R e j a: Kirish. Olmosh, fe’l va ravish so`z turkumlari


Yordamchi so‘zning shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari


Download 268.5 Kb.
bet20/23
Sana24.12.2022
Hajmi268.5 Kb.
#1054206
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Olmosh, fe’l va ravish so`z turkumlari yuzasidan leksik-grammatik tahlil qilish.

Yordamchi so‘zning shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari. Yordamchi so‘z shakliy xususiyatiga ko‘ra:
a) qo‘shimchasimon;
b) sof yordamchi so‘z;
d) nisbiy yordamchi so‘z ko‘rinishiga ega.
Qo‘shimchasimon yordamchi so‘z har uchala yordamchi so‘z tarkibida uchraydi. Кo‘makchi orasida [-dek/-day],[-cha], bog‘lovchi orasida [-ki/-kim]; [-u], [-yu],[-da] affikssimon yuklama – bog‘lovchi, yuklama orasida [-mi], [-chi], [-a], [-ya], [-ku],[-oq/yoq], [-da], [-gina] kabi qo‘shimchaga o‘xshash yordamchi so‘zni uchratish mumkin. Qo‘shimchasimon yordamchi so‘z shaklan qo‘shimchaga o‘xshaydi, ammo yordamchi so‘z vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1. Po‘latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo‘ladi. (O.Mux.). 2. Shu payt o‘g‘ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog‘iga otildi. (Oyb.). 3. Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm).
Sof ko‘makchi sirasiga [uchun], [bilan], [sari], [qadar], [kabi], [singari], [sayin], [orqali] so‘zlari; sof bog‘lovchi sirasiga [va], [hamda], [ammo], [lekin], [biroq], [balki], [yo], [yoxud], [go‘yo], [agar], [basharti], sof yuklama qatoriga [xuddi], [faqat], [axir], [hatto], [naq], [atigi] so‘zi kiradi.
Nisbiy yordamchi so‘z atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo‘lgan so‘zning yordamchi vazifasida qo‘llanilishi ([old], [orqa], [avval], [bo‘ylab], [boshlab]) yoki tabiatida «shakldoshlik» mavjud bo‘lgan birlik tushuniladi. Masalan, (yolg‘iz) sifat turkumiga oid so‘z-yuklama o‘rnida (Yolg‘iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg‘ir yog‘adi, vaqtida qor gapida (vaqtida) so‘zining vazifasi bog‘lovchiga yaqin. Bunga o‘xshash misol nutqimizda ko‘p.
Yordamchi so‘z mustaqil so‘z hisobidan ortib boradi. Yordamchi so‘zning boyishida yana bir yo‘l – ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, aniqrog‘i, «oraliq hodisa» xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘makchi-bog‘lovchi, bog‘lovchi-yuklamaning mavjudligi. Masalan, [bilan], [deb], [deya] kabilar – ko‘makchi-bog‘lovchi. Ushbu ko‘makchining bog‘lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisa. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog‘lovchi-yuklama qo‘llanilgan, ya’ni [ammo] bog‘lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so‘zni har tomonlama o‘rganish, uni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda.



Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling