R a s m I y I s h y u r I t I s h a s o s L a r I
Ish qog`ozlarini qanday yozish kerak?
Download 114.5 Kb.
|
ICHKI VA TASHQI HUJJATLAR
Ish qog`ozlarini qanday yozish kerak?
Ish qog`ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada (ko`k, qora, gunafsharang sterjen bilan) aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi (raport) kompyuterda yozilmay, faqat qo`l bilan yoziladi. Dalolatnoma (akt), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin. Hujjatlarda o`chirish yoki tuzatishga yo`l qo`yilmaydi. Ish qog`ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so`z va iborasiz) bayon qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo`nda bo`lishi lozim. Ish qog`ozlarida biror shaxsga murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari - “Sizga”, “Sizning”,”Sizdan ” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi. Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so`ng qavs ichida shu raqamning so`zdagi ifodasi ko`rsatiladi. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so`ng qo`shimcha yozilmay, uning o`rniga defis (-) qo`yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim raqamidan so`ng hech qanday qo`shimcha yozilmaydi: I chorak, II kurs. Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %, (telegrammalarda bular so`z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.) Ish qog`ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so`ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko`rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3- shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo`ladi. Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 15.11.04; 02.08.04 tarzda emas, balki quyidagi o`zbekcha gap tuzilishidan kelib chiqqan shaklda berish kerak: 1991.04.09; 2004.04.09. Bunda dastlabki to`rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling