R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Misol: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar


Download 1.08 Mb.
bet98/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

Misol: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar



Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakli

Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar

Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)

O’z. R. qonuni «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»
Q/x kooperativi (sh/x) faoliyatining asosiy turi qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirishdir.
Q/x kooperativi (sh/x) qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish bilan bir qatorda kooperativning o’z hududida ham, shuningdek undan tashqari ham qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol mollari, ishlab chiharish-texnika ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, ta’mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish, shuningdek qonunlarda ta’qiqlanma-gan boshqa faoliyat turlari baln shug’ullanishga haqli.
(32-modda)

Fermer xo’jaliklari

O’z. R. qonuni «Fermer xo’jaligi to’g’risida»
Fermer xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
(20-modda)

Dehqon xo’jaliklari

O’z. R. qonuni «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»
Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolari tomonidan o’zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi.
(16-modda)

Ma’suliyat cheklangan jamiyatlar (MChJ)

O’Z. R. qonuni «Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlar to’g’risida»
MChJ ta’sischilarning majburiyatlari bo’yicha javobgar hisoblanadi. Ta’sischilar MChJ ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib majburiyatlari bo’yicha javobgardir.
(16-modda)

Aktsiyadorlik jamiyatlari

O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning himoya qilish to’g’risida»

Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish chog’ida auditor ta’sischilarning eng ko’p soni va bir ta’sischining ustav kapitalidagi eng ko’p ulushi, hamda ustav kapitalining eng kam ko’lami tegishli yuridik shaxs uchun qo’llaniladigan Qonun bilan aniqlanadi. Masalan, «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari (OTAJ) ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat ro’yxatdan o’tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng kam ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo’lmasligi, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari (YoTAJ) ustav kapitali esa jamiyat ro’yxatdan o’tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan eng kam ish haqining yuz baravar summasidan kam bo’lmasligi kerak. (20-modda)


Ushbu talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko’rsatishi, hamda kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona sof aktivlari maqdorining uning utav kapitalidan oshib ketishi (yoki teng bo’lishi) to’g’risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling