R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Download 1.08 Mb.
bet102/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Debet
5. Qo’shilgan kapitalni tekshirish.
№21 BHMS ga muvofiq 8400-«Qo’shilgan kapitalni hisobga oladigan schyotlar»da oddiy va imtiyozli aktsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda dastlabki sotishdan olingan emission daromadlar (8410) va ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kurs tafovutlari (8420) aks ettiriladi. Auditor ushbu kapital tarkibining to’g’ri shakllanishi va o’zgarishlarini tegishli asos bo’luvchi hujjatlarga muvofiq tekshirib, natijalarini o’zining ishchi hujjatlarida qayd qilib borishi zarur. Jumladan, aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar kirimi, nominal va birja (bozor) bahosi o’rtasidagi farqni aniqlash hamda hususiy kapital tarkibida qo’shilgan kapitalning shakllanishini to’g’ri aks ettirish va h. k. Bunda asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.

  1. Korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng ishtirokchilar (ta’sischilar) qo’shadigan ulushlar (obuna bo’lingan aktsiyalar) summasi ustav kapitalida aks ettirilganda:

Debet 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari»(agar aktsiyaga obuna bo’linsa-obunachilar bo’yicha ochilgan analitik schyotlar);
Kredit 8310-«Ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schyotlardan tegishlisi, agar aktsiyaga obuna bo’linsa, uning nominal qiymatiga Kt-8310, 8320-schyotlar )
Kredit 85420-schyot – aktsiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan qismiga (emission daromad)

  1. Ta’sischilar (ishtirokchilar) tomonidan ta’sis shartnomasiga muvofiq ulushlar (moddiy, nomoddiy, pul mablag’lari va h. k ko’rinishida) tegishli dastlabki hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, kassa kirim orderlari, bank ko’chirmalari)ga asosan topshirilganda:



Debet 0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120, 2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210 –schyotlardan tegishlilari.


Kredit 4610-schyot (ta’sischilar bo’yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar)

Auditor 8410-«Emission daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo’yicha analitik hisobning tashkil etilishi va yuritilishining to’g’riligini tekshirishi lozim. Bunda qo’shimcha to’langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha alohida yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan va sotilgan aktsiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha axborotlarni etkazib berish imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.





Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling