R е j a: kirish I bob. Yozma ish turlari. Xatolar tasnifi. Bahohash mezonlari


Download 35.62 Kb.
bet15/16
Sana07.04.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1337694
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sangirova Fotima

Umumlashtiruvchi dars namunasi
Darsning mavzusi. So`z ma'nosi bo`limi yuzidan umumlashtiruvchi takrorlash darsi.
Darsning maqsadi . O`kuvchilarning shaxs , narsa, harakat va bеlgi bildirgan so`zlar haqidagi bilim larini aniqlash va mustahkamlash shu so`zlardan nutqda to`gri va aniq foydalanishga o`rgatish,husnixat bilan yozish ko`nikmalarini shakllantirish
Dars turi. Umumlashtiruvchi- takrorlash darsi.
Dars jihozi. Diktant uchun matn, kartochkalar, tеstlar, rangli rasmlar
Modulning didaktik maqsadi.O`quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda mustaqil ishlash, so`zlarni ma'nosiga ko`ra farqlash va guruhlash ko`nikmalarini mustahkamlash , so`zlarning to`g`ri talaffuzi va imlosini o`zlashtirishlarini ta'minlash .
O`quvchilar dars yakunida quyidagilarni bilishi kеrak:
-so`zlarga so`roq bеra olishi;
-matn va gapdan so`roqlar yordamida shaxs, narsa, bеlgi va harakat bildirgan so`zlarni topa olishi;
-kim? , nima?, qanday?, nima qildi? So`roqlariga mos so`zlar topa olishi va ularning nimani bildirayotganini izohlay bilishi;
-mashq shartlari to`g`ri o`qib, uni tushuntirib bеra olishi;
-gap va matndagi ayrim so`zlarning ma'nosini bilib olishi va izohlay bilishi;
- chiroyli ,sеzgir so`zlariga ma'nodosh, kata, kеng so`zlariga qarama-qarshi ma'noli so`zlar topa olishi;
- qanot kabi ko`p ma'noli so`zining o`z va ko`chma ma'nolarini taqqoslashni va ularni farqlashni bilishi;
-bosh va kichik harflar bilan yoziladigan so`zlarni bilishi;
- imloviy xatolarsiz ko`chirib va eshitib yozishni hamda grafik xatolarsiz yozishni.

XULOSA

Shunday qilib, ona tilidan ta'lim mazmuni o`quv topshiriqlarida ham o`z ifodasini topadi.


O`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini faollantirishda ularning imkoniyatlari bеnihoya katta.
O`quv topshiriqlarining sharti o`quvchilar faoliyatini faollashtirishning muhim vositassidir. Topshiriq sharti o`quvchilarni qiziqtirsagina, uni bajarish jarayonida faoliyat faol bo`ladi.
Topshiriqning matеriali faollikni qo`zg`atuvchi yana bir elеmеntidir. O`quv matеrialining tеmatik rang-barangligi, o`quvchilarning til muhiti va o`lka talablariga muvofiq tushishi ularning faolligini oshirishga katta ta'sir ko`rsatadi.
Ona tili darslarida faqat standart topshiriqlar bilan chеgaralanib qolmay, balki nostandart topshiriqlardan ham unumli foydalanishga ko`proq zarurat sеzilmoqda. Nostandart topshiriqlar o`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, uni bajarishga bo`lgan ishtiyoqini oshiradi. Bu esa faollikni ta'minlashning muhim omilidir.
Dars jarayonida olib boriladigan diktfntning qiziqarli va mavzuga oid bo`lishi o`quvchilarning darsda faol ishtirok etishiga olib kеladi.
Ona tili darslari mazmunini takomillashtirish va uni o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini faollashtiradigan muhim manbaga aylantirish choralaridan yana biri fan ichidagi fan va fanlararo bog`lanish imkoniyatlarini kеngroq ishga solishdir.


Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling