R. I. G im u s h, F. M. M a t m u r o d o V
aksiyadorlik kapitali bo ‘yicha
Download 488.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Innovatsion menejment. Gimush R.I.
aksiyadorlik kapitali bo ‘yicha:
— moliyalashtirish manbalari va muddatlari; — naqd pul yoki natura ko‘rinishida kiritilayotgan aksiyadorlik kapi- talining hajmi; — paylam i taqsimlash tartibi (shu bilan birga, xodim larning ishtiroki); — agar bank doimiy aksiyador tariqasida ishtirok etm asa, u holda ka- pitalni kamaytarish shartlari. Ikkinchidan, kreditlar bo ‘yicha: — kreditlash manbalari; — kreditorlarning o ‘ziga xos xususiyatlari; — valyuta xarakteri; — kreditlash shartlari (imtiyozli foiz stavkalari, tovar va xizmatlarni sotib olish zarurligi va h.k.); — loyihaga taalluqli b o ‘lgan boshqa yoki loyiha balansidagi mavjud kreditlarning shartlari. Shuningdek, xarajatlar tuzilmasiga ta ’sir etuvchi quyidagi kelishuvlar ham muhim rol o ‘ynaydi: sotish (sotib olish) haqidagi kelishuv, homiy- larning (uchinchi tom onni) kafolatlari; boshqa yordam chi kelishuvlar; hukum at tom onidan q o ‘llab-quvvatlashlar, y a’ni (dotatsiya, soliq im- tiyozlari); loyihani moliyaviy jihatdan ta ’minlanganligi; garov turlari va boshqalar. Bundan tashqari, investitsiyalar haqida so‘z yuritilganda, loyihada qarzlarni qoplashga va dividendlarni to ‘lashga yetarli b o ‘lgan naqd pul 29 mablag'lari tushumi ham ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, prognozlarning m uddatlari, ya’ni kredit-investitsiya muddatlari bilan mos kelishi kerak. Investitsiya loyihasida quyidagi m a’lum otlar ham o ‘z aksini topishi lozim, ya’ni, chegirma va yig‘imlarni hisobga olgan holda, m ahsulotning narxi va sotish hajmi; asosiy faoliyat xarajatlari; ishchi kuchi, transport xarajatlari, kommunal xizmatlar, sotish va boshqarish xarajatlari; kapital ta ’mirlash; aylanma kapital; xomashyo va tayyor mahsulot zaxiralari; kom paniya hisobvaraqalarini to ‘lash shartlari; mahsulot yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob shartlari va boshqalar. M oliyaviy faoliyat n a tija la rin i in v estitsio n lo y ih ad a quyidag i ko ‘rsatkichlar bo'yicha aks ettirish lozimdir: berilishi ko‘zda tutilayotgan dividendlarni hisobga olgan holdagi foyda va zararlar; korxona faoliyati- ning birinchi va keyingi yillar bo‘yicha balansi; asosiy faoliyatdan olina digan naqd pul tushumlari va manbalari, tushum manbalari va ulardan foydalanish, ko‘rsatilgan sof pul mablag'lari oqimi; kreditlar va foizlarni to ‘lash grafigi, to ‘lanishi lozim b o ‘lgan mavjud va yangi qarzlar, ham da ularning foizlari; amortizatsiya aktivlarining grafigi; aylanma kapital va undagi o ‘zgarishlar haqidagi m a’lumotlar; kreditni to ‘lash m uddati davo- mida korxona to ‘lashi lozim bo ‘lgan soliqlarning taxminiy grafigi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, barcha grafiklarda amalga oshiriladigan xarajatlar va olinadigan daromadlaming muddatlari ham ko‘rsatilishi kerak. Bu talablarning bajarilishi nafaqat alohida investitsion loyihalarni boshqarish samarasini oshirishga, balki 0 ‘zbekistonda investitsion jarayonlar sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. 2003-yilda kapital qo'yilm alarning texnologik tarkibida progressiv tarkibiy o 'zgarishlar. N atijad a, m ashina va u skunalar sotib olishga yo'naltirilayotgan investitsiyalar 6,4% oshdi, montaj ishlariga ajratiladi- gan investitsiyalar esa 6,6% kamaydi (1.3, 1.4, 1.5 va 1.6-jadvallar.) Download 488.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling