Q og'oz hujjat shaklidagi elektron hujjatning tasdiqlangan ko'chirm a
nusxasida quyidagilar bo'lishi kerak:
— elektron raqamli imzo;
— elektron hujjatni jo ‘natuvchining — yuridik shaxsning nom i yoki
jismoniy shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi;
— elektron hujjatini jo ‘natuvchining pochta m anzili va elektron pochta
manzili;
— uning yaratilgan sanasi;
— Ro'yxatga olish markazi vakolatli shaxsining o ‘z q o ‘li bilan qo'ygan
imzosi;
— Ro'yxatga olish markazi muhri.
Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron hujjatning ko'chirm a nusxasi amaldagi
q o n u n hujjatlari talablariga va davlat standartlariga m uvofiq bo'lishi,
shuningdek, “ Elektron hujjatning ko'chirm a nusxasi”
majburiy belgisiga
ega bo'lishi kerak.
Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reestrini yuritish va ularni
saqlash tartibi. Kalitlar sertifikatlari reestri qog‘oz va elektron shaklda yuri-
tiladi, elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar uchun uning elektron ver-
siyasiga kirish bemalol bo'lishi kerak.
Ro'yxatga olish markazi elektron raqamli imzo
kalitlari sertifikatlari
reestri o 'z vaqtida yangilanib borilishini ta ’m inlashi shart. Reestrdagi
o'zgartirishlar elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, to'xtatib
turish va uning amal qilishini tiklash ham da
uni bekor qilish vaqtidan
boshlab amalga oshirilishi kerak.
Reestrda elektron hujjatlar shaklida berilgan, am alda bo'lgan, to'xtatib
qo'yilgan va bekor qilingan elektron raqamli im zo kalitlarining sertifikat
lari bo'lishi kerak.
Ro'yxatga olish markazining kalitlar sertifikatlari reestrida elektron
raqamli im zo egasi to'g'risidagi quyidagi m a’lum otlar ko'rsatiladi:
— elektron raqamli imzo egasining familiyasi,
ismi va otasining ismi;
— pochta manzili;
— telefon-faks raqami;
—
elektron pochta manzili;
— soliq to'lovchining identifikatsiya raqami;
— elektron raqamli imzo kaliti sertifikati am al qilishini uzaytirish,
to'xtatib
turish va qayta tiklash, uni bekor qilish asosi va sanasi.
Ro'yxatga olish markazida elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli
imzo kaliti sertifikatini saqlash tartibi va m uddati Ro'yxatga olish m arka
zi va elektron raqamli imzo egasi o'rtasida tuziladigan shartnom ada belgi-
lanadi.
131