R E J A:
Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi.
Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
K I R I SH
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik xarakteridagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qism.
Jamgarma – aholi, korxona (firma) va davlat foriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg‘armaga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamgarmaga ketadigan ulushi.
Iste’molga qo‘shilgan moyillik – shaxsiy daromad o‘sgan qismining iste’mol qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik – shaxsiy daromad o‘sgan qismining jamg‘armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytiirish uchun foydalanish.
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital qo‘yilmalar - asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.
Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi quyilmalar.
Investitsion faoliyat – investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Investr – investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad ( foyda) o‘sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |