R e j a: Mikrobiologiya fani, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan munosabati


Download 23.64 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi23.64 Kb.
#1019132
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mikrobiologiya


R e j a:
1. Mikrobiologiya fani, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan munosabati.

2. Mikrobiologiyaning hozirgi zamon biologiyasida tutgan o’rni, roli va vazafalari.

3. Mikroorganizmlarning tabiat, qishloq xo’jaligi, sanoat va sog’liqni saqlashdagi ahamiyati.

4. Mikrobiologiyaning rivojlanishi tarixida «morfologiya davri».

5. Mikrobiologiya rivojlanishinipg «fiziologiya» va «biokimyo» davrlari.

6. Paster, Vinogradskiy va boshqalar ishlarining ahamiyati.

7. Umumiy mikrobiologiya fanining asosiy tadqiqot usullari.
Mikrobiologiya fani, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan munosabati. Mikrobiologiya juda mayda, oddiy ko’z bilan ko’rinmaydigan, faqat yorug’lik yoki elektron mikroskoplar yordamida ko’rinadigan organizmlarni o’rganadi. Mikrobiologiya grekcha so’z bo’lib, mikros-mayda, bios-hayot va logos-fan demakdir. Mikrobiologiya mikroorganizmlarmikroskopik zambrug’lar, bakteriya, rikketsiyalar, mikoplazma, virus, viroid va prionlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o’rganadigan fan.
Shuningdek, mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o’simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda moddalarning aylanishi, turli yuqumli kasalliklarni qo’zg’atishi haqida ma’lumot beradi. Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli-tuman. Eng keng tarqalgan prokariotlarga mansub bakteriyalar bo’lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Bakteriyalar boshqa tirik organizmlardan farqli bo’lib, ular alohida Procariotae olamga kiritiladi.
Mikrobiologiyaning hozirgi zamon biologiyasida tutgan o’rni, roli va vazafalari. Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Biokimyo, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agrokimyo, fitopatologiya, veterinariya, medisina, epidemiologiya, qishloq xo’jaligi, sanoat, geologiya, genetika, kosmik mikrobiologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish, sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalarning faoliyatiga bog’liq. Nonvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino) va h.k. tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayonlardir. Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf, toshko’mir, neftь, temir, oltingugurt rudalarining) hosil bo’lishi ham bakteriyalar faaliyati bilan bog’liqdir.
Chirituvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, er yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko’mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning roli katta.

Download 23.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling