R e j a: Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. Kiri sh


ISTE’MOL VA JAMG‘ARMANING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI


Download 135 Kb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi135 Kb.
#1195705
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi

ISTE’MOL VA JAMG‘ARMANING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI.

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg‘arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilib tugatishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.


Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi, ya’ni ular to‘liq iste’mol qilinadi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy ne’matlarni va xizmatlarni iste’mol qilish ajratiladi.
Individual yoki jamoa bulib iste’mol qilish farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo‘lgan moddiy ne’matlarni iste’mol qilish individual iste’molga kiradi. Jamiyat a’zolarining guruhlari moddiy ne’mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi.
Iste’mol fondi mablag‘laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo‘lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar boshqarishdagi moddiy sarflarni o‘z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.
Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlari uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to‘planib borilishi.
Uning hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste’molchilik sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Daromad fondida iste’molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo‘naltirilishini bildiradi.
Shu sabali daromadda iste’molchilik sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‘liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi. Demak jamg‘arma daromadlar-xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo‘lishiga olib keladi.
Jamg‘arma daromadlardan mablag‘larni olib qo‘yishni bildirib iste’molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun yetarli bo‘lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o‘z daromadining qandaydir qismini jamg‘arsa, o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi ishlab chiqarishning qiskarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo‘lishi mumkin.
Boshqa tomondan jamg‘arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday yetishmasligini qoplaydi va jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday yetishmaslikni to‘ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotlarini iste’molchilarga sotishni kuzda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni kuzda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasilagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.



Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling