R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
4. Sintetik va analitik hisob registrlarini tekshirish.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo’llaniladigan korxonalarda amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo’yicha №13- jurnal-order va analitik hisob vedomostlari qo’llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610-»Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sislarning qarzlari» va 6620- Chiqib ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo’yicha qarzlar» schyotlari bo’yicha sintetik va analitik hisob yuritiladigan kompyuter dasturlari qo’llaniladi. Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshiriladi. Qoidaga ko’ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo’shiladigan hissalar hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklar uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi, pul mablag’lari uchun mablag’larining korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan tegishli hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo’yicha yuritiladi. Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so’ng ustav kapitalining tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib ketmasligini ta’kidlab o’tish zarur. Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aktsiyalar, pay badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari, bank kassasiga naqd pul topshirilganligi to’g’risida kvitantsiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobotdagi ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim. №21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli aktsiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga oshiriladi. Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy aktsiyalar», 8320–«Imtiyozli aktsiyalar» schetlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar» schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi. Masalan, tekshiruvdan o’tkazilgan fermer xo’jaliklari bo’yicha schyotlar qoldiqlar quyidagicha: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling