abdefghijkl”.
_strupr( ) funksiyasi _strlwr( ) funksiyasiga o‘xshash bo‘lib, ammo satrdagi kichik harflarni bosh harflarga almashtiradi:
char str[]=“abdefghijkl”;
_strupr(str);
Natija: ” ABDEFGHIJKL”.
Dasturlash amaliyotida belgilarni qaysidir oraliqqa tegishli ekanligini bilish zarur hisoblanadi. Buni ctype.h sarlavha faylida e’lon qilingan funksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Ularning ba’zi birlari bilan tanishib o`tamiz:
isalnum( ) – berilgan belgi raqam yoki harf bo‘lsa, true aks holda false qiymat qabul qiladi;
isalpha( ) – belgi harf bo‘lsa, true aks holda false qiymat qabul qiladi;
isascii( ) – belgi kodi 0..127 oralig‘ida bo‘lsa, true aks holda false qiymat qabul qiladi;
isdigit( ) – belgi raqamlar diapazoniga tegishli bo‘lsa, true aks holda false qiymat qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |