R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziyev, I. N. Qo’ziev a. Z. Avloqulov, G`. V. Po`Latov audit


Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari


Download 1.08 Mb.
bet59/107
Sana09.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1759423
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
Audit II qism lotin

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element bo’yicha xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan. (1. 2. 1-1. 2. 3. (1. 2. 3. 1-1. 2. 3. 8)-1. 2. 5. (1. 2. 5. 1-1. 2. 5. 4)-1. 2. 7 bandlar).
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish, madaniy-maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 37, 3%- 7460 so’m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt 6520 - 300 so’m). Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi.
Moddiy rag’batlantirish summasi ( 20000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha ajratmalar (7760 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan, korxonaning o’z mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling