R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit
Download 1.08 Mb.
|
Audit II qism lotin
2. Davr sarflarini tekshirish.
Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq aniqlanadi. Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzishning to’g’riligigni nazorat qilish maqsadida quyidagilarni tekshirishi lozim: davr sarflarini hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar», 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» bo’yicha o’z vaqtida, ishonarli va to’liq aks ettirilishining ta’minlanishi; ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to’lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilangan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi. Quyidagi xarajatlarni davr sarflariga kiritishning asoslanganligi va o’z vaqtidaligi: reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va televidenie orqali ko’rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar namoyish etish va boshqalar); korxonaning O’zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi yarmarkalar va ko’rgazmalarda ishtirok etishiga doir xarajatlar ( eksponatlarni tayyorlash va etkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish); mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog’liq sarflar; bojxona tadbirlari uchun to’lovlar; import muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladigan tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar summalari; bojxona to’lovlari, shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bilan bog’liq bo’lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o’tkazish uchun to’lovlar; material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi korxona faoliyati bilan bog’liq vakillik xarajatlari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to’lash, ishchi muzokaralar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qabulini o’tkazishga doir xarajatlar). Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do’konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mavjudligiga alohida e’tibor berish zarur. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling