R e j a: “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanning predmeti va vazifasi


O‘zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishi


Download 48.44 Kb.
bet3/4
Sana07.10.2023
Hajmi48.44 Kb.
#1695094
1   2   3   4
Bog'liq
“Odam va hayvonlar fiziologiyasi” faniga kirish r e j a

O‘zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishi. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan Abu Nosir Muxammad Al-Farobiy (873 yilda), Abu Ali Ibn Sino (980 yilda) xizmati katta h tomlik «Tib qonunlari» nomli asarlari hozirda ham sharq tabobatidan keng foydalanilmoqda.
Fiziologiyani rivojlanishida o‘zbekiston olimlari ham o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Jahonda o‘zlarining molekulyar biologiya, biokimyo, biofizika va biotexnologiya sohalaridagi ilmiy ishlari bilan mashhur bo‘lgan olimlardan akademiklar YA.X.To‘raqulov, J.X.Xamidov, B.O.Toshmuhammedov va professor M.M.Rahimovlar respublikamizda fiziologiya fanini rivojlanishiga qo‘shgan xissalarini alohida ta’kidlash lozim.
Fiziologlardan akademik A.YU.YUnusovning (1910-1971y) ilmiy ishlari organizmni issiq iqlim sharoitiga moslashuviga, suv-tuz va energiya almashinuviga bag‘ishlangan. Professor K.R.Rahimov ovqat xazm qilish a’zolari membranasining, xazm qilish jarayonlarining mexanizmlarini issiq iqlim sharoitlarida, turli fiziologik sharoitlarda o‘zgarishlarini aniqlagan bo‘lsa, professor X.SH.Xayritdinovning ilmiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi hayvonlarini fiziologiyasini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, qotqorin shirasining tibbiyot va veterinariyada qo‘llanish imkoniyatini ochib bergan. Professorlardan G.F.Korotko va U.Z.Qodirovning ilmiy ishlari esa xazm fiziologiyasining turli muammolarini o‘rganishga qaratilgan. Professor Z.T.Tursunovning tadqiqotlarida esa miya yarim sharlari po‘stlog‘ining suv-tuz almashish jarayonida muhim rol o‘ynashi ko‘rsatilgan. Professor E.S.Mahmudovning ilmiy yo‘nalishida ontogenez davrida issiq haroratni hayvonlarning o‘sishi rivojlanishi va ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishni aniqlab bergan. Professor I.Z.Ahmetovning ekologik fiziologiyasini va morfologiyasini o‘rganishdagi ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
Professor R.N.Ahmerovning ilmiy ishlari hujayrada ikki xil mitoxondriya borligi: birinchisi asosan ATFni sintez qilishga ixtisoslashgan bo‘lsa, ikkinchisi - issiqlik xosil qilishga moslashganligi aniqlangan. Professor K.T.Almatov mitoxondriyada fosfolipiza A2 enzimidan tashqari lizofosfolipiza A1, fosfolipiza D, lizofos-folipiza D, fosfolipiza S va triglitseridlipazalarning borligini va ular tashqi va ichki membranada joylashganligi, ularning turli fiziologik va patologik xolatlardagi bajaradigan vazifasini aniqlab bergan. Benzonal va flavanoidlarni organizmdagi asosiy almashinuvga, modda va energiya metobolizmiga ta’sirini o‘rgangan. Bu moddalarni kislorod etishmasligiga, issiq harorat va toksik moddalar ta’siriga qarshi effektlarini aniqlagan. U shogirdi b.f.d. X.N.Musaev bilan birgalikda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari organizm qizdirilganda xazm o’zolaridagi energetik almashinuvining buzilishini rivojlantiruvchi mexanizmlarni o‘rganishga bag‘ishlagan. U o‘zining safdoshi professor R.N.Ahmerov va shogirdi b.f.n. SH.I.Allamurotov bilan hamkorlikda olib bogan ishlari issiq va sovuq qonli organizmlarning tabiiy va indutsirlashgan gipometabolik xaolatlardagi substandart almashinuvining asosiy fiziologik – biokimyoviy ko‘rsatkichlarini tavsifiga bag‘ishlangan. A.YU.YUsupovning O‘zbekiston fiziologiyasi fanining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U issiq iqlim sharoitiga moslashish, bu jarayon davomida suv-tuz, energiya almashinuvidagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan.
Akad.E.X.To‘raqulov endokrinologiya sohasida katta ish olib borgan. U qalqonsimon bez faoliyatini organizmlarga ta’sirini har tomonlama o‘rgandi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, prof. A.YU.YUsupov tashabbusi bilan prof. K.R.Raximov bu sohada o‘tkazgan tajribalari yuqori harorat ta’sirida membrana hazmi tezlashib, ichak bo‘shlig‘ida susaygan moddalar parchalanishining salbiy natijasini kamaytirishini ko‘rsatdi. K.R.Raximov kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ilk bor membrana hazmini o‘rgandi.
Prof.U.Z.Qodirovning ilmiy ishlari hazm fiziologiyasining turli masalalariga oid. U hazm a’zolarining o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, o‘n ikki barmoqli ichakka o‘t-safro chiqishi buzilganda ingichka ichakning sekretor, surish va harakat faoliyatlari, me’da osti bezining sekretor faoliyati keskin o‘zgarishini ko‘rsatdi.
Prof.Z.T.Tursunov miya yarim sharlarning po‘stlog‘i suv-tuz almashinuvida katta Arol o‘ynashini hayvonlarni po‘stloqsizlantirish yuqori yuqori harorat ta’sirida kuzatiladigan suv-tuz almashinuvidagi o‘zgarishlarni ko‘paytirishni ko‘rsatdi.
M.G.Mirzakarimova ba’zi bir a’zolari, suv-tuz zaxirasi rolini bajarilishi va yuqori harorat sharoitda organizm suv tanqisligini engishda shu zahiradan foydalanishi mumkinligi isbotlandi.
R.A.Axmedov hayvonlarda o‘tkazgan tajribalar va odamlar ustida olib borgan kuzatishlari natijasida yuqori haroratda tana harorati doimiyligini saqlash faqat fizikaviy haroratni boshqarishga ham bog‘liqligini isbot qildi.
Sadiqov, L.S.Kuchkarova, Z.T.Rajamuradov, T.Djo‘raevlar va boshqalar fiziologiyasining turli sohalarida olib borishgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanilganlar Professorlardan T.A.Adjimolaev, V.A.Xojimatov, X.X.Ergashev, E.N.Nuritdinov, B.Z.Zaripov, D.J.SHaripov, fan doktorlaridan M.G. Mirzakarimova, A.N.Doniyarov, M.B.O‘rolov.

Download 48.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling