R e j a: “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanning predmeti va vazifasi


Download 48.44 Kb.
bet1/4
Sana07.10.2023
Hajmi48.44 Kb.
#1695094
  1   2   3   4
Bog'liq
“Odam va hayvonlar fiziologiyasi” faniga kirish r e j a

R E J A:





  1. Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanning predmeti va vazifasi.

  2. Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining rivojlanish tarixi.

  3. O‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi.

  4. Hozirgi zamon fiziologiyasining asosiy yutuqlari.


Fiziologiyasi fanning predmeti va vazifasi. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fani biologiya fanlarining eng muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, tirik organizm, undagi organlar, to‘qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalari ya’ni ularning hayot faoliyati jarayonlarini o‘rganadi. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanning asosiy maqsadi organizmda kechayotgan turli fiziologik - biokimyoviy jarayonlarni a’zo, to‘qima, hujayra, membrana va organella darajalarida chuqur o‘rganish va ularga faol ta’sir qilib, hohlagan tomonga yo‘naltirishdan iborat. Fiziologiyani umumiy, qiyosiy va xususiy qismlarga ajratiladi.
Fiziologik funksiyalarni har tomonlama chuqur tushunish uchun ularning hamma xossalarini, ko‘rinishlarini, o‘zaro munosabatlarini organizmning turli holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi.
Fiziologiya avvalo umumiy, solishtirma va maxsus yoki hususiy qismlarga ajratiladi.
Umumiy fiziologiya muhit ta’siriga tirik materiya javob berishining xos bo‘lgan asosiy hayotiy jarayonlarini o‘rganadi, tirik tabiatni o‘lik tabiatdan farqlovchi sifat jihatdan o‘ziga xos xodisalarni tekshiradi.
Hujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo‘limlaridan biridir. Har bir turga mansub organizmlar va indvidual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funksiyasining o‘ziga xosligini solishtirma fiziologiya tekshiradi.
Barcha fiziologik materiallarni umumlashtiruvchi umumiy fiziologiya va evolyusion fiziologiyadan tashqari, fiziologiyaning maxsus yoki xususiy bo‘limlari ham bor. Bularga hayvonlarning ayrim sinf va guruhlari: masalan, (qishloq xo‘jalik hayvonlari, qushlar, hasharotlar) fiziologiyasi yoki ayrim turlar: mas. (qo‘y, sigir) fiziologiyasi, ayrim organlar: mas. (jigar, buyrak, yurak), to‘qimalar: mas.(nerv yoki muskul to‘qimasi) fiziologiyasi kiradi.
Fiziologiyaning boshqa maxsus sohalaridan odam va yuksak hayvonlar fiziologiyasi ko‘proq rivojlanmoqda. Mehnat fiziologiyasi, jismoniy mashqlar va sport fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi fiziologiyaning laboratoriya ahamiyatga ega bo‘lgan sohalaridir.
Patologik fiziologiya - kasal organizm hayot faoliyatining maxsus belgilarini o‘rganadi, kasal organizm shu belgilari bilan sog‘lom organizmdan farq qiladi.
Fiziologiya o‘z tekshirishlarida boshqa fanlarning ma’lumotlariga asoslanadi va o‘z navbatida bir qancha fanlarning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fizika bilan ximiya qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan keng foydalaniladi. Buning sababi shuki, energiya almashinadi ya’ni ximiyaviy va fizikaviy jarayonlar ro‘y beradi.
Fiziologiyada fiziologik tadqiqotlarning ikkita yo‘nalishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Organizmda fizik va kimyoviy jarayonlar o‘tishining o‘ziga xos qonunlari aniqlanadi, bu jarayonlarni o‘rganishda maxsus usul va texnikaviy usullar ishlab chiqiladi. hayotiy xodisalarni tekshirishning fizik va ximiyaviy yo‘nalishlari biologik va biologik ximiya deb ataluvchi mustaqil fanlarga aylanganligiga sabab.
Fiziologiyadagi biofizik yo‘nalishning muhim tarmoqlaridan biri elektrofiziologiya hayvonlar organizmida nerv-muskul, bez to‘qimalari ko‘zlanganda ro‘y beruvchi elektr xodisalarni o‘rganadi.
Fiziologiya morfologik fanlar, anatomiya, gistologiya, sitologiyaga jips bog‘liq. Buning sababi shuki morfologik va fiziologik xodisalarni bir-biri bilan chambarchas bog‘langan organizm va qismlarning shakli, strukturasi va ularning funksiyasi o‘zaro bog‘liq, ularning makroskopik, mikroskopik va submikroskopik tuzilishini va tekshirilayotgan funksiya yuzaga chiqayotganda bu tizim o‘zgarishini bilmay turib organizm funksiyalarini chuqur o‘rganib bo‘lmaydi.
Fiziologiya umumiy biologiyaga va evolyusion ta’limotga, embriologiyaga ham tayanadi, chunki har qanday organizm faoliyatini o‘rganish uchun uning taraqqiyot tarixi - felogenezi va ontogenezini bilish lozim, shu bilan birga funksiyalar evolyusiyasini o‘rganish evolyusion ta’limotni ba’zi masalarini aniqlashga yordam beradi.
Fiziologiya barcha meditsina fanlariga ham yaqindan bog‘liq I.Pavlov aytganidek «keng ma’noda tushuniladigan fiziologiya bilan meditsinani bir biridan ajratib bo‘lmaydi».
Fiziologiya yutuqlaridan meditsinada doim foydalaniladi, sog‘lom organizmda ro‘y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarga organizmdagi funksiyalarni buzilganligini tushunish, kasalliqlarning davolashni turli yo‘llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. I.Pavlov - ovqat hazm qilish fiziologiyasini ishlab chiqishi. hazm yo‘llari kasalliklarni tushunishiga imkon berdi va davolashning kuchli vositasi bilan ovqat dietikasiga asos soldi, vitaminlarni - singa va rahit singari kasalliklarga qarshi kurashishga yordam berdi, me’da osti bezi gormoni-insulinni kashf etilishi va uni olish usullari ishlab chiqilishi qandli diabet bilan og‘rigan minglab bemorlarni o‘limdan saqlab qolishga yordam berdi. Qon guruhlarini o‘rganilganligi qon quyish kabi meditsina amaliyoti uchun muhim tadbirga asos bo‘ldi.
Fiziologiyani meditsina uchun va meditsina fiziologiyasi uchun ahamiyati shu qadar kattaki I.Pavlov «Odamzod faoliyatining 2 turi meditsina bilan fiziologiyani qonuniy va samarali hamkorligi» zarurligini juda ta’kidlagan edi.
Fiziologiya psixologiya bilan pedogogikaga ham bog‘liq. Fiziologiya ayniqsa I.Pavlov yaratgan «Oliy nerv faoliyati» haqidagi ta’limot zamonaviy psixologiya va pedogogikaning tabiiy-ilmiy asosidir.

Download 48.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling