R e j a: O’zbekiston hududida eneolit va bronza davri. Dehqonchilikning vujudga
«Avesto» Qadimgi fors yozuvlari
Download 27.54 Kb.
|
Ilk ishlab chiqaruvchi xo`jallikka o`tilishi
MouruTarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, So’g’diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan. Saklar O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’lari, dashtlari va cho’llarida yashagan ko’chmanchi chorvador qabilalaridir. Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo’lingan: saka tigraxauda «tigra» - bu «o’tkir», xauda - «bosh kiyim», «saka-xaumovarka» - «xaomani ulug’lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam ichimlik»), «saka tiay darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar». Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo’rg’onlar juda kenghududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko’ligacha, pomir va Tangritog’ o’lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo’jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu kabilar qoramol mayda chorva hamda otni ko’plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O’rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini o’rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qildi. Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar. 1. Arshayyona - O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi; 2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati; 3. Qadimgi Baqtriya davlati. Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan Kavi Vishtasining podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg’iyona va Amudaryo va o’rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar. Bu masala ko’plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo’lgan bo’lsa-da, «katta Xorazm» muammosi to’la echimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo’lgan. Gerodot yozadi: «Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog’ bilan o’ralgan, tog’ni esa beshta dara kesib o’tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo’lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlang’ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o’tgan. Vodiyni o’rab olgan tog’dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi». Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo’nalishda Kopetdog’ yonbag’irlarida joylashganlar. Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo’lib, bu davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo’ysundirilgandan so’ng xorazmliklar Quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko’chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko’ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar. S.P.Tolstov, Ya.G’ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo’lib, xorazmliklar O’rta Osiyoning janubidan ko’chib kelmaganlar. Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo’lgan. Miloddan avvalgi 700-540 yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo’lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralir Marg’ob vohasi. Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo’lishi mumkin. O’rta Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yiriklaridan biri bo’lgan. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o’lkalar chegaradosh bo’lgan. Marg’iyona va So’g’diyona qadimg Baqtriya davlatining ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli manbalar xabar qiladi. Qadimgi fors podshosi Doro I ning Marg’iyonadagi Frada boshchiligidagi qo’zg’olonni (mil.avv. 521 y.) tor-mor qilishi haqida Behistup yozuvlaridagi xulosa: «mana nimalarni men Baqtriyada qildim». Doro III davrida Baqtriya va So’g’diyona birlashtirilgan o’lka bo’lib, unda Bess ismli satran hokimlik qilgan vaziyati va Marg’iyona, Baqtriya hamda So’g’diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o’xshashligi ham shular jumlasidandir. Download 27.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling