R ej a: Korxonalar va ularning vazifalari. Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi. Korxona mulki. Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish. Tayanch so’z va iboralar


Download 139 Kb.
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1223158
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Suroj Iqtisodiyot fanidan


R ej a:


1. Korxonalar va ularning vazifalari.
2. Korxonalarni ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi.
3. Korxona mulki.
4. Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish.
Tayanch so’z va iboralar:
Korxona va uning turlari. Korxonaning asosiy vazifalari. Korxonani ta‘sis etish va ro’yxatga olish tartibi. Korxona mulki. Korxona xo’jalik mexanizmini shakllanishi.



  1. Korxonalar va ularning vazifalari

Iqtisodiy sohalarda «korxona» tushunchasining mohiyati
Тadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug‘ullanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, fuqaro (jismoniy shaxs)lar deganda respub- likamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, «o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya’ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Тadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirishning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgach, mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor subyekti bo‘lib, o‘z nizomiga muvofiq muayyan ijtimoiy-iqtisodiy samara va foyda olish maqsadida o‘ziga tegishli yoki xo‘jalik boshqaruvidagi mulkdan foydalanib faoliyat yuritadi.

Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:


ishlab chiqarish va texnikaviy munosabatlarda korxona, bu — ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar va mexanizmlar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona, bu — turli toifadagi va vazifa- larni bajaruvchi xodimlardan iborat mehnat jamoasi;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona, bu — tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini sifatida o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan va boshqaradigan bozor subyekti.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi alohida mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy- texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
uchinchidan, korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan, xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xomashyo va asbob- uskuna yetkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan, sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;

oltinchidan, korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksini topadi.


Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi.
Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati — yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi.
Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat — ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi.
Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy- texnikaviy ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;
mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.


Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar, xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:
korxona egasining daromad olishi;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;
ish joylari yaratish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;
sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;
ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;

xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;


soliqlarni to‘lash, budjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish;
amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.
Bu funksiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funksiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.
Korxonani tashkil qilishdan, asosan, quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslarni jalb qilish;
fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.

Тurli shakldagi korxonalar


Odamlarning ko‘p qiziqishlari, turli ehtiyojlari va intilishlari bor. Тadbirkor kishilarning vazifasi ana shu qiziqishlarni, ehtiyoj va intilishlarni aniqlashdan va ularni qondirish uchun korxonalar tashkil etishdan iboratdir. Barcha korxonalar muvaffaqiyatli tashkil etilsa, foyda keltiradi.
Korxonalarni ko‘plab belgilariga ko‘ra, tasniflash mumkin. Korxona o‘z turidan qat’i nazar, agar u yetilgan muammolarni hal qilishni taklif qilsa va talabni qondirsa, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Korxonalar turlari o‘rtasidagi asosiy farq ular keltiradigan foyda turidadir. Moddiy foyda olish tijorat korxonasining maqsadi hisoblansa, ma’naviy foyda olish notijorat korxonasining maqsadi hisoblanadi.

Тadbirkorlar yuridik shaxs tashkil qilgan holda hamda yuridik shaxs tashkil qilmagan holda biznesni amalga oshirishlari mumkin.


Yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik bilan quyidagi shakllarda shug‘ullanish mumkin:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorligi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki foydalanish huquqi asosidagi mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
aralash.
Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Xususiy korxona
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonuni 3-bandiga muvofiq, «Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona, deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi».
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni yoki «XK» abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Xususiy korxona yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, muhrga, banklarda hisob-kitob schotiga ega bo‘ladi. U o‘z filiallari, sho‘ba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etish huquqiga ega.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan, uning tegishli mol-mulki negizida tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaning:
ustavini tasdiqlaydi;
korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi;
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi;
xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi;
shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa pul- moddiy boyliklar tashkil qiladi.
Xususiy korxona o‘z mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilangan narxlar va tariflar bo‘yicha sotish huquqiga ega.
Korxona egasining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so‘ng qoladigan daromadi (foydasi) uning o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.
Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi va boshqa zarur ma’lumotlar ko‘rsatilib, albatta, markirovka qilinishi kerak.
Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilib, yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha yollaydilar. Ular O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlashga majburdir.
Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda ko‘rsatib o‘tilgan haq miqdori davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiya (uyushma)larga va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustakil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mexnat jamoasi tomonidan maxsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farklanadi:

  • fukarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;

  • jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;

  • davlat mulkiga asoslangan korxona.

SHuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta‘sischilar uyushmasiga asoslangan ko’shma korxona xam tashkil etiladi. Ko’shma korxona ta‘sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fukarolar xam krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga boglik xolda korxonalar yirik, o’rta va kichiq bo’lishi mumkin.
Kichiq korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari konun tomonidan belgilab ko’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari xam mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba‘zi ishlab chiqarish, x°jalik vazifalarini markazlashgan xolda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalk xo’jaligining sanoat, kishlok xo’jaligi, kurilish, transport, aloka, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta‘minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoklarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaktning o’zida bir necha xil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shugullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yukori iste‘mol sifatlariga ega bo’lgan maxsulotlar bilan kam sarf qilib ta‘minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta‘minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona kuyidagilarga erishishi lozim:

  • ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni xar tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mexnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;

  • jamoani ijtimoiy jixatdan rivojlantirish, ijtimoiy soxaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yukori unumdor mexnat uchun imkoniyatlar yaratish, mexnatga karab taksimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muxitni ximoya qilish va yaxshilash;

  • mexnat jamoasining o’z-o’zini boshqarish, xar bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xakikiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga kizikish uygotish.




Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling