R a s m I y I s h y u r I t I s h a s o s L a r I


Download 114.5 Kb.
bet4/11
Sana26.01.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1128275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ICHKI VA TASHQI HUJJATLAR

Masalan: Talabaning majburiyatlari:
1) o`quv yurti Nizomiga amal qilish;
2) dars va boshqa o`quv mashg`ulotlarida faol qatnashish va boshqalar.
Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo`yiladi:
— matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo`laklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda» kabi so`zlaridan oldin;

farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so`zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So`zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so`ng;


— matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin.
Qavs hujjat matnining biror bo`lagiga qo`shimcha izoh berish zarurati bo`lganda qo`llanadi. Bunda izohlovchi so`z, manzil nomi, mablag` yoki miqdoriy ko`rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) so`mlik.
Tire quyidagi holatlarda qo`yiladi:
— izohlanmish bilan izohlovchi o`rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning tug`ishgan singlisi.
— ajratilgan gap bo`laklari o`rtasida. Masalan: Onasinikiga – Buxoro shahar, Yangiyer ko`chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko`chib ketgan.
T A S H K I L I Y H U J J A T L A R
Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo`riqnoma, nizom qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
N I Z O M – U S T A V
Tashkilot yoki uning tarkibiy bo`linmalari, kichik yoki qo`shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini bеlgilaydigan huquqiy hujjat nizom deyiladi. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko`rik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Ko`pincha nizom muassasalar ta`sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyoishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo`yish bilan kuchga kiradi.
Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi.



Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling