R. M. Shukurov 2022 yil «evolyutsi ya nazariyasi»


Download 194 Kb.
bet8/10
Sana05.05.2023
Hajmi194 Kb.
#1430280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Генетика ва эволюцион таълимот 2022 2023

Jami:

86

Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan adabiyotlar va internet saytlaridan foydalangan holda ma’lumotlar yig’ilib, umumlashtiriladi, referat yoki Microsoft Power Point dasturida taqdimot tayyorlanadi.




5. Talabalar bilimini baholash tartibi
Talabalar bilimini bahоlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 19-2018-son buyrug’i asosida amalga oshiriladi.
5.1. Nazorat turlari
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat turi xar bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan xolda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Semestr davomida xaftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizom ning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling