R. O. Oripov, n X. Xalilov
www.ziyouz.com kutubxonasi 12 I I
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. II. distichon L.
- Biologik xususiyati.
- Namlikka talabi.
- Tuproqqa talabi.
- 0 ‘sish davri
- Zafar
- Gulnoz
- Bahori arpa yetishtirish.
- Botanik tavsifi. Avena L.
- Ekma suli
- Vizantiya sulisi
- 5-rasm. Suli. 1, 2 — unib chiqish va gullash fazalarida o‘simlikning umumiy ko£rinishi; a — ro‘v$ik, b — don, d — turlar va tur xillarining boshoqchalari;
- Navlar. Doestlik—l
- 0 ‘zbekiston keng barglisi.
- Do‘stlik—85.
140 www.ziyouz.com kutubxonasi 12 I I 4-rasm. Агра. I, 2 — o'simlikni unib chiqish fazasi va donning to‘lish davri; 3, 4 — ikki qatorli arpaning boshog‘i va uning ko‘ndalang kesimi; 5 — boshoq o‘qining bo‘gcinidagi boshoqchalar; 6 - donlar, po‘stli va yalang‘och; 7, 8, 9, 10 — ko‘p qatorli arpaning boshog‘i, boshog‘ining ko‘ndalang kesimi, boshoq o‘qi bo£g6inida boshoqchalarning joylashishi, 11 — qiltiqlari o‘zgargan boshoq (furali); 12 — silliq va shishli qiltiqlar qismlari. 141 www.ziyouz.com kutubxonasi Boshoqning zichligi bo'yicha ko'p qatorli arpa ikkita guruhga bo'linadi. Birinchisi — to'g'ri olti qatorli (olti qirrali) boshog‘i zich, yo‘g‘on, nisbatan kalta va ko‘ndalang kesimi to'g'ri olti qirra hosil qiladi. Ikkinchisi — noto'g'ri olti qatorli, to‘rt qirrali guruhidagi arpalar boshog'i zichligi kam, don qatorlari to'g'ri joylashgan, yon boshoqchalari bir-biriga kirib boradi, o'rtadagi boshoqcha yonidagilarga nisbatan yax- shiroq rivojlangan, boshoqlari yuza tomoni keng va ikki tor tomoni yonida joylashgan, ko'ndalang kesimi to'rt burchakni hosil qiladi. 2. II. distichon L. — ikki qatorli arpa, unda boshoq bo‘g‘inidagi uchta boshoqchadan, faqat o'rtadagisi meva hosil qiladi, yonidagi boshoq- chalar meva hosil qilmaydi. Ikki qatorli arpalar don hosil qilmaydigan yon boshoqchalar xususiyatiga, tuzilishiga qarab ikki guruhga bo'linadi: a) nutantia unda don hosil qilmagan boshoqchalarda boshoqcha va gul qipiqlari saqlanib qoladi; b) dificientia, don hosil qilmaydigan bo- shoqchalarida faqat boshoqcha qipiqlari bor. Amaliyotda ikki qatorli arpaning faqat nutantia guruhi tarqalgan, ikkinchi gunihi Kavkazortida arpazorlarda uchraydi. 3. H. intermedium L. — oraliq arpa. Arpaning bu kenja turida boshoq o‘qining har bir bo'g'inida me’yorida rivojlangan bittadan uchta- gacha don bo'ladi. O'zbekistonda faqat ko'p qatorli va ikki qatorli arpa kenja turlari tarqalgan. Ko'p qatorli arpa ikki qatorlisiga nisbatan tez pishar va qurg'oqchilikka chidamli. Har bir kenja tur tur xillariga bo'linadi va ularda quyidagi belgilar asos qilib olinadi: qiltiqliligi (qiltiqli, qiltiqsiz, qiltiq qoldig'i bor), qil- tiq xususiyati (tishli yoki silliq), boshoq rangi, don rangi (sariq yoki qora), don po'stliligi (po'stli yoki yalang'och), boshoq zichligi (zich bo'lsa boshoqning 4 sm uzunligida 15—18 bo'g'incha, siyrak bo'lsa 7—14 bo'g'incha bo'ladi). O'zbekistonda arpaning 20 ga yaqin tur xillari uchraydi. Eng ko'p tarqalgan ko'p qatorli arpadan pallidium, ikki qatorlidan nutans. Bu tur xillardan boshqa qiltiqsiz yoki furqat arpalar trifurcatum (boshog'i ko'p qatorli, sariq, doni yalang'och) e’tiborga loyiq. Ammo bu tur xil- dagi arpa navlari, hosildorligi past, tashqi noqulay ob-havo sharoitiga chidamsizligi uchun ekilmaydi. Arpa doni keng ikki tomoni kesilgan. Sulidan farq qilib arpa donlari gul qipiqlari bilan qo'shilib o'sgan. Ikki qatorli arpaning po'stliligi 9—11 %, ko'p qatorliniki 10—13 %. Ko'p qatorli arpa turli kattalikda bo'lib, ikki yon tomonidagi donlar mayda va asos qismi egilgan (qiyshiq). Biologik xususiyati. Bahori arpa turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos- lashgan. Urug'lari 1—2 °C haroratda ko'kara boshlaydi. Unib chiqish uchun optimal harorat 20—22 °C. Maysalari 8 °C sovuqqa bardosh bera di. Gullash va pishish davrida o'simlik ozgina sovuqdan ham zararlanadi. Donning to'lish davrida murtak uchun 1,5—3 °C sovuq ham xavfli. 142 www.ziyouz.com kutubxonasi Bahori arpaning past haroratga chidamliligi turlicha. Yuqori haro- ratga (40 °C yuqori) juda chidamli. V.R. Zelenskiyning ko'rsatishicha, arpa barglarining og'izchalari 38— 40 °C da 25—30 soatdan keyin yopilish xususiyatini yo'qotadi, bahori bug'doy 10—17 soatdan keyin. Bahori arpaning issiqlikka chidamliligi uning tezpisharligi va dastlabki rivojlanish fazalarida oziqa moddalarni jadal o'zlashtirishi bilan bog'liq. O'sish davrida 1000—1500 °C, tezpishar navlar uchun 1900—2000 °C samarali harorat talab qilinadi. Namlikka talabi. Transpiratsiya koeffitsienti 400 va 1 s don hosil qilish uchun tuproqda 6—12 mm suv zaxirasi sarflanadi. Eng ko'p suv naychalash fazasining oxiri boshoqlashga to'g'ri keladi. Optimal harorat va tuproq namligida tuplanish koeffitsienti 2,5—3,0 bo'ladi, namlik ka- maysa bu ko'rsatkich pasayadi. O'zbekistonda Unumli arpa navi yuqori haroratga va qurg'oqchilikka juda chidamli hisoblanadi. U barglarining suv ushlash qobiliyati yuqo- riligi, hujayra shirasi konsentratsiyasining yuqoriligi, xlorofilining ko'pligi bilan ajralib turadi. Tuproqqa talabi. Bahori arpa unumdor tuproqlami xush ko'radi, qumloq va qurnli tuproqlarda yomon rivojlanadi. Uning uchun torfli tuproqlar yaroqsiz, pH — 6—7 optimal hisoblanadi. 0 ‘sish davri — navlarga bog'liq holda 60 kundan 110 kungacha. Lalmikorlikda bu ko'rsatkichlar tekislikdan tog'li mintaqagacha oshib boradi. Navlar. Temur — pallidium tur xiliga kiradi. Bahorda va kuzda ekila di. Hosildorligi, bahorda ekilganda sug'oriladigan yerlarda 50—60 s/ga. SamQXI O'simlikshunoslik, seleksiya va unig'chilik kafedrasida yaratilgan. Zafar duvarak. Tur xili rikotenze. Olti qirrali. O'suv davri bahorda ekilganda 85—90 kun. Bahorda ekilganda hosildorligi 30-Z5 s/ga. Bolg‘ali duvarak, tur xili nutans. Ikki qatorli. Sug'oriladigan yer larda bahorda ekilganda 30—40 s/ga don hosili beradi. Nutans—799 — duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda ekish uchun tav siya etilgan. Hosildorligi, 27,2—32,7 s/ga. Lalmikor — duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda 35—37 s/ga kuzda, bahorda 20—25 s/ga hosil beradi. Gulnoz — ikki qatorli pivabop arpa, duvarak. Tur xili nutans. Ba horda ekilganda sug'oriladigan yerlarda 30—35 s/ga hosil beradi. Unumli arpa pivabop, ikki qatorli, duvarak. Lalmikorlikda 20—25 s/ga don hosili beradi. Bahori arpani Vodka navi ham Davlat reyestriga kiritilgan. Bahori arpa yetishtirish. O'zbekistonda bahori афа sug'oriladigan va lalmikor maydonlarda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda toza va qoplama ekin sifatida o'stiriladi. Bahori афа uchun sug'oriladigan yer larda eng yaxshi o'tmishdoshlarga g'o'za, qator oralari ishlanadigan ekin lar, dukkakli don, sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagi kiradi. 143 www.ziyouz.com kutubxonasi Lalmikorlikda bahori arpa uchun toza, band shudgor, no'xat, max sar yaxshi о ‘ tmishdoshlard ir. Bahori arpa tuproq muhiti pH —5,5 kam bo‘lmagan, unumdor, mexanik tarkibi qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. 0 ‘zbekistonda bahori arpaning Unumli arpa, duvarak arpani Temur navlari keng tarqalgan. Temur navi sug‘oriladigan yerlarda ekiladi. Tuproqni ishlash. Sug‘oriladigan yerlarda bahori arpa ekiladigan dalalar 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Lalmikorlikda kuzgi shudgor 20—22 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Shamol eroziyasiga uchragan may donlarda tuproq ploskorezlar bilan ishlansa yaxshi natija beradi. Ekishdan oldin otvalli pluglar bilan haydalgan dalalar yer yetilishi bilan BZTS-1,0, BZS-1,0 tishli boronalarida bir yoki ikki izli qilib ko‘ndalangiga yoki diagonaliga borona qilinadi. Sizot suvlar yaqin dala- larda 10—12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlardan KPZ— 9,7, KPSH-8, KSHU-12 va K PS-4 qo'llaniladi. Tuproqda nam ko‘p bo‘lsa, og‘ir g‘ildirakli traktorlardan foydala- nishdan voz kechish kerak. Tuproq zichlamshining oldini olish uchun bir necha ish jarayonlarini bir yo‘la o'tkazish kerak. Ishlovlar tuproq asosiy ishlanishiga ko‘ndalang yoki unga burchak asosida o‘tkaziladi. Ekish. Ekish uchun 1-sinf talablariga javob beruvchi, 1000 umg‘ mas sasi 40 g, o‘sish kuchi 80 % kam bo'lmagan urug'lardan foydalaniladi. Ufug‘lar albatta ekishdan kamida bir oy oldin fiingitsidlar bilan ishlanadi. 0 ‘zbekistonda bahori arpa juda erta fevral oyida, mart oyining bosh- lanishida, yer yetilishi bilan ekiladi. Ekish muddatini kechiktirish hosil- dorlikning keskin pasayishiga olib keladi. Sug'oriladigan yerlarda ekish me’yori 4—4,5 mln unuvchan urug‘/ga. Lalmikorlikda nam bilan ta’minlanganlik bo‘yicha mintaqalarda 80— 110 kg/ga ekiladi. Ekish chuqurligi 4—6 sm. Urug'lar nam tuproqqa ekiladi. Texnologik izlar qoldirilganda SPR—6, SZ—3,6, SZP—3,6 yoki seyalka kultivator SZS—2,1, SZS—2,1 seyalkalaridan foydalaniladi. Izlar 1800 yoki 1400 mm qilib qoldiriladi. Bunda 6—7 va 18—19 ekadigan apparatlar berkiti- ladi. RUM - 5 va 1 -R M G -4 , N RU -0,5, OPSH-15 mashinalari be- malol yuradigan bo‘ladi. Shuning uchun ekish albatta markerlar bilan o‘tkaziladi. 0 ‘g‘itlash. Sug'oriladigan sharoitda qo‘llanilgan ma’danli o‘g‘itlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarda azotli, fosforli, ka liyli o‘g‘itlami to‘la me’yorda berish hosildorlikni va hosil sifatini kes kin oshiradi. Ekish bilan ta’sir qiluvchi modda hisobida gektariga 15—20 kg gra- nulalangan superfosfat yoki nitrofoska solinadi. Sug'oriladigan yerlarda bahori arpa uchun ma’danli o‘g‘itlaming yillik me’yori azot 120—150, fosfor 80—100, kaliy 40—60 kg/ga ni tashkil qiladi. Gektariga 15—20 t go‘ng solish hosildorlikni 8—10 s/ga oshiradi. 144 www.ziyouz.com kutubxonasi Mikroelementlardan bor, molibden, mis, ruxni qo'llash hosildorlik- ka ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Urug'lami ekishdan oldin 1 s uruqqa 10 g bor, 30 g mis, 18 g marganes, 12 g rux qo'shiladi. Lalmikorlikda gektariga R40_60K30_40kg solinadi. Pivobop афа uchun azotli o'g'itlar me’yori 30—40% kamaytiriladi. Sug'orish, ekin parva- rishi, hosilni yig'ishtirish bahori bug'doyniki singari. 2.10. SULI Sulining donidan qoramollar va otlami oziqlantirishda qimmatli kon- sentrat yem sifatida foydalaniladi. Suli doni bilan boqilgan tovuqjarning tuxum tug'ishi oshadi, sigirlaming suti ko'payadi. Donida oqsil 12—13 %, kraxmal 40—45 % va yog'lar o'rtacha 4,5 % saqlanadi. Suli donidan yorma, gerkules, tolokna, galet, kofe tayyor lashda foydalaniladi. Doni hazmlanadigan oqsil, kraxmal, yog' va B,, B2 vitaminlarga boy bo'lganligi uchun parhez taomlar va bolalar ovqat- larini tayyorlashda keng ishlatiladi. Uning poxoli, to'poni oziqaviy qim- mati bo'yicha qolgan g'alla ekinlaridan yuqori turadi. Suli va vikaning aralashmasi eng yaxshi, to'yimli oziqa. Suli bug'doy va aфadan ancha keyin madaniy ekin sifatida ekila boshlangan. Dastawal bug'doyzor, arpazorlarda ifloslantiruvchi ekin si fatida uchragan. Keyinroq shimolga siljib borishi bilan u bug'doy, а ф а ekinlarini siqib chiqargan va madaniy ekin sifatida ekila boshlangan. U Gretsiyada bizning eramizgacha IV asrlarda yetishtirila boshlangan. Dunyo dehqonchiligida suli 2004-yili 11,7 mln ga maydonga ekildi. Hosildorligi 16,5 s/ga, yalpi hosil 26,9 mln tonna bo'lgan. U G'arbiy Yevropa, AQSH, Kanada, Rossiya, Qozog'iston davlatlarida ko'p ekiladi. O'zbekistonda suli ko'proq oraliq ekin, qoplama ekin sifatida yashil massasi uchun yetishtiriladi. Lalmikorlikda suli gektaridan 15 s, suvlik da 35—40 s/ga don hosili beradi. O'zbekistonda suvlikda uncha katta bo'lmagan maydonlarni egallaydi. Botanik tavsifi. Avena L. avlodiga kiruvchi o'simliklar ro'vagi so- chilgan yoki siqiq, boshoqchalari 2—3 gulli yoki ko'p gulli. Boshoqcha qipiqlari pardasimon, odatda, gul qipig'idan uzun yoki imga teng. Qil- tiqli shakllarida qiltiqlari tirsaksimon egilgan va pastki bo'g'inida bural- gan hamda tepasidan emas, gul qiltig'ining yelkasidan chetlashgan. Don yuzasi yumshoq, tuklar bilan qoplangan. Sulining 70 turi ma’lum, ular orasida ko'p yillik va bir yillik madaniy va yovvoyilari bor. Ulardan faqat 11 tasi amaliy ahamiyatga ega. O'zbekistonda ekiladigan sulilar ikkita turga mansub. Ekma suli (Avena sativa L.) va Yizantiya (Avena vizantina. Koch.) Qum suli (A. strigosa Shreb.) va yowoyi sulilar ashaddiy begona o't sifatida g'allazorlarda uchraydi. 145 www.ziyouz.com kutubxonasi Yovvoyi, oddiy suli yoki qoraquza (A. fatua L.) shimolda uchrasa, Lyudovitsiana sulisi janubda uchraydi va janub sulisi deyiladi. Yovvoyi sulilar madaniylaridan don asosida taqalarini borligi bilan ajralib turadi. Taqa: o'simtasi va yo‘g‘onlashgan asosi bo'lganligi uchun urug'lar o'simlik hali yashil holatida to'kilib ketadi. Oddiy sulida boshoqchadagi har bir donda bir, janub yovvoyi sulisida faqat pastkisida taqa bor. Yov voyi sulilarda gul qipig'i qalin tuklar bilan qoplangan va unda dag'al rivoj langan qiltiq bor va u namlikka tegsa, buralib tuproqqa kirib ketadi. Ekma suli — Vizantiya sulisidan yanchish paytida boshoqchalari- ning to'kilishi bilan farqlanadi. Ekma suli ikkinchi don o'qining yu- qorisidan sinadi va o'q pastki donda qoladi. Pastki donning sinish may doni to'g'ri. Boshoqchada qiltiq 1 dona yoki yo'q. Hamma ekiladigan navlar deyarli shu turga kiradi. Vizantiya sulisi ikkinchi donining o'qi pastdan sinadi yoki o'rtasidan va bir qismi ustki, boshqa qismi pastki donda qoladi. Pastki donning sinish joyi qiyshiq. Qum suli — yuqoridagi ikki turdan uzun qiltiqsimon o'simtalarining tashqi gul qipig'i uchida bo'lishi bilan ajralib turadi. Boshoqchalarida pastki gulning oyoqchasi (bandi) bor. Boshoqchalarida ikkita tirsaksi- mon egilgan qiltiqlari borligi bilan ajralib turadi. Ekma suli po'stli va yalang'och donli shakllarga bo'linadi. Po'stli suli asosiy maydonlami egallasa, yalang'och donli shakllari hosildorligi pastligi tufayli kam maydonlarga ekiladi. Yalang'och donli shakllarda boshoqchalari yirik, ko'p gulli (besh va undan ortiq gullar). Gul va boshoqcha qipiqlari pardachasimon (yumshoq), ayni paytda po'stli, suli gul qipiqlari qattiq, dag'al. Bu suli yanchish paytida gul qipiqlaridan oson ajraladi. Yalang'och donli suli namlikka, po'stli suliga nisbatan talabchanroqdir. Ekma suli ro'vak shakliga ko'ra tarqoq (diffusae Mordv.) va bir to- monga yo'nalgan (orientalis Mordv.) turlaiga bo'linadi. Eng ko'p tarqalga- ni tarqoq ro'vakli suli, uning shoxlari har tomonga yo'nalgan. Bir tomon- ga yo'nalgan ro'vakda, shoxchalar qisqargan va ro'vak o'qiga yopishgan. Ro'vakning shakli, gul qipiqlarining (donning) rangi va qiltiqlari- ning borligiga qarab suli tur xillarga bo'linadi. O'zbekistonda ekiladigan navlar, asosan, uchta tur xillarga bo'linadi. Eng ko'p tarqalgani oq donli suli. U yirik doni va dag'al poxol poyasi bilan farqlanadi. Sariq donli suli doni mayda, qipig'ini hissasi kam. U yog' va vitaminlarga boy va qurg'oqchilikka chidamli. Kulrang donli suli (grisea Кцгп.) qishlab chiqadi. Yevropaning g'arbida ko'p ekiladi. Jigar- rang suli (brunnea Кцгп.) quritilgan botqoq yerlarda yaxshi o'sadi. Yalang'och donli suli tarqoq ro'vak va oq gul qipiqli bo'lib, ikki tur xilga bo'linadi: inermis Korn, (qiltiqsiz) va ichinensis Tisch (qiltiqli). Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Suli haroratga nisbatan ta labchan emas. Urug'lari 1—2 °C haroratda una boshlaydi. Bo'rtish pay tida o'z og'irligiga nisbatan 60% suv yutadi. Bahorda —3—5 °C va hatto 8—9 °C sovuqqa bardosh beradi. 14 * www.ziyouz.com kutubxonasi 5-rasm. Suli. 1, 2 — unib chiqish va gullash fazalarida o‘simlikning umumiy ko£rinishi; a — ro‘v$ik, b — don, d — turlar va tur xillarining boshoqchalari; 3 — po'stli ekma suli; 4 — yalang‘och donli oddiy suli; 5 — oddiy yowoyi suli; 6 — qum sulisi; 7 — vizantiya sulisi; 8 — janub yovvoyi sulisi (qora ko'za). 147 www.ziyouz.com kutubxonasi Unib chiqish va tuplash fazalarida 15—18 °C harorat talab qilinadi. 0 ‘simlikning keyingi rivojlanish fazalarida past haroratga chidamliligi pasayadi va 2 °C uning uchun xavfli. O'sish davrida erta pishar navlar uchun 1000—1500 °C, o‘rtapisha.rlar uchun 1350—1650 °C, kechpisharlari uchun 1500—1800 °C faol harorat talab qilinadi. Yuqori harorat va havo qurg'oqchiligida suli bahori bug'doy hamda arpaga nisbatan chidamsiz. Harorat 38—40 °C va havo quruq bo'lganda 4—5 soatdan keyin og'izchalaming falajlanishi boshlanadi, bu ko'rsatkich bahori bug'doyda 10—17, arpada 25—30 soat. Namlikka talabi. Suli boshqa g'alla ekinlariga nisbatan namsevar o'simlik. Transpiratsiya koeffitsienti 430—500. U uzun kun o'simligi. Bug'doy va arpaga nisbatan soyalashga chidamliroq. Namlikka eng talabchan davri naychalashdan ro'valdashgacha, ayniqsa, ro'vaklashga ikki hafta qolganda. Bo'g'in ildizlari unib chiqqandan so'ng 7—10 kundan keyin hosil bo'la boshlaydi. Tuplanishi bo'yicha aфadan keyin bahori bug'doydan oldin turadi. Umumiy tuplanish koeffitsienti 3—4, mahsuldori —1,5—2. Tuproqqa talabi. Suli tuproqqa talabchan emas. Uni qumoq, qumloq, loy, botqoq tuproqlarda yetishtirish mumkin. Boshqa g'alla ekinlariga nis- batan tuproq kislotaligiga (rN 5—6) chidamli. Shuning uchun uni torfli va ishqorli tuproqlarda ham o'stirish mumkin. Ildiz tizimi tuproqdan qiyin eriydigan oziqa moddalarni (masalan, fosforitlardan fosfor kislotasini) o'zlashtira oladi. Azotli o'g'itlarga juda talabchan. Uni bahorda ko'k mas sasi uchun toza holda va vika bilan aralashtirib ekish mumkin. Navlar. Doestlik—l, O'zbekiston CHITIda yaratilgan. Sug'oriladigan yerlar uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Don hosili 40,2 s/ga. Quruq modda hosili 99,3 s/ga. O'suv davri 198 kun. 0 ‘zbekiston keng barglisi. O'zCHITIda yaratilgan. Sug'oriladigan yer larda tumanlashtirilgan. Pugnaks tur xiliga mansub, bahori. Don hosili 37,6 s/ga. O'suv davri — 209 kun. 1000 don vazni 27,1 g. \ Uspex — O'zCHITIda yaratilgan. Sug'oriladigan yerlar uchun tumanlashtirilgan. Duvzarak. Inermus turxiliga kiradi, hosildorligi 26,8 s/ga, yashil oziqa — 655 s/ga. O'suv davri 190 kun. Don tarkibida 18 % oqsil bor, yorma chiqishi 86—88 %. Bakterial kuyish va qorakuya bilan o'rtacha zaralanadi. Do‘stlik—85. O'zbekistonda Don IICHBda yaratilgan. Tur xili aris- tata. Hosildorligi 40—50 s/ga, yashil massasining hosildorligi 480—550 s/ga. Qishga chidamli, oktabrda ekiladi. Samarqand viloyatining sug'oriladigan yerlarida tumanlashtirilgan. Ro'vagi bir tomonga yo'nalgan. Suli agrotexnikasi. O'zbekistonda suli g'o'za, sabzavot ekinlari kar toshka, dukkakli don ekinlari, dukkakli o'tlardan keyin joylashtirilsa yu qori hosil beradi. Sulini qand lavlagidan keyin joylashtirishda, ildiz me- valaming nematoda bilan kasallanmaganligi e’tiborga olinadi. Sulini bir dalaga surunkasiga ikki yil ekish hosildorlikning pasayishiga olib keladi. 148 www.ziyouz.com kutubxonasi Suli sug‘oriladigan yerlarda makkajo'xori, oq jo‘xori, g‘o‘za, sabza vot ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh. 0 ‘zbekistonda suli doni va yashil massasi uchun ekiladi. Almashlab ekishlarda beda bilan qoplama ekin sifatida ham ekiladi. Sulining Uzbekskaya shirokolistnaya, Do'stlik, Uzbekskaya —1, Bizantina II navlari doni va yashil massasi uchun o'stiriladi. 0 ‘g‘itlash. Sug‘oriladigan yerlarda suli ma’danli va organik o‘g‘itlarga juda talabchan. Ma’danli o‘g‘itlar 1 ga maydonga N 100_120 PS0_90 K40_60 kg me’yorda solinadi. Organik o‘g‘itlardan chirigan go‘ng gektariga 15 —20 t yerni haydash oldidan solinadi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar yerni haydash oldidan, azotli o‘g‘itlar oziq- lantirishlar sifatida solinadi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling