R e j a: Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. Kiri sh
INVESTITSIYALAR VA UNING DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR
Download 135 Kb.
|
Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
INVESTITSIYALAR VA UNING DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR.
Investitsiyalar sarflarining ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko‘plab mutanosibliklar uning o‘sish sur’atiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog‘liq sarflarni bildiradi. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Investitsiyalarni ruyobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. Investitsiya faoliyati qo‘yidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k); qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish. 1998 yil O‘zbekistonda investitsion qo‘yilmalarning 49,2 %ni korxonalarning o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga, 24,2 %ni byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan. Respublikada investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tuzilishi (% hisobida).
Investitsiyalarning manbalaridan biri aholi kredit qatlamlari (ishchilar, o‘qituvchilar, vrachlar va boshqalar) jamg‘armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg‘arma hujalik yurituvchi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining butunlay boshqa guruxi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O‘z-o‘zidan aniqki investitsiyalar manbai bo‘lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu yerda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir-biriga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda kapital qo‘yilmalarda nodavlat sektorini ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 1998 yil 40,6 %ga yetgan. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil aniqlaydi: Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish ko‘zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladi. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkachi hisoblanadi. Foiz stavkasi – bu real asosiy kapitalni ssotib olish uchun zarur bo‘lgan band qilingan pul kapitaliga korxona to‘lashi zarur bo‘lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) foiz stavkasi (7 %) dan ortiq bo‘lsa investitsiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aksincha, foiz stavkasi ( 12 %) kutilayotgan sof foyda normasi ( 10 %) ko‘p ortiq bo‘lsa, investitsiyalash samarasiz hisoblanadi. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa qo‘yidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. Texnologik o‘zgarishlar. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling