R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatorlarni o‘g‘it!ash.
- Kuzgi bugdoyni mineral ogitlar bilan oziqlantirish xojaliklarda hosilni va uning sifatini oshiradigan eng muhim agrotexnik usul sifatida keng
- Keyingi yillarda otkazilgan tajribalarning natijalari bahorda oziqlanti- rishlarning ijobiy harorat yigindisini hisobga olingan holda otkazish
- Bunda ogitlar qator oralariga 4—6 sm chuqurlikda solinadi. Seyalkalar yordamida oziqlantirislilar dalada tuproq yetilganda
97 www.ziyouz.com kutubxonasi sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari, ildiz mevalar, dukkakli don ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Turkmanistonda Iolotan tajriba stansiyasida o'tkazilgan tajribalarda beda- g'o'za-bug'doy-g'o'za (3:3:1:2) ekilganda g'o'zaning hosildorligi ortgan, tuproq unumdorligi oshgan. Bunday almashlab ekishda g'o'zaning hissasi kamayishi bilan bug'doy, g'o'za va boshqa ekinlar hosildorligi oshgan. AQSH, Xitoy, Hindiston, Misrda almashlab ekishlarda g'o'zaning hissasi 25—50 % dan oshmaydi. D.N.Pryanishnikov paxtachilikda almash lab ekishlarda g'o'zaning hissasi 22—56% bo'lishini tavsiya etgan. Respublikada sug'oriladigan yerlarda almashlab ekishda g'o'zaning hissasi tuproq sharoitiga ko'ra 40; 50; 60 % bo'lishi taklif qilinmoqda. Bunday almashlab ekishda kuzgi bug'doy ham katta o'rin egallaydi. Kuzgi bug'doyni sug'oriladigan yerlarda surunkasiga bir maydonda o'stirish, bedali almashlab ekishdagiga nisbatan hosilni gektaridan 8,3 s, ko'p yillik o'tlarsiz almashlab ekishlardagiga nisbatan gektaridan 6,7 s kamaytiradi. Kuzgi bug'doydan keyin ekilgan g'o'za vilt bilan kam zararlanadi. Yaxshi rivojlangan kuzgi bug'doy, begona o'tlarning maysalarini o'stirmaydi, yerni ulardan tozalaydi. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshoqli don ekinlarining, shu jumla- dan, kuzgi bug'doyni ham surunkali ikki yil ustma-ust o'stirish, kasal- lik va zararkunandalar, begona o'tlarning ko'payib ketishiga, to'planishiga olib keladi hamda hosildorlikni pasaytiradi. 0 ‘g‘itlash. Kuzgi bug'doy tuproq unumdorligiga va o'g'itlashga juda talabchan. U 1 s don va shunga muvofiq somon hosil qilish uchun 3,7 kg azot, 1,3 kg fosfor va 2,3 kg kaliy o'zlashtiradi, o'g'itlash ham ma tipdagi tuproqlarda kuzgi bug'doy hosilini oshiradi. Sug'oriladigan yerlarda, kuzgi bug'doydan yuqori hosil olishning shartlaridan biri yetarli miqdorda o'g'itlarni solishdir. Tajribalarning ko'rsatishicha, sug'oriladigan yerlarda, o'g'itlar kuzgi bug'doy hosilini gektardan 26—36 sentnerga oshiradi. Kuzgi bug'doy 60 s/ga don hosili shakllantirganda oziqa moddala- riga talabi o'rtacha 200—220 kg azot, 60—80 kg fosfor, 130—140 kg kaliyni tashkil qiladi. Ammo u nam bilan ta’minlanganlikka, navga, mineral oziqlanish darajasiga bog'liq. Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida sug'oriladigan yerlarda tipik bo'z tuproqlarda Bezostaya—1 navi o'g'it solinmaganda gektaridan 29,0 s mineral o'g'itlar gektariga azot 100, fosfor 60, kaliy 60 kg solinganda 49,1 s dan hosil bergan. Rejalashtirilgan hosilga, ilmiy asoslangan o'g'it me’yorlarini belgilaganda tuproq agrokimyoviy kartogrammasi hosil bilan chiqib ketadigan asosiy oziqa moddalari, solingan o'g'itlardan va tuproqdan oziqa moddalarning o'simlik tomonidan o'zlashtirishi koeffitsienti hisobga olinadi. O'g'itlash me’yorini belgilashda qaysi oziqa elementi yetishmasligi, o'simlikning boshqa elementlarga ham ehtiyoji hisobga olinadi. 98 www.ziyouz.com kutubxonasi Sug'oriladigan yerlarda ma’danli o'g'itlami yerni haydash oldidan, ekish bilan va kuzgi bug'doyning o'suv davrida berish yaxshi natija beradi. Kuzgi bug'doy sug'oriladigan yerlarda o'stirilganda ma’danli o'g'itlarga, ayniqsa, azotli o'g'itlarga juda talabchan, o'simlik naycha lash va boshoqlash fazalarida azotni eng ko'p o'zlashtiradi. Bu davrda azotli oziqlanish me’yorida bo'lganda, boshoq yaxshi rivojlanadi, unda- gi boshoqchalar hamda don soni oshadi. Kuzgi bug'doy fosfordan o'sish davrining dastlabki haftalarida jadal foydalanadi va tuplanishdan gullashgacha bo'lgan davrda umumiy o'zlashtiriladigan fosforning 3/4 qismini o'zlashtiradi. Fosforli o'g'itlar ildiz tizimining rivojlanishiga, uning kattaligi va hajmiga, generativ or- ganlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi hamda qurg'oqchilikka va qishga chidamlilikni oshiradi. O'simlikning fosfor bilan yaxshi ta’minlanishi azotning o'zlashtirilishini yaxshilaydi. Shuningdek, azotli oziqlaiitirishni optimallashtirish o'simlik tomonidan fosfor, kaliy, kalsiy hamda bir qator mikroelementlarni o'zlashtirishni yaxshilaydi. Ortiqcha fosfor o'simlikning mis, temir, marganesni yutishini kamaytiradi. O'simlikning me’yoridan ortiq azot bilan oziqlanishi o'suv organla- rining ortiqcha o'sib ketishiga olib keladi va erta bahordagi tuproq nam- ligini tez kamaytiradi, ko'p poyalari nobud bo'ladi, hamda donlar si- fatsiz, mayda bo'lib qoladi. Tup qalinligi yuqori bo'lgan ekinzorlarda, nam va bulutli ob-havoda fosforning yetishmasligi va o'simlikda fo- tosintezning sust o'tishi, yutilgan azot va fotosintez mahsulotlari o'rtasidagi balansning buzilishiga olib keladi. Bunda yutilgan azotning hammasi moddalar tarkibiga kirmaydi va nitrat hamda ammoniy (ammiak) shaklida o'simlikda to'planadi. Bunday o'simliklar kasalliklar bilan ko'proq zararlanadi, erta yotib qoladi, ko'p poyalari nobud bo'ladi. Yotib qolgan o'simliklarda donning to'lish va pishish sharoiti yomonla- shib hosil keskin kamayadi va sifati yomonlashadi. Azotli o'g'itlarni kuzda yuqori dozada solish o'simlikning ortiqcha o'sib ketishiga, yomon qishlashiga va nobud bo'lishiga olib keladi. Azot yetishmasligi yoki ortiqchasi ham hosilni va uning sifatini pasayishiga olib keladi. O'tmishdoshlar, tuproq agrokimyoviy kartogrammasi hisob ga olinib, azotli o'g'itlar ekish oldidan kuzda va bahorda o'sish davrida bo'lib beriladi. Kuzgi bug'doy, ayniqsa, bahorda, azotli oziqlanishga talabchan. Bu davrda uni azot bilan ta’minlash o'simlikning tez o'sishiga, yaxshi tuplashiga va ko'p mahsuldor tuplarni hosil qilishiga olib keladi. Sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doyni o'stirishda o'tmishdoshlar ko'proq agrokimyoviy kartogramma, nav xususiyatlari hisobga olinib, yillik o'g'itlar miqdori belgilanadi. Qashqadaryoning tipik bo'z tup- roqlarida mineral o'g'itlarning yillik me’yori — azot — 150, fosfor — 90, kaliy — 60 kg/ga, O'zbekistonnmg janubiy-g'arbiy qismidagi yangi sug'oriladigan tuproqlarda azot 180—200, fosfor 90—120, kaliy 60—100 kg/ga, Zarafshon vodiysidagi o'tloq va bo'z tuproqlarda azot — 180, fosfor — 90, kaliy — 60 kg/ga tavsiya etilgan. 99 www.ziyouz.com kutubxonasi Asosiy o‘g‘itlash. Kuzgi bug'doyni yetishtirishda, asosiy o'g'itlashda mineral, organik o'g'itlar — go'ng, kompost keng qo'llaniladi, ularni solish me’yorlari tuproq sharoiti, navlarga bog'liq holda turlicha bo'ladi. Asosiy o'g'itlash ekishgacha o'tkaziladi. Chirigan yoki yarim chirigan go'ng yerni haydash oldidan 20—40 t/ga solinadi. Gektariga 20 tonna chirigan go'ng solinganda qo'shimcha 10—15 s don hosili olinadi. Go'ng yetarli bo'lsa gektariga 60 t solish ham yaxshi natija beradi. Go'ng solinganda keyin darhol haydalib boronalanadi. Go'ng solingandan keyin yer haydab tashlanmasa, go'ng tarkibidagi azotning 30 % i bir-ikki sutka davomida yo'qoladi. Fosforli o'g'itlarni ham asosiy o'g'itlashda berish hosildorlikni va don sifatini oshiradi. Kuzgi bug'doyga asosiy o'g'it sifatida gektariga 30—60 kg fosforli o'g'it solish (fon azot 100, kaliy 60) tipik bo'z tup roqlarda 7—7,3 s qo'shimcha hosil beradi. Asosiy o'g'it sifatida fosforli, kaliyli o'g'itlarni qo'shib yerni hay dash oldidan solish yaxshi natijalarni beradi. O'simlikning o'sishi va rivojlanishi kuchayadi, qishga chidamliligi ortadi. Organik, fosforli, kaliyli o'g'itlar yerni haydash oldidan berilganda eng yuqori natijalar olinadi. Mineral o'g'itlarning yillik me’yori quyidagicha taqsimlanadi: fos forli o'g'itlar 80 %, kaliyli o'g'itlarning hammasi yerni haydash oldidan solinadi, ekish oldidan kultivatsiya bilan 25—30 % azotli, ekish bilan qatorlarga 20 % fosforli o'g'itlar beriladi. Azotli o'g'itlarning 70—75 % i erta bahorda ikki marta oziqlantirish sifatida beriladi. Yillik azotli o'g'it me’yorining 20 % ini bahorda beriladigan oziqlantirishlar hisobi- dan olib boshoqlash fazasida oziqlantirish don va somon sifatini yax shilaydi, o'simlikning qo'ng'ir zang kasalligiga chidamliligini oshiradi. Kuzgi bug'doy azotning ko'pligidan yoki uch yillik bedadan keyingi unumdor tuproqlarga ekilganda juda o'sib ketib yotib qolishi hamda zang kasalligi bilan zararlanish xavfi tug'iladi. Bunday hollarda fosforli, kaliyli o'g'itlar yillik me’yorining 20 % ini naychalash fazasi oldidan yoki naychalash fazasida berilsa yoki gektariga 3—5 s kul solinsa yuqori natijalar olinadi. Qatorlarni o‘g‘it!ash. Kuzgi bug'doy o'stirishda ekish bilan qator larga granulalangan superfosfat gektariga 50—70 kg, yoki 30—40 kg ammofos solish katta ahamiyatga ega. Juda ko'plab o'tkazilgan tajriba larda granulalangan superfosfat sug'orilmaydigan yerlarda gektariga ‘50 kg solinganda 2,7—3,4 s qo'shimcha don hosili olingan. Ekishda ammo- fosni gektariga 30 kg solish hosildorlikni 5,2 s/ga ga oshirgan. Granulalangan superfosfat va ammofos tuproqqa urug' ekishga mo'ljallangan seyalkalarda solinadi. Bu o'g'itlar ekishda qatorlab solin ganda o'simlik o'sishi va rivojlanishining dastlabki fazalarida oziqlanish uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda o'simlikning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, ildiz tukchalari ko'p hosil bo'ladi. Ildizning tuproqqa chu qur kirib borishiga yordamlashadi hamda o'simlikning qishga chidam- 100 www.ziyouz.com kutubxonasi liligini oshiradi. Ekish bilan qatorlami o'g'itlashda nitrofoskani qo'llash ham yaxshi natija beradi. Oziqlantirish. Sug'oriladigan yerlarda tumanlashtirilgan intensiv kuzgi bug'doy navlari ma’danli oegcitlarga juda talabchan. Kuzgi bug'doy o'sish davrida oziqa moddalarini bir tekis o £zlashtirmasligidan kelib chiqib, o'simliklami o'sish davrida tinimsiz yetarli miqdorda oziqa elementlari bilan ta’minlash maqsadida ma’danli o'g'itlar, ayniqsa, azotli o'g'itlar oziqlantirish sifatida bir necha marta solinadi. Kuzgi bug'doyni mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish xo'jaliklarda hosilni va uning sifatini oshiradigan eng muhim agrotexnik usul sifatida keng qo'llanilmoqda. Oziqlantirislilar kuzda va bahorda o'tkazilishi mumkin. Azotli o'g'itlarni o'simlikning o'sish davrida bir necha marta bo'lib solish, ular samaradorligini oshiradi. Bir necha miqdorlarga bo'lib so lingan azotli o'g'itlar o'simlikning yaxshi qishlashini ta’minlaydi, yotib qolishiga chidamlilikni, hosildorlikni va don sifatini oshiradi. Bahorda oziqlantirish o'simlik o'sishi boshlanishi bilan o'tkaziladi. Keyingi yillarda o'tkazilgan tajribalarning natijalari bahorda oziqlanti- rishlarning ijobiy harorat yig'indisini hisobga olingan holda o'tkazish yaxshi natija berishini ko'rsatadi. Tajribalarda ammiakli selitra gektariga 90 kg ta’sir qiluvchi modda hisobida solinganda, ijobiy harorat yig'indisi bahoming boshlanishidan 50 °C bo'lganda, o'g'it solinmagan variantga nisbatan 8 s/ga, 100 °Cda — 15 s/ga, 120 °C da — 20 s/ga, 200 °C da — 22,5; 250 °C da — 18 s/ga hosildorlik oshgan. Bunda ijobiy harorat yig'indisi 150—200 °C ga yetishi naychalash fazasining boshlanishiga to'g'ri keladi. Azotli o'g'itlar yillik m e’yori 180 kg/ga O'zbekistonda o'tkazilgan bir qator tajribalar natijalariga ko'ra quyidagicha taqsimlanadi: gektariga 30 kg ekish oldidan kultivatsiya bilan, 75 kg erta bahorda, 75 kg nay chalash fazasida; 60 kg ekish oldidan kultivatsiya bilan, 90 kg erta bahorda, 30 kg boshoqlash fazasida; 60 kg ekish oldidan, 60 kg erta bahorda, 60 kg boshoqlash fazasida. Azotli o'g'itlarning bir qismini 30 kg/ga boshoqlash fazasida berish hosildorlikni oshirmasada, don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorini oshiradi. Kuchli bug'doy o'stirishda boshoqlash fazasida o'tkazilgan oziqlantirislilar muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish sharoitida, kuzgi bug'doyni bahorda oziqlantirishda katta maydonlarda, eng qulay muddatlarda o'g'itlarni bir tekis taqsim- lab berish imkoni hamma vaqt ham bo'lmaydi. Shuning uchun xo'jaliklar kuzgi g'alla ekinlarini oziqlantirishda tuproqqa o'g'itni ko'mishga mos- lashtirgan maxsus SZ —3,6 va SZP—3,6 seyalkalardan foydalanilmoqda. Bunda o'g'itlar qator oralariga 4—6 sm chuqurlikda solinadi. Seyalkalar yordamida oziqlantirislilar dalada tuproq yetilganda o'tkaziladi. Shuning uchun oziqlantirish tuproq yuzasiga sochib beril- gandagiga nisbatan kechroq o'tkaziladi. O'g'itlarni seyalkalar yordamida tuproqqa ko'mib berish, ular samaradorligini oshiradi va gektaridan 3,4— 101 www.ziyouz.com kutubxonasi 5,3 s qo'shimcha hosil olinadi. Ayniqsa, sug'oriladigan yerlarda eki ladigan intensiv navlarga ko'p ma’danli o'g'itlar berilganligi uchun se- yalkalar bilan o'g'itlarni berishning ahamiyati katta. Bahorda ikkinchi oziqlantirish (naychalash fazasining boshlanishi) tuproqdagi namlik hisobga olinib, yer usti texnikalari yordamida bir tekis sochib solinadi. Tuproqda yetarli namlikning bo'lmasligi oziqlant irish samarasini keskin kamaytiradi. Ko'p hollarda qandaydir sabablarga ko'ra kuzda ekinzorga azotli o'g'itlar yetarli miqdorda solinmay qolsa, tuproqda azotning miqdori, ayniqsa, nitratlar kam bo'lsa erta bahorda o'simlik azotli moddalarga katta ehtiyoj sezadi. Bunda tuproqdagi bor azotli moddalar o'simlik tomonidan foydalanilgan, bir qismi yuvilgan, o'simlikda kuz davrida to'plangani esa qish davrida sarflangan bo'ladi. Mikrobiologik jarayonlar erta bahorda juda sust bo'ladi. Shuning uchun o'simlik erta bahorda azotga katta ehtiyoj sezadi. Bunday hollarda, ayniqsa, erta bahorda o'tkazilgan azotli oziqlantirishlar o'simlik ildiz tizimi va yer usti mas- sasini oshiradi, boshoqlarning yirik va serdon bo'lishini ta’minlaydi. Kuzda azotli oziqlantirishlar, kuzgi bug'doy ekilgan dala tuprog'i oziq moddalarga kambag'al bo'lsa hamda qandaydir sabablarga ko'ra ekish oldidan o'g'it berilmasa, o'tkaziladi. Turli mamlakatlarda ko'plab o'tkazilgan tajribalar kuzgi bug'doyning boshoqlash yoki donning sut pishish fazalarida o'simlikning barg, poya, boshoqlari orqali (ildiz ishtirokisiz) oziqlantirish yaxshi natijalar beri- shini ko'rsatadi. Bunda ildizsiz oziqlantirishda beriladigan azot miqdori gektariga 30 kg (ta’sir qiluvchi modda hisobidan) oshmasligi lozim. Bu usulda beriladigan azotli o'g'itlar miqdori ko'p bo'lsa ular ikki bo'lib, oziqlantirishlar orasi 8 kun qilib o'tkaziladi. Ildizsiz oziqlantirishlarni gektariga 30 kg dan ortiq qo'llash barglarning jiddiy jarohatlanishiga olib keladi. Bunday oziqlantirishlarni gektariga 30 kg miqdorda o'tkazish tavsiya etilgan va asosan don sifatini oshirishga qaratilgan. O'simlikning boshoqlash yoki sut pishish fazasida o'tkazilgan barglar orqali oziqlan tirishlar don tarkibida oqsilni 1,5—2,5%, kleykovinani 2—4%, hosildor likni 2,5—3,0 s/ga ga oshirgan. Barglar orqali oziqlantirishlar katta may donlarda, boshoqlash yoki sut pishish davrida samolyotlar yordamida bajarilishi mumkin. Tuproqni ishlash. Sug'oriladigan yerlarda, kuzgi bug'doy ekiladigan maydonlarda tuproqni ishlash tizimi mintaqalarning tuproq-iqlim sha- roiti, o'tmishdoshlar, dalaning begona o'tlar bilan ifloslanganligi, tup- roqning suv-fizik, kimyoviy xossalari uning madaniylashganlik darajasi, haydalma qatlami tuzilishi va boshqa omillar hisobga olinib, ishlab chiqiladi. Kuzgi don ekinlari, shu jumladan, kuzgi bug'doy ekiladigan maydon lar tuprog'ini ishlash o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzgi bug'doy kuz da turli o'tmishdoshlardan keyin ekiladi. Shuning uchun tuproq yozda, kuz oxirida, kuzda haydaladi. Tuproqni ishlashda haydalma qatlamda, 102 www.ziyouz.com kutubxonasi ildiz tizimi joylashgan asosiy qismida, namlik to'planishi va saqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi, suv, oziqlanish, havo va issiqlik rejimlari boshqarilishi, organik moddalarning parchalanishi, chirish jarayoni uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqni puxta ishlash o'g'itlar va urug'laming bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi, ildiz tizimini haydalma qatlamda bir tekis taralishiga va chuqur qatlamlarga kirib borishga qulay sharoit yaratadi, begona o‘tlarni, zararkunandalami yo‘q qiladi. O'simliklaming turli kasalliklar bilan kasallanishining oldini olishga imkon beradi. Kuzgi bug'doy haydash chuqurligini oshirishga juda talabchan. O‘tmishdosh ekin uchun haydalma qatlamni chuqurlashtirish va yuqori me’yorda organik o'g'itlar solish kuzgi bug'doy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yerni haydash chuqurligi tuproq qatlamining qalinligi, zichligi, al mashlab ekish dalalari hamda ularning o't bosganligiga qarab ta- baqalashtiriladi. Haydov qatlamini chuqurlantirish, suv zaxirasini, aerat- siyani, nitratlar va eriydigan fosfatlar miqdorini oshirib, o'simlik yuqori hosil shakllantirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqni ishlashda katta xarajatlar qilinadi. Mexanizmlarni me’yorida ishlatmaslik, dalada agregatlaming ko'p yurishi, tuproqni zich- lashishiga va changsimon holga o'tishiga, o'g'itlar samaradorligining pasayishiga va nam to'planishining kamayishiga olib keladi. Shuning uchun mexanizmlar bir yurishida 3—4 ishni bajarishi juda muhim. O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida kuzgi bug'doy ekiladigan dalalar 25—27 sm chuqurlikda haydaladi. Ammo kam unum, qum va shag'al qatlami mavjud yerlarda yer shunday chuqurlikda haydalishi ke- rakki, bundan qum bilan shag'al yer betiga ag'darilib chiqmaydigan bo'lsin. Yangi o'zlashtirilgan yerlarda dastlabki ikki yilda haydash chu qurligi 20—22 sm dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda haydov chu qurligi 2—3 sm dan oshirilib boriladi. Kuzgi bug'doy ildizlari asosan haydalma qatlamda joylashadi. Shu ning uchun haydalma qatlam chuqurligini juda oshirish kutilgan nati- jani bermaydi. Bedadan keyin kuzgi bug'doy joylashtirilsa, yerni asosiy haydashdan 10—12 kun oldin, bedapoyani 6—7 sm chuqurlikda diskali boronalar yordamida ishlanadi, boshchalar qirqib maydalanadi, keyinchalik PYA— 3—35 pluglari bilan 35—40 sm chuqurlikda ag'darib haydaladi. Bedapoya- larni yilma-yil navbat bilan har xil chuqurlikda haydash bir xil chuqur likda haydalganga qaraganda begona o'tlar miqdorini kamaytiradi, beda qoldiqlarining asta-sekin parchalanishi, gumus miqdorining ko'payishini ta’minlaydi. Shuning uchun bedapoya ikkinchi yil 25 sm, uchinchi yili 35—40 sm chuqurlikda haydaladi. Kuzgi bug'doydan yuqori hosil olishning muhim shartlaridan biri, o'tmishdosh ekinlami yuqori agrotexnika sharoitida o'stirish va hosilni o'z vaqtida yig'ishtirib olishdir. Hosilni yig'ishtirish bilan yerni haydash o'rtasidagi davr uzoq bo'lmasligi kerak. Bu davr cho'zilsa tuproq kuch li qurishi mumkin. Shuning uchun hosil yig'ishtirilishi bilan yer darhol 103 www.ziyouz.com kutubxonasi haydalishi kerak. Bunda yer haydash bilan boronalash o'tkazilganda tup roqda namlik yaxshi saqlanadi, kesak hosil bo'lmaydi. 0 ‘zbekiston sharoitida o'tmishdosh ekin hosili yig'ishtirilgandan keyin darhol yer haydalmasa tuproq qurib ketadi va haydalganda yirik kesak- lar hosil bo'ladi. Bunday maydonlar ekishga 10—15 kun qolganda jo'yaklar yordamida sug'orilsa yaxshi natija beradi. Bunda tuproqning mexanik tarkibiga qarab sug'orish me’yorlari belgilanadi. Tuproqni ekishga tayyorlashda u mayda kesakchali, ekish uchun yaroqli holda bo'lishi zarur. Bunda dala tekis, tuproq zichligi optimal, tuproqda diametri 1—5 sm bo'lgan kesakchalar 80% dan kam bo'lmasligi va 10 sm dan yirik kesakchalarning bo'lishiga yo'l qo'ymaslik muhimdir. Tuproqning bunday holda bo'lishi, tuproq bilan urug'larning zich tegib turishi va maysalarning qiyg'os unishini ta’minlaydi. Yer haydalganda tuproqda yetarli nam bo'lganda plugdan keyin agre- gatga borona va molani qo'shish, tuproqni bir tekis mayda, donador holga keltiradi, yumshoq qavatli tuproq hosil qiladi. Ammo tuproqning boronalanib, molalangandan keyingi holati, ko'pincha ekishni o'tkazish uchun talabga javob bermaydi. Bunday holdagi tuproqlarda kesak ko'p bo'ladi, g'ovakligi katta bo'ladi, namlik tez yo'qoladi. Shuning uchun yer haydalgandan keyin kultivator yoki chizel borona va mola bilan bir-ikki ishlanadi, natijada kesaklar maydalanib, tuproq zichlashib, tekisla- nadi va ekishga tayyor bo'ladi. Kuzgi bug'doy ekilguncha dalada begona o'tlar paydo bo'lsa 2—3 kultivatsiya bilan boronalash o'tkaziladi. Birinchi kultivatsiya (ekish ol didan o'tkaziladigani) urug' ekiladigan chuqurlikda o'tkaziladi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling