R. O. Oripov, n X. Xalilov


tog'li  mintaqalarda  qo'llaniladi.  Boshqa  mintaqalarda  beda,  almashlab  ekish


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49

tog'li  mintaqalarda  qo'llaniladi.  Boshqa  mintaqalarda  beda,  almashlab  ekish 
sxemasidan  chiqarilgan  dalalarga,  xo'jalik  xususiyati  hisobiga  olinib,  umu- 
miy  haydaladigan  yerning  kamida  12—15%  joylashtiriladi.
Toza  shudgor  tuproqning  chuqur  qatlamlarida  suv  rejimini  yaxshi­
laydi,  qurg'oqchilikning  zararli  ta’sirini  kamaytiradi.  Qamashida  toza 
shudgor  kuzgi  bug'doy  hosilini  56%  oshirgan.  Kuzgi  bug'doy  toza  shud­
gorga  ekilganda  faqat  hosili  emas,  don  tarkibidagi  oqsil  miqdori  ham 
oshgan.  Yog'ingarchiliklar  ko'p  bo'lgan  yillari  toza  shudgorda  tuproq 
zichlashadi,  bug'doyning  o'sishi  uchun  sharoit  yomonlashadi,  ekinzor 
bir  yillik  begona  o'tlar  bilan  ifloslanadi,  samaradorlik  kamayadi.
Band  shudgorda  ekinlar  ekish  muddatlari  bo'yicha  erta  bahori  (zig'ir, 
maxsar,  kungaboqar  silosga,  xashaki  ko'k  no'xat,  no'xat),  o'rtacha  ba­
hori  (makkajo'xori,  jo'xori,  kungaboqar  silos),  kechki  bahori  (xo'raki 
va  xashaki  tarvuz,  qovun,  kunjut,  jo'xori  makkajo'xori,  kungaboqar) 
guruhlariga  bo'linadi.
Lalmikor  yerlarda  band  shudgorda  poliz,  no'xat,  xashaki  ko'k  no'xat, 
kungaboqarni  silosga  ekish  yaxshi  natija  beradi.  Ayniqsa,  nam  bilan 
ta’minlangan  mintaqada  dala  begona  o'tlardan  tozalanib,  agrotexnika 
yaxshilanib  borishi  bilan  band  shudgorlar  samarasi  oshib  boradi.  Kuzgi 
bug'doy  hosili  poliz  ekinlaridan  keyin  10,6,  silosga  ekilgan  kungaboqardan 
keyin  9^2,  oq  jo'xoridan  keyin  9,7,  toza  shudgorga  ekilganda  13,6  s/ga 
ni  tashkil  qilgan.  Bunda  band  shudgorga  ekilgan  bug'doy  hosili  toza 
shudgorga  nisbatan  30%  gacha  kam  bo'lgan.  G'allaorolda  o'tkazilgan 
tajribalarda  yog'ingarchiliklar  ko'p  bo'lgan  yillari  kuzgi  bug'doy  toza 
shudgorga  ekilganda,  ang'izga  ekilgandagiga  nisbataii  1,8  s/ga,  band 
shudgorda  1,5—3,4  s/ga  qo'shimcha  hosil  olingan  yoki  band  shudgorda 
toza  shudgorga  nisbatan  hosildorlik  ancha  oshgan.
Qator  oralari  ishlanadigan  ekinlardan  keyin  joylashtirilgan  kuzgi 
bug'doydan  band  qilinmagan  toza  shudgordagiga  qaraganda  kam  olingan 
don  o'rni  ana  shu  ekinlardan  olingan  hosil  bilan  to'ldirilishi  mumkin.
Lalmikorlikda  tuproq  unumdorligini  tikiash  va  oshirish  vositasi  sifa­
tida  beda  kuzgi  bug'doy  uchun  yaxshi  o'tmishdosh  hisoblanadi.  Ammo 
bedaning  kuchli  rivojlangan  ildiz  tizimi  tuproqning  yuza  va  chuqur  qat- 
lamlarini  quritib  yuboradi.  Shuning  uchun  ta’minlangan  va  yarim 
ta’minlangan  mintaqalarda  bedaning  o'tmishdosh  sifatidagi  samaradorligi
119
www.ziyouz.com kutubxonasi

pasayadi.  Yog'ingarchiliklar  kam  bo'lgan  yillarda  kuzgi  bug'doy  bedadan 
keyin  ekilganda  ang'izga  ekilgandagiga  nisbatan hosili  kamaygan.  Aksincha, 
yog'ingarchiliklar  me’yor  atrofida  bo'lganda,  kuzgi  bug'doy  bedadan  keyin 
ekilganda,  ang'izga  ekilgandagiga  nisbatan  hosili  o'rtacha  to'qqiz  yil  davo­
mida  1,9  s/ga  ga  oshgan,  ob-havo  qulay  kelgan  yillari  kuzgi  bug'doy  ho­
sili  toza  shudgorda  va  bedadan  keyin  ekilganda  deyarli  bir  xil  bo'lgan.
0 ‘g‘itlash. 
Lalmikor yerlarda  kuzgi  bug'doyzorlarda  o'g'itlarni  qo'llash 
samaradorligi  sug'oriladigan  yerlardagiga  nisbatan  past.  0 ‘simliklarning 
nam  bilan  ta’minlanishi  yaxshilanishi  bilan  lalmikorlikda  o‘g‘itlar  sa­
maradorligi  ham  ortib  boradi.
Lalmikorlikda  go‘ng,  yerni  kuzgi  bug'doyni  ekish  uchun  asosiy  ish­
lash  paytida  yoki  shudgorga  boshqa  ekin  ekish  oldidan  solinadi.  Go‘ng 
gektariga  10—12  t  yoki  unga  40  kg  fosfor  qo‘shib  solinganda  yaxshi 
natija  olinadi.
Yerlarni  hosil  yig'ib  olinishi  bilanoq  haydash  yoki  ang'izni  lush- 
chilnik  bilan  ishlab  keyin  chuqur  haydash  ekin  ekish  oldidan  haydash- 
ga  qaraganda  ko'proq  samara  beradi.
Ertagi  toza  shudgor  20—22  sm  chuqurlikda  haydaladi.  Bunda borona­
lash  o'tkazilmaydi.  Yerlar  lalmikorlikdagi  tekislik  (Qarshida)  va  tekislik- 
tepalik  mintaqaning  yuqori  qismida  (Kattaqo'rg'onda)  martda,  tekislik- 
tepalik  mintaqada  (G'allaorolda)  mart  oyining  oxiri  va  aprelning  bosh- 
larida,  tog'li  mintaqada  aprelning  ikkinchi  yarmi  va  may  oyida  shudgor- 
lanadi.  Yerlar  erta  yoki  kech  shudgorlansa,  kuzgi  bug'doy  hosili  ka- 
mayib  ketishi  mumkin.
Bahorda  yog'ingarchiliklar  ko'p  bo'lgan  yillari,  tekislik-tepalik  minta­
qalarda  yerlarni  may  oyida  ishlash  yaxshi  natija  beradi.  Bunda  dalalar  oldin 
lushchilniklar bilan  ishlanib  (aprelda)  keyin  may  oyi  ichida  qayta  haydaladi. 
G'allaorolda  o'tkazilgan besh  yillik  tajribalarda  toza  shudgor  aprelda  ishlan- 
ganda  bug'doy  hosili  15—12  s/ga,  mart  oyida  13—7,4  s/ga,  oldin  lushchiln­
iklar  bilan  ishlanib  keyin  may  oyida  haydalganda  14—5,2  s/ga  bo'lgan.
Shudgor  yoz  davomida  yumshoq  saqlanishi,  begona  o'tlardan  toza 
bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  shudgor  yil  davomida  vaqti-vaqti  bilan 
8—10  sm  chuqurlikda  kultivatorlar  yordamida  yumshatib  turiladi.
Kuzgi  bug'doy  yaxshi  ishlangan  shudgorga  yog'ingarchilik  boshlan- 
guncha  ekiladigan  bo'lsa,  toza  shudgor  oxirgi  marta  iyun-iyul  oylaridan 
kechiktirmay  ishlanadi  va  bir  yo'la  g'altakli  mola  bostiriladi.
Kuzgi  qora  shudgorning  unumdorligi  ertagi  toza  shudgornikiga  qara­
ganda  kamroq  bo'ladi.  Qora  shudgor  qilib  qo‘yilgan  yerlarning  tuprog‘i 
tez  zichlashadi.  Shuning  uchun  mart  oyida  yana  haydashga  to'g'ri  ke­
ladi  va  yerni  haydash  uchun  xarajatlaming  ikki  baravar  ortishiga  olib 
keladi.  Qora  shudgor  uchun  yerlar  kech  kuzda  otvalli  pluglarda  dast­
labki  yog'ingarchiliklardan  keyin  20—22  sm  chuqurlikda  ishlanadi.  Qora 
shudgor  parvarishi  yozda  toza  shudgorniki  singari  o'tkaziladi.
Band  shudgorda  dala  kungaboqar,  poliz  ekinlari  maxsar  va  boshqa
120
www.ziyouz.com kutubxonasi

ekinlardan  bo'shagandan  keyin,  begona  o't  bosgan  bo'lsa,  20—22  sm 
chuqurlikda  qayta  haydaladi  yoki  g'altakli  mola  tirkalgan  lushchilnik  bi­
lan  10—12  sm  chuqurlikda  yuza  ishlanadi.  Qator  oralari  ishlanadigan 
ekinlar  bilan  band  qilingan  dalalar  ekish  oldidan  o‘tkaziladigan  kul- 
tivatsiyadan  tashqari,  qatqaloq  va  begona  o'tlarga  qarshi  erta  bahorda 
boronalanadi.
Yoppasiga  ekiladigan  ekinlar  (no'xat,  sudan  o‘ti,  ko'k  no‘xat)dan 
bo'shagan  dalalar  kuzgi  bug'doy  ang'izini  ishlagandek  ishlanadi.  Beda 
ekilgan  maydonlarda  kuchli  rivojlangan  ildiz  tizimi  tuproqni  zarang  qilib 
quritib  yuboradi.  Shuning  uchun  bedapoyalarni  yomg'irlar  mavsumi- 
gacha  haydash  ancha  qiyinchiliklar  tug‘diradi.  Bedapoyalar  birinchi 
o'rimdan  keyin  haydalganda  tuproqni  ishlash  osonlashadi,  kesak  hosil 
bo‘lmaydi.  Shuningdek,  qirqilgan  o'simliklaming  ildiz  bo'g'izi  yozda 
yuqori  harorat  ta’sirida  qurib  qoladi,  qayta  ko'karmaydi.  Bedapoya  kuzda 
haydalganga  nisbatan  birinchi  o'rimdan  keyin  haydalsa,  besh  yillik 
ma’lumotlarga  ko‘ra  bug'doy  hosili  1,23  s/ga  yoki  20  %  oshgan.
Uch  yil  davomida  o'tkazilgan  tajribalar  bedapoya  chimqirqarli  plug  bi­
lan  30  sm  chuqurlikda  haydalganda  kuzgi  bug'doy  hosili  bedapoya  20—22 
sm  chuqurlikda  haydalganga  nisbatan  4,6  s/ga  yoki  48  %  ga  oshgan.
Urug'ni  ekishga  tayyorlash. 
Lalmikor  yerlarga  tumanlashtirilgan,  maz- 
kur  mintaqaning  tuproq-iqlim  sharoitida  yuqori  va  sifatli  hosil  beradigan 
bug'doy  navlari  ekiladi.  Umg'lar  yirik,  og'ir,  to'la,  qobig'i  shikastlanma- 
gan  va  yaxshi  ekish  sifatlariga  ega  bo'lishi  zarur.  Birinchi  sinf  talablariga 
javob  beradigan  bug'doy  urug'larining  unuvchanligi  95  %,  tozaligi  99  %, 
ikkinchi  sinf  urug'lar  unuvchanligi  92 
%
  va  tozaligi  98,0  %  dan  kam 
bo'lmasligi  kerak.  Ekish  uchun  faqat  1  va  2-sinf urug'lardan  foydalanadi.
Urug'lami  saralash,  tozalash  kasallik  va  zararkunandalarga  qarshi 
zaharli  preparatlar  bilan  dorilash  sug'oriladigan  yerlarga  ekish  uchun 
bug'doy  urug'ini  tayyorlash  singari  bajariladi.
Ekish  muddati. 
Kuzgi  bug'doy  lalmikorlikda  sentabming  ikkinchi  yar­
mida,  oktabr,  noyabr  va  hatto  dekabrda  ekiladi.  Urug'lami  erta  kuzda 
qurib  qolgan  tuproqqa  ekish  yaxshi  natija  bermaydi.  Shuning  uchun  kuzgi 
bug'doy  mintaqa  ob-havo  sharoitiga  qarab  yog'ingarchiliklar  yaqinlashib 
qolganda,  yoki  yog'ingarchiliklardan  keyin  ekiladi.  Kuzgi  bug'doyning  op­
timal  ekish  muddati  lalmikorlik  mintaqalarining  geografik  joylashishiga, 
kuzgi  ob-havo  sharoitiga  bog'liq.  Lalmikorlikning  tog'li,  nam  bilan 
ta’minlangan  mintaqasida  optimal  ekish  muddati  sentabr  oyining  ikkinchi 
yarmi  oktabrning  boshlari,  tog'  oldi  tekislik-tepalik  va  oraliq  mintaqada 
noyabming  ikkinchi  yarmi  va  dekabr  oyiga  to'g'ri  keladi.
O'zbekistonning  janubiy  qismida  bug'doy  noyabr,  dekabrda  ekiladi, 
maysalar  qish  davrida  hosil  bo'ladi.  Kuz  quruq  kelgan  yillari  bug'doyni 
kecliroq ekishga  to'g'ri  keladi.  Bunday  hollarda  10—15  %  maydonga  qishda 
va  ko'klamda  ekish  kerak  (janubiy  rayonlar  bundan  mustasno).  Aksincha, 
seryog'in  va  iliq  kelgan  уШаг bug'doyni  erta  ekish  maqsadga  muvofiq.
121
www.ziyouz.com kutubxonasi

Lalmikorlikda  bug'doy  optimal  muddatlarda  ekilganda  maysalar  kuzda 
yoki  qishda  undirib  olinadi.
Lalmikorlikda  kuzgi  bug'doy  ekish  uchun  optimal  muddat  Kat- 
taqo'rg'onda  —  dekabr,  Qarshida  —  noyabr,  Qamashida  —  oktabrning 
ikkinchi  yarmi,  G'allaorolda  —  oktabr,  Baxmalda  —  sentabr,  oktabr 
oylari  hisoblanadi.  Optimal  muddatlardan  erta  yoki  kech  ekilganda  kuzgi 
bug'doy  hosili  kamayadi.
Ekish  me’yori. 
O'zbekistonning  lalmikor  yerlarida  kuzgi  bug'doyning 
ekish  me’yorini  aniqlash  bo'yicha  olimlar  ko'p  yillar  davomida  tad- 
qiqotlar  o'tkazishgan.  Lalmikor  bug'doyzorning  nam  bilan  ta’minlanishi, 
shu  joyning  dengiz  sathidan  qancha  baland  bo'lib  borishi  bilan  oshib 
boradi.  O'simliklar  tup  qalinligi  yuqori  bo'lgan  bug'doyzorda  ko'pincha 
donning  m e’yorida  pishishi  uchun  namlik  yetishmaydi  va  ular 
qurg'oqchilikdan  zararlanadi,  donlar  yengil  va  mayda  bo'lib  qoladi. 
Qurg'oqchilikning  zararli  ta’sirini  kamaytirishda  ekish  me’yorlarini  mavjud 
ob-havoga  qarab  o'zgartirish  muhim  ahamiyatga  ega.
Hozirgi  paytda  lalmikorlikda  mintaqalar  bo'yicha  xo'jalik  jihatdan 
100%  yaroqli  bo'lgan  kuzgi  bug'doy  uruglarini  quyidagi  me’yorlari  belgi- 
langan  (17-jadval).
17-jadval
Ekish  me’yorlari
Lalmikor mintaqalari
Ekish  me’yori
gektariga  mln  dona
gektariga,  kg
Tekislik
2,0
60  - 6 5
Tekislik-tepalik
2,5
7 5 - 8 0
Tog‘  oldi
2,5
9 0 - 9 5
T oglik
2,5
110 —125  va  undan yuqori
Tavsiya  etilgan  ekish  me’yori  o'rtacha  yiriklikdagi  urugiar  vazniga 
qarab  belgilangan.  Bunda  1000  dona  urug'  vazni  tekislik  va  tekislik- 
tepalikda  30-32g,  tog'  oldida  3 5 -4 0   g,  tog'li  mintaqada  4 0 -4 5   g  hiso- 
bida  olingan.  Ekish  me’yorlari  dalaning  nam  bilan  ta’minlanganligi  bi­
lan  bir  qatorda,  ekinzorning  ifloslanganligi,  tuproq  unumdorligi,  nishablik 
yo'nalishi,  ekish  usuli,  ekish  sifati  va  boshqa  ko'rsatkichlarga  bog'liq 
holda  o'zgaradi.  Masalan,  kuzgi-qishgi  davrda,  ob-havo  noqulay  sharoit- 
larda,  hamda  kuzda  ancha  erta  ekilganda,  maydonlar  kuchli  ifloslanganda 
ekish  m e’yorlari  10—15%  oshiriladi.  Shuningdek,  tuproq  yuza  qatlami 
yuvilib  ketgan,  unumdorligi  past  maydonlarda,  tor  qatorlab  yoki  qator- 
larni  kesishtirib  ekilganda  ham  ekish  me’yorlari  10—15%  oshiriladi.
Lalmikorlikda  ekiladigan  bug'doy  navlarining  tuplanish  xususiyatlarini 
liisobga  olib  aytish  mumkinki,  dehqonchilik  madaniyatining,  tuproq  unum- 
dorligining  oshib  borishi  bilan  ekish  me’yorlari  kamayib  boradi.
Uruglarni  ekish  chuqurligi.  Lalmikorlikda  kuzgi  bug'doy  urug'lari  3 
dan  7  sm  gacha  chuqurlikda  ekiladi.  Umg'lar juda  chuqur  ekilsa,  unig'ning 
bo'rtishi  va  unib  chiqishi  uchun  nam  yetishmaydi,  mog'or  zamburug'i
122
www.ziyouz.com kutubxonasi

bilan  Zararlanadi,  unuvchanligi  pasayadi  va  hosildorlik  kamayadi.  Urug'larni 
ko'mish  chuqurligi urug'likning  yirikligiga,  ekish  muddatiga,  o'tmishdoshga, 
tuproqning  namligiga,  yetishtiradigan  mintaqaga  bog'liq  bo'ladi. 
O'zbekistonning janubi,  Qashqadaryo,  Surxandaryo  viloyatlarida  maysalar 
kuzda  yoki  qishning  iliq  kunlarida  paydo  bo'ladi.  Bu  mintaqalarda  kuzgi 
bug'doy  optimal  muddatlarda  ekilsa,  urug'lar  5—6  sm  chuqurlikda  ekila­
di.  Lalmikorlikning  tekislik,  tekislik-tepalik  va  tog'  oldi  mintaqalarda 
urug'lar  toza  shudgorga  3  sm,  ang'izga  3—5  sm  chuqurlikda  ekiladi.
Kuzgi bug'doy kech  noyabr-dekabr oylarida ekilsa,  tuproqda  yetarli  nam 
bo'lganda  hamda  toza  shudgorga  ekilsa,  urug'larni  5—6  sm  chuqurlikka 
ekish  mumkin.  Tog'li  mintaqada  urug'lar  5—7  sm  chuqurlikka  ekiladi.
Urug'lar  bir  xil  chuqurlikka  ko'milishi  uchun  ang'iz  haydalganda 
agregatga  g'altakli  molalar  tirkaladi.  Ular  kesaklarni  maydalash  bilan 
birga  tuproqni  zichlaydi.  Toza  shudgorda  tuproqni  oxirgi  marta  ishlash 
tishli  g'altak  bilan  o'tkaziladi  yoki  yog'ingarchiliklar  yog'ib  tuproq 
cho'kkandan  keyin  ekish  o'tkaziladi.  Seyalka  tuproqni  ishlash  yo'nalishiga 
nisbatan  ko'ndalangiga  yurgiziladi.  Urug'lar  chuqur  ko'milmasligi  uchun 
seyalkalarning  diskalariga  cheklagichlar  qo'yiladi.
Yuqoridagi  talablar bajarilmasa  urug'lar bir xil  chuqurlikka  ko'milmaydi 
va  ko'pincha  ancha  chuqur  ko'milib  maysalar  siyrak  hosil  bo'ladi.
Ekinzomi  parvarish  qilish. 
Kuzgi  bug'doy  parvarishiga  uni  oziqlan­
tirish,  erta  bahorda  boronalash,  xatosiga  urug'  ekish,  begona  o'tlarga, 
kasallik  va  zararkunandalarga  qarshi  kurash,  qor,  yomg'ir  suvlarini  tu- 
tib  qolish,  yuqori  nav  tozaligini  saqlash  hamda  boshqa  tadbirlar  kiradi.
Erta  bahorda  bug'doyzorlarda  o'tkazilgan  boronalash  natijasida  qish 
mobaynida  zichlashib  qolgan  tuproq  yumshatiladi,  unda  havo  alma- 
shinishi  yaxshilanadi,  begona  o'tlar  yo'qotiladi,  nam  yaxshi  saqlanadi. 
Bug'doyzor  erta  bahorda  tuproq  yetilishi  bilan  qator’ariga  ko'ndalang 
yoki  diagonal  qilib  «Zig-zag»  markali  boronalar  bilan  ishlanadi. 
Ko'pincha  qatqaloq  natijasida  unib  chiqmagan  maysalar  boronalashdan 
keyin  tez  maysa  hosil  qiladi.  Boronalash  o'simliklar  yaxshi  rivojlangan, 
tuplangan  bug'doyzorlarda  o'tkaziladi.
Kuzgi  bug'doy  bahorda  oziqlantirish  oldidan  boronalanadi.  Bunda 
o 'g 'itlar  tuproqqa  yaxshi  ko'm iladi.  Gerbitsidlar  sug'oriladigan 
bug'doyzorlardagi  singari  qo'llaniladi.
Lalmikor  dehqonchilik  qilinadigan  tog'  oldi  va  tog'  mintaqalarida 
qish  davrida  qor  ancha  qalin  yog'adi.  Qalin  qor  qatlami  kuzgi  bug'doyni 
sovuq  urushidan  saqlaydi  hamda  erigan  qor  suvining  tuproqqa  yaxshi 
yutilishini  ta’minlaydi.  Qor  qatlami  bo'lmagan  bug'doyzorlar  qishlovda 
noqulay  sharoitlarda  ko'p  zararlanadi.  Shuning  uchun  qor  qalin  yoqqan 
yillari  lalmikorlikda  bug'doy  hosili  yaxshi  bo'ladi.  Qor  qatlami  ni- 
shabliklarda,  shamol  ko'p  bo'ladigan joylarda  ko'p  turmaydi  va  shamol 
yordamida  uchirib  ketiladi.  Shuning  uchun  qorni  tutib  qolish  choralari 
ko'riladi.  Qorni  tutib  qolish  uchun  shamolning  yo'nalishiga  ko'ndalang
123
www.ziyouz.com kutubxonasi

qilib  yog'och  yoki  qamish  to'siqlar,  poxol  va  qamish  bog'lari,  kunga- 
boqar,  maxsar  poyasi  qo'yiladi.  Qor  qalin  yoqqanda  uchburchak  qor 
haydagichlar bilan  qor  uyumlanadi  yoki  g'altaklar  bilan  taxta  qilib  zich- 
lanadi.  Qish  davomida  bu  ishlar  shamol  esishiga  ko‘ndalang  qilib  bir 
necha  bor  takrorlanadi.  Qorni  tutib  qolishning  eng  yaxshi  usuli  al­
mashlab  ekish  dalalari  ehekkasida  va  ichida  shamol  qaysi  tomondan 
esishini  hisobga  olib  ixota  o'rmon  palosalarini  tashkil  qilishdir.
O'zbekistonning  tog‘  oldi  mintaqalarida  seryog‘in  yillari  erigan  qor 
va  sel  suvlaridan  foydalanib  kuzgi  bug'doyni  sug'orish  ham  muhim 
ahamiyatga  ega.  Lalmikorlikda  bunday  sug'orishlar  respublikamiz  hudu- 
dida  qadimdan  qo'llanilgan.  Bunday  sug'orishlar  bug'doyning  naycha­
lash  fazasida  yoki  undan  oldinroq  o'tkaziladi.  Sug'orish  davrida  o'simlik 
yaxshi  rivojlangan  va  barglar  yer  yuzasini  qoplagan  bo'lishi  kerak.  Suv 
juda  ko'p  bo'lgan  yillari  boshoqlash  yoki  donning  to'lishi  fazalarida 
ham  sug'orish  o'tkaziladi.
2.5.  KUZGI  ARPA
Kuzgi  arpa  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari,  shu  jum ladan, 
O'zbekistonda  ko'p  ekiladi.  U  asosan  yem-xashak  va  yorma  ekini  sifat­
ida  yetishtiriladi.  Donida  oqsil  miqdori  kam,  shuning  uchun  pivo  sa- 
noati  uchun  yaxshi  xomashyo. 
-
Kuzgi  arpaning  qishga  chidamliligi  kuzgi  bug'doy  va  kuzgi javdarni- 
kidan  past.  Shuning  uchun  uning  ekilish  mintaqalari  cheklangan.
O'zbekistonda  kuzgi  афа  oraliq  ekin  sifatida  oziqa  uchun  ham  yetish­
tiriladi.  Kuzgi  arpani  monokorm  sifatida  yetishtirish  yem-xashak  yetish- 
tirishni  ko'paytirishda  katta  ahamiyatga  ega.  Sug'oriladigan  yerlarda  kuzgi 
афа  beda  uchun  qoplama  ekin  sifatida  ham  ekiladi.  Qishi  yumshoq 
mintaqalarda  kuzgi  афа  tarqalgan.  Uning  asosiy  ekin  maydonlari  Mar­
kaziy  Osiyo,  Kavkazorti,  Ukraina,  Rossiyaning  va  Qozog'istonning janu- 
bida,  Yevropa  mamlakatlarida joylashgan.  O'zbekistonda  ko'p  yillar  kuzgi 
va  bahori  arpa  ekin  maydonlari  deyarli  teng  bo'lgan^  hozirda 
sug'oriladigan  yerlarda  asosan  kuzgi  arpa  keng  tarqalgan,  bahori  афа 
ko'pincha  qoplama  ekin  sifatida  beda  bilan  ekiladi.
Kuzgi  афа bahori  aфaga  nisbatan  ikki baravar  serhosil,  ammo  qishga 
chidamliligi  pastligi  bahori  афа  o'miga  ham  kuzgi  афа  ekish  im- 
koniyatini  cheklaydi.
Kuzgi  arpa  kuzgi  bug'doy,  javdar,  tritikalega  nisbatan  erta, 
O'zbekiston  sharoitida  jazirama  issiqlar,  garmsel  boshlanguncha  yeti­
ladi.  Shuning  uchun  tuproq  va  havo  qurg'oqchiligidan  kam  zararlanadi. 
Kuzgi,  qishki,  bahordagi  namliklardan  yaxshi  foydalanadi.
Doni  yirik,  tarkibida  oqsil  miqdori  kam  bo'lganligi  tufayli  kuzgi 
афа  eng  yaxshi  pivobop  don  beradi.  Poxoli,  somonining  oziqaviy  qim- 
mati  yuqori,  100  kg  somonida  33  oziqa  birligi  saqlanadi.
124
www.ziyouz.com kutubxonasi

Biologik xususiyatlari.
 
Kuzgi  афа urug'lari  1—2  °C  haroratda  una bosh­
laydi.  Urug'laming  unib  chiqishi  uchun  optimal  harorat  15—20  °C.  Tup­
lanish fazasida  12—14  °C  sovuqqa bardosh beradi.  Qor qoplami bo'lmaganda, 
o'simliklar  tuplana  olishga  ulgurmaganda  —7—8  °C  sovuq  ham  kuzgi  афа 
uchun  xavfli.  O'zbekistonda  biologik  kuzgi,  bahori  hamda  ikki  faslli  (du­
varak)  navlar  kuzda  ekiladi.  Ammo  qishga  chidamlisi  biologik  kuzgi  nav­
lar,  keyin  duvarak  navlar  hisoblanadi.  Bahori  афа  navlarining  qishga 
chidamliligi  past.  Sug'oriladigan  yerlarda  qish  tushguncha  yaxshi  tuplanib 
ildiz  otgan  o'simliklar  O'zbekiston  sharoitida  yaxshi  qishlab  chiqadi.
Namlikka  talabi.
 
Kuzgi  arpa  kuzgi  bug'doyga  nisbatan 
qurg'oqchilikka,  issiqlikka  chidamli.  Shuning  uchun  bahorikorlikda  kuzgi 
афа  kuzgi  bug'doyga  nisbatan  ко‘pincha  yuqori  hosil  beradi.  Namga 
eng  talabchan  davri  naychalashdan  boshoqlashgacha.  Sug'orishga  talab­
chan,  o'suv  davrida  tuproqda  cheklangan  dala  nam  sig'imi  (CHDNS) 
70  %  dan  kam  bo'lmaganda  yuqori  hosil  beradi.
YorugHikka  talabi.
 
Kuzgi  афа  uzun  kun  o'simligi.  Qisqa  yorug'lik 
kunida  uning  boshoq  tortishi  kechikib,  kech  yetiladi.  Yarovizatsiya  davri
0—2  °C,  40—45  kun.  Tezpishar,  kuzgi  bug'doyga  nisbatan  O'zbekiston 
sharoitida  10—15  kun  erta  yetiladi.  O'zbekiston  sharoitida  kuzgi  афа 
may  oyining  birinchi  yarmidan  (Surxandaryoda)  boshlab  iyun  oyining 
birinchi  o'n  kunligiga  qadar  pishib  yetiladi.  Bu  xususiyati  sug'oriladigan 
yerlarda  ikki  hosil  yetishtirishga  imkon  beradi.
Tuproqqa  talabi.
 
Kuzgi  афа  kuzgi  bug'doyga  nisbatan  sho'rga, 
sho'rxokka  ancha  chidamli.  Uni  sizot  suvlar  yaqin  joylashgan  tuproq­
larda  ham  yetishtirish  mumkin.  Unumdor,  g'ovak,  strukturali  tuproq­
larda  yuqori  hosil  beradi.  Mexanik  tarkibi  og'ir,  loy,  botqoqlashgan, 
juda  sho'rlangan  yerlar  kuzgi  афа  uchun  yaroqsiz.  Tuproq  muhiti  pH
6—7  bo'lishi  аф а  uchun  maqbul.
Oziqa  moddalarga  talabi.
 
Sug'oriladigan  yerlarda  yetishtirilganda  kuzgi 
arpa  oziqa  moddalarga,  ayniqsa,  azotga  talabchan.
Navlari.
 
Afrosiyob.  Samarqand  qishloq  xo'jalik  institutida  yaratilgan. 
1990-yildan  Surxandaryo  viloyati  sug'oriladigan  yerlarida  tumanlashtirilgan. 
Pallidium.  Boshog'i  to'rt  qirrali.  1000  don  massasi  32,8  g.  O'rta  tezpishar, 
o'suv  davri  192  kun.  Uzun  DNU  o'rtacha  hosildorligi  57,2  s/ga  bo'lgan.
Temur.
 
Sam  QXIda  yaratilgan.  Pallidium  tur  xiliga  mansub.  Duva­
rak.  Ertapishar.  1000  don  vazni  42—45  g,  bo'yi  100—110  sm.  Donida 
oqsil  13—14  %.  Hosildorligi  80—90  s/ga.  1991-yildan  sug'oriladigan  yerlar 
uchun  Davlat  reyestriga  kiritilgan.
Marokand.
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling