R e j a: kirish asosiy qism


Faoliyat mahsulini o‘rganish- metodi


Download 43.93 Kb.
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi43.93 Kb.
#1160556
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Faoliyat natijalarini baholash

2. Faoliyat mahsulini o‘rganish- metodi
Psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixoiogiyada keng tarqalgan. Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulotni antiqaligi ham shundadir. Faoliyat mahsulining analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal - depressiv psixoz va b.) samaradorlik xarakteri tez o‘zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k). Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi A.R.Luriyaning «Yoqolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan. Barcha taxminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 1/3 qismi ogMr asoratlami kechirgan holda o'rganiladi.
Proektiv metod oraliqdagi o'z darajasiga ko'ra psixologik o'lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo'lib hisoblanadi. Proektiv nietodning istalgan muolajasini qo'llash, istalgan psixologik testni qo'llashga o'xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so'raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to'ldirish.10
Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko'rsatadi, ammo an’anaviy test o'tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko'proq urg'u beradi. L.Frenka klassiFikatsiyasiga binoan proektiv metodikalar unchalik ko'p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat mahsuli tahlili kuzatiladi va tahlil jarayonida boshqa test natijalari ham kuzatib boriladi. Ular qatoriga TAT, Rozensvey testi, Rorshaxning «Siyoh dog'lari» testi, yozuv analizi kiradi.
Barcha proektiv testlarga quyidagilar xos: - materialising yoki vazifaning nisbatan noaniqligi; - «Ochiqlik» - barcha javoblar - sinaluvchi barcha rcaksiyalari qabul qilinadi; - mulozamatlilik muhiti va eksperimentator tomonidan chetdan bahol&shning ishtirok etmasligi; - psixik funksiyaning o'Ichanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning xususiyati oMchanishidir.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko'rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan metodlami ikki asosga bo'lgan edik. Faollik - sustlik, mablag'laming borligi - muqobillik. Psixologik tadqiqotda obyekt faol boMishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo'lishidan qat’iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat subyekti bo'ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish kerak. Psixoiogiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma’noda o'lchash jarayoniga qarama-qarshidir. O'lchashda tadqiqot natijalarini obyektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq-atvorini xususiy m a’naviy o'lchamlarida qayta ishlanadi. 11
Barcha psixologik empirik metodlami ikki o'lchamli kenglikda joylashtirish qulay, ularning o'qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini bildiradi. Birinchisi - sinaluvchi va tadqiqotchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning borligi yoki yo'qligi yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik eksperimentda eng katta va o'zini-o'zi kuzatishda eng kam hisoblanadi. Ikkinchisi - muolajalarning obyektlashuvi va subyektlashuvidir.
Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamning xulq-atvorini uning xatti-harakatini «sezish», empatiya nazarda tutiladi. Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin «ichki» - tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual xususiyatlari, sharhlash usullari va boshqalar.
Tadqiqotchi o'lchamda ishlatadigan ashyolarni boshqacha ham atash mumkin. Birinchisi koordinata o'qini tashkil qilib, «ikkita subyekt - bir subyekt» yoki «tashqi» dialog, yoki- «ichki» dialog. Ikkinchisi «tashqi» ashyolar - «ichki» ashyolar, yoki «o'lchash sharhlari» o'qini keltirib chiqaradi. Bu o'qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa boiadi. Psixologik eksperiment bu nuqtayi nazardan sinaluvchi bilan boMgan o ‘zaro munosabat, uning xulq-atvori obyektiv ro‘yxati bilan moslashadigan metoddir.

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling