R e j a: Mikrobiologiya fani, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan munosabati


Mikroorganizmlarning tabiat, qishloq xo’jaligi, sanoat va sog’liqni saqlashdagi ahamiyati


Download 23.64 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi23.64 Kb.
#1019132
1   2   3   4   5
Bog'liq
mikrobiologiya

Mikroorganizmlarning tabiat, qishloq xo’jaligi, sanoat va sog’liqni saqlashdagi ahamiyati. Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik aktiv moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar ya’ni o’stiruvchi moddalar, vaksinalar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromiset achitqilari 45-50% gacha oqsil sintezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklar sintezlaydi. Masalan, tirotrisin, basitrasin, subtilin, polimiksin va boshqa birlari esa sirka kislotani sintezlaydi. Aktinomisetlar, turli zamburug’lar streptomisin, aureomisin, neomisin, tetrasiklin kabi antibiotiklarni sintezlaydi. ya’ni hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan antibiotiklarning 2/3 ulushini aktinomisetlar sintezlaydi.
Dehqonchilikda ham mikroorganizmlar muhim rol o’ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq moddalar to’planadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo’ladi.
Tuproqda boradigan jarayonlarning ko’pchiligi undagi mikroor ganizmlarning faoliyatiga bog’liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo’lishi, erga ishlov berish, erni o’g’itlash, sug’orish, tuproqda ro’y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalilikni yo’qotish, zax erlarning suvini qochirish, organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liqdir.
Tuproqda uchraydigan azot to’plovchi mikroorganizmlarni o’rganish atmosfera azotidan foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akademik V. L. Omelyanskiy mikroblarni shunday xarakterlaydi: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor... Ular ko’zga ko’rinmasdan, odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladi».
Lekin ba’zi bir mikroorganizmlar oziq-ovqat mahsulotlarni (go’sht, baliq, don, kartoshka va rezavor mevalarni) buzadi yoki turli-tuman yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu to’g’rida V. L. Omelyanskiy shunday degan: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman tufayli butun-butun bir viloyat xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig’ini quritadigan xavfli epidemiya paydo bo’ladi». Masalan, vabo, sil, gonoreya, difteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular orqali tarqaladi. Amerika Qo’shma SHtatlarida 200 turdan ortiq bakteriyalar o’simliklarni zararlaganligi aniqlangan.

Download 23.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling