R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sholini ko‘chat usulida yetishtirish.
- Marjumakni yetishtirish texnologiyasi.
- Tuproqni ishlash.
- 0 ‘g‘itlash.
Sug‘orish rejimi. Sholining boshqa o'simliklardan farqi u butun o‘suv 195 www.ziyouz.com kutubxonasi davrida suv bostirilgan sharoitda o'sadi. Sug'orish rejimining buzilishi, o'simlikning o'sishini sekinlashtirib, ekinzorni begona o'tlar bosishiga sabab bo'ladi. Hayotining dastlabki fazalarida suv qatlamining qalin bo'lishi ekinzorning siyraklashishiga, kasallik va zararkunandalarning ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin. Sholini suvga eng ko'p talabchan davri naychalash fazasidan sut pishishgacha to'g'ri keladi. O'zbekistonda bu davrda (iyul, avgust) havo harorati eng yuqori bo'ladi. Amaliyotda sholi sug'orishning — doimiy suv bostirish, qisqartirilgan suv bostirish, vaqti-vaqti bilan suv bostirish, davriy sug'orish rejimlari mavjud. Doimiy bostirib sug'orish — sho'r yerlarda keng tarqalgan. Bunday dalalarda qisqa vaqt davomida bo'lsa-da, suv qatlamining bo'lmasligi, yosh o'simliklarga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bunda pollar ekishgacha yoki ekishdan keyin suv bilan bostiriladi va mum pishishgacha ushlanadi. Sholi qo'l bilan sepib ekilganda suv qatlami 10—15 sm qalinlikda hosil qilinadi. Seyalka bilan ekib urug'lar ko'milmaganda, ekishdan keyin darhol suv bostiriladi. Sho'r yerlarda urug' ekilgandan keyin bir necha kun o'tgach, bostirilgan suv chiqarib yuboriladi. Bu usul tuzlaming zararli ta’sirini kamaytiradi. Zarur bo'lsa, suvni almashtirish yana qaytariladi. Umg'lar bo'rta boshlagandan keyin suv qatlami 5—7 sm kamaytiriladi. Suv qatlamining kamayishi maysalar unib chiqishini, ildiz tizimining rivojlanishini yaxshilaydi. Maysalar qiyg'os unib chiqqandan keyin suv qatlami yana 12—15 sm ga yetkaziladi. Bu usul Qoraqalpog'istonning sho'r, sug'oriladigan yerlarida vaqti-vaqti bilan bostirib sug'orishga nisba tan 7,4 s/ga ko'p hosil olishni ta’minlagan. Ammo bu usulning kamchi- ligi, kislorodning yetishmasligi tufayli o'simlik ildizining sust rivojlanishi, yotib qolishi, ko'pgina urug'larning suv betiga qalqib chiqishidir. Bu usulda suv sarfi gektariga mavsum davomida 30 ming m3 ni tashkil qiladi. Qisqartirilgan suv bostirish — eng keng tarqalgan usul. Bunda urug'lar seyalkalar bilan ekib, tuproqqa ko'miladi. Ekilgandan keyin 7—10 sm qalinlikda suv bostiriladi, urug'lar 3—5 kunda bo'rtadi, keyin suv berish to'xtatiladi. Oradan yana 2 -3 kun o'tgach, qolgan suv ham poldan chiqarib yuboriladi. Yosh o'simliklarga kislorodning kelishi kuchayadi, maysalar qiyg'os unib chiqadi. Yana pol 10—12 sm qalinlikda suvga bostiriladi. Tuplanish fazasining boshlanishida suv qalinligi 5—7 sm ga kamaytiriladi. Suv qatlami kam bo'lishi suvning isishiga, tuplanishning kuchayishiga yordamlashadi. Bu davrda o'g'it solinadi. Keyin o'simliklar to'la tuplanish fazasiga kirgach suv qalinligi 10-12 sm ga yetkaziladi va donning mum pishishigacha ushlanadi. Bu usulda o'simliklar ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, kam yotib qoladi, ekish me’yori kamaytiriladi, suv sarfi kamayadi. Sug'orishning bu usuli sholi biologiyasi talablariga to'la javob beradi va O'zbekistonda keng tarqalgan. Vaqti-vaqti bilan suv bostirish — bunda suv o'simlik rivojlanish faza lari bo'yicha yoki taqvim muddatlari bo'yicha bostiriladi. Bu usul sho'r bosmagan yerlarda ko'p qo'llaniladi. 196 www.ziyouz.com kutubxonasi Urug'lar sochib ekilganda maysalar suv qatlami bilan hosil qilinadi, urug'lar tuproqqa ko'mib ekilganda qisqartirilgan suv bostirishdagiday maysalar undirib olinadi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin 10—12 sm qalinlikdagi suv, ma’lum kunlar davomida ushlanadi, keyin polga suv berish to'xtatiladi. Kelgusida bu jarayon yana qaytariladi. Begona o'tlarga qarshi kurash va oziqlantirish maysalar to'la hosil bo'lganda o'tkaziladi, keyin yana suv qatlami tiklanadi. Ayrim begona o'tlar suv qalinligi 25 sm qilib 5—7 kun davomida ushlanganda to'la nobud bo'ladi. Kurmak nobud bo'lgandan keyin suv qatlami yana tushiriladi. Bu usulda suv kam sarflanadi, ammo suvni chiqarib yuborish bilan yana qaytarib quyish orasi uzoq bo'lsa don hosili kamayadi, ekinzor begona o'tlar bilan ifloslanadi. Davriy sug‘orish O'zbekistonda kam tarqalgan. Bu usulda sholi, olin gan egatlar bilan yoki bostirib, shuningdek, yomg'irlatib sug'orilishi mumkin. Sug'orishlar soni tuproq-iqlim sharoitiga bog'liq holda 10 — 15 o'zgaradi. Mavsumiy sug'orish sarfi 2—3 baravar kamayadi, hosil dorlik ham pasayadi. O'zbekistonda sholini mavsumiy sug'orish me’yorlari 20—30 ming/m3 ga o'zgaradi. Yangi o'zlashtirilgan qum barxanlarida suv sarfi gektariga 65—72 ming/m3 ga yetgan. Begona o‘tlarga qarshi kurash. Sholipoyalarda o'ziga xos begona o'tlar o'sadi. Sholizorda 300 dan ortiq begona o'tlar turlari aniqlangan. Shundan 20 turi katta zarar keltiradi. Ularga qarshi kurashda, oidini olish chora-tadbirlariga urug'larni begona o't urugiaridan tozalash, uvatlar, yo'l bo'ylari, kanallardagi be gona o'tlarni yo'q qilish kiradi. Hozir sholipoyalarda bazagran gekta riga 1—1,5 kg, satvirn 4—5 kg, granstar 15—20 g, stam—34, surkapur, dupa 250—300 1 suvga aralashtirib qo'llaniladi. Suv o'tlari mis kuporosini gektariga 10—12 kg qo'llash yo'li bilan yo'q qilinadi. Suv quyiladigan joyga xaltada quyilsa, polga tarqaladi. Katta maydonlarda aviatsiya qo'llaniladi. Kasalliklari, zararkunandalari. Sholipoyalardagi zararkimandalarga qarshi 40 % metofos 0,5—0,75 kg/ga, 0,3 % anabazin sulfat, 0,1 % xlorofos purkaladi. Hozir detsis, karate, zolon, summa-alfa inseksidlari qo'llanilmoqda. Sholida pirikulyarioz, gelmintosporioz, ildiz chirishi, maysalar fu- zariozi, bakterial kuyish, bakterial so'lish kasalliklari uehraydi. Bularga qarshi fungitsidlar qo'llaniladi. Hosilni yig‘ishtirish. Sholining sut pishish fazasida pollarda suv kamaytiriladi, mum pishish davrida to'la to'xtatiladi. Qolgan suvlar 10 kundan keyin chiqarib yuboriladi, hosilni yig'ishtirishda kombayn g'ildiraklari tuproqqa 5—7 sm dan chuqurroq botmasligi kerak. Suv juda erta quritilsa ham hosil kamayishiga sabab bo'ladi. Donning 85—90 % i to'la pishganda tovar don, kamida 95 % i 197 www.ziyouz.com kutubxonasi pishganda urug'li don hosili o‘rim yig'imiga kirishiladi. 0 ‘rish kechiksa don to‘kilib, nobudgarchilik ko'payadi. Sholini o‘rib-yanchish 2 usulda: oldin o‘rib keyin yanchib olish va bevosita kombaynlar yordamida bajariladi. Sholi 2 fazali usulda yig‘ishtirilganda, oldin JNU—4, JVN—6 о‘rim mashinalarida o‘rib, dastalab ketiladi. 0 ‘rish balandligi 15—20 sm. Das- talar qurishi bilan yanchib olinadi. 0 ‘rish juda pastdan o'tkazilganda dastalar tuproqqa tegib qoladi, don sifati buziladi. Juda balanddan o‘rilganda dastalar osilib qOladi yoki to‘la yerga tegib qoladi va don sifati pasayadi. Dastalar eni 1,5 m, qalinligi 15—18 sm bo'ladi. Hosildorlik 50 s/ga boiganda hosil o'rilgandan keyin 3—5 kun o'tgach yanchib olish boshlanadi. Salqin ob-havoda dastalar- ning qurishi cho‘zilib ketadi, donlar yoriladi. Havo quruq bo‘lsa, donning yorilishi 5 kundan keyin 3—4 %, 8 kundan keyin 41—42 % ga yetadi. Shuning uchun dastalaming qurishi 5—6 kuudan oshmasligi kerak. Hosildorligi yuqori va urug'lik sholipoyalarda hosil 2 marta yanchi- ladi. Birinchi yanchish yumshoq rejimda bajariladi va 85—90 % don yanchiladi, donlar kam yoriladi hamda maydalanadi, 2-yanchish «qat tiq» rejimda o‘tkaziladi va 5—6 % to ia qimmatli don olinadi. 0 ‘simlikni quritish uchun 25—50 kg xlorat magniy 150 1 suvda ara- lashtirilib 1 ga maydonga purkaladi. Bunday ekinzorda har kuni donda 2—3 %, poya-barglarda 4—6 % namlik yo‘qoladi. Desikantlar qo'llanilgandan keyin 4—6 kun o‘tgach don namligi 85—90 % ga yet- gach o‘rib-yanchishga kirishiladi. Kombayn bilan to‘g‘ri o‘rib-yanchishga kirishilganda, birinchi yan- chishda 70—80 % don olinadi, ikkinchisida qolgani yanchib olinadi. Birinchi yanchishda barabanlar oralig‘i 12 mm gacha, aylanish tezligi 500—600 ayl./min., 2—3 kun o‘tgach ikkincliisidan barabanlar oralig‘i 4—5 mm, aylanish tezligi 100 ayl./min, qilib sozlanadi. Ikkinchi yan chishda olingan don tovar maqsadlarda ishlatiladi. Sholi urug‘lari namligi 15 % dan ortiq bo‘lsa, unuvchanligini tez yo‘qotadi, shuning uchun ular yanchilgandan keyin darhol tozalanib namligi 13—14 % ga keltirilib quritiladi. Maxsus SKD—5R, SKPR—6 ikki barabanli hamda «Keys» kombayn- lardan foydalanish don nobudgarchiligini kamaytiradi. Donni tozalashda Petkus gigant, Super-Petkus, ZAR-10, ZAV-20, ZAV—40, OS-4,5 va hokazo mashinalardan foydalaniladi. Sholini ko‘chat usulida yetishtirish. Janubiy, Sharqiy Osiyo, Hindis- ton, Ozarbayjonda sholini ko‘chat usulida yetishtirish asosiy o'rinni egal- laydi. Dunyoda sholi ekiladigan maydonlarning 85—90 % ida sholi ko'chat usulida yetishtiriladi. Sholini ko‘chat usulida yetishtirish urug'Iami bevosita dalaga ekish ga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 1. Sholi urug‘i ko‘chatxonaga ekilganda o'simliklarning 30—35 kun 198 www.ziyouz.com kutubxonasi o‘suv davri ko'chatxonada o'tadi, natijada sholi ko'chat holida ekilgan- da kuzda sovuq tushguncha hosil o‘rib-yanchib olinadi. 2. Yerdan foydalanishning samaradorligi ortadi. Bir yilda ikki hosil (bug'doy, arpa-sholi) olinadi. 3. Bir gektar maydonga an’anaviy usulda ekishga nisbatan 60—70 % sholi urug'i kam sarflanadi. 4. O'suv davrining bir qismi ko'chatxonada o'tishi munosabati bi lan suv sarf! 20—25 % kamayadi. 5. Sholi hosili urug'lami bevosita dalaga ekishga nisbatan 15—30 % yuqori bo'ladi. Ammo ko'chat usulida sholi yetishtirishda qo'l mehnati ko'p sarflanadi. Ko'chat uchun urug'lami ko'chatxonaga ekishda" yerga 40 t/ga chiri- gan go'ng, gektariga 40 kg fosfor, 40 kg kaliy solinib, tuproqning 5—7 sm yuza qatlamiga aralashtiriladi, tekislanadi. Urug'lar qo'lda yoki mexanizmlar yordamida ekiladi. Asosiy ekin sifatida ko'chatxonaga Avan- gard navi respublikamizning hamma viloy^tlari uchun, faqat Nukus—2 navi Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun ekiladi. Urug'lar may oyi ning birinchi o'n kunligida ekiladi, ko'chatlar asosiy maydonga iyun oyining ikkinchi o'n kunligida ekiladi. Sholi takroriy ekin sifatida ekilganda urug'lar ko'chatxonalarga 20— 30-mayda ekiladi va asosiy maydonga iyun oyining ikkinchi o'n kunli gida ko'chirib o'tqaziladi. Ko'chatxonalarda bir gektarga 650—750 kg yoki 20—22 mln dona urug' namlab ekiladi. Ko'chatxonada sug'orish va boshqa parvarish ishlari umumiy tavsiyanomalar asosida olib borila- di. Ko'chatxonada ko'chatlar 30—40 kunda ko'chirib o'tqazish uchun tayyor bo'ladi. Ko'chatlar 25—30 kunligida 5 kg/ga hisobida azotli o'g'it bilan oziqlantiriladi. Bir haftadan keyin sholi tuplanish fazasini boshla- nishida ko'chat qilib o'tqaziladi. Paykallarda asosiy donli ekinlar hosili o'rib-yanchib olingandan keyin yer 18—20 sm chuqurlikda, o'simlik qoldiqlari to'la ko'milib haydaladi. Yerning tekisligi ±3 sm dan oshmasligi kerak. Sholipoya 5—7 sm qalin likda suv bilan bostirilib, ko'chatlar qo'lda yoki ko'chat o'tqazish ag- regatlarida 3—4 sm chuqurlikka o'tqazilib chiqiladi. K o'chatlar ko'chatxonadan olinayotganda ildiz va barglarning 1/3 qismi kesib tash- lanib, 150—200 ta o'simlikdan iborat bog' tayyorlanadi. Bog'-bog' ko'chatlar ekishdan oldin sholipoyada suvda> turishi lozim. Ko'chatlar bir uyaga 1—2 donadan ekiladi. Har bir uya oralig'i 10—15 sm qilib o'tqaziladi va bir gektarga 65—100 ming ko'chat sarfla nadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnika asosida olib boriladi. Sholipoyaga ko'chat o'tqazilgandan keyin 3—5 kun o'tgach NPK 40 kg/ga hisobida beriladi, 30 kundan keyin sholi 7—9 barg hosil qil- ganda ikkinchi oziqlantirish NPK 40 kg/ga hisobida beriladi. Suv reji mi sholi pishguncha umumiy agrotexnik talablar asosida bajariladi. 199 www.ziyouz.com kutubxonasi 2.15. MARJUMAK Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Marjumak (grechixa)ning yormasi to'yimli, tez hazmlanadi, mazalik, undan parhez taomlar tayyorlanadi. Uning oqsilida almashtirilmaydigan aminokislotalardan lizin arginin ko'p. Sliuningdek, doni tarkibida foydali ma’danli birikmalar, temir, fosfor, kalsiy, olma, otquloq kislotalari, vitaminlardan В, B2, P (rutin) saqla nadi. Doni tarkibida 10 % oqsil, 82 % kraxmal, 3 % yog', 2 % kle- cliatka, 0,3 % qand saqlanadi. Marjumak yog'i tarkibida letsitin inson organizmidagi xolesterin miq dorini kamaytiradi. Yog' sifati barqaror. Shuning uchun doni uzoq vaqt davomida yaxshi saqlanadi. Oqsilining tarkibidagi lizin, metionin, triptofan nisbatlari bo'yicha tibbiyot talablariga yaqin. Tibbiyotda marjumak guli va bargining damlamasi qon bosimi osh- ganda, ateroskleroz, shamollashda, asali o'pka, jigar, qand kasalligi, ich ketishiga qarshi qo'llaniladi. Marjumak asal beruvchi ekin. Bir gektar marjumak ekinzoridan SO— 100 kg asal olinishi mumkin. Asalari uyalari ekinzorga qo'yilganda hosil dorlik ham oshadi. Somoni, donning chiqitlari oziqa sifatida ishlatiladi. Uning 100 kg somonida 29 oziqa birligi, 2,4 kg oqsil, 1,6 kg kalsiy, 140 kg fosfor, 2,4 g karotin saqlanadi. O'zbekistonda marjumak doni uchun asosiy va takroriy ekin sifa tida ekiladi. Biologik xususiyatlari hisobga olingan agrotexnika qo'llanilsa, barqaror hosil beradi. Marjumakning hozirda ekilayotgan madaniy turi yovvoyi Fagopryum tataricum turidan kelib chiqqan. Marjumak 2,5 ming yil muqaddam ekila boshlangan. Vatani Hindistonning Himolay tog'lari. Rossiya va Ukrainada marjumak ko'p ekiladi. Hosildorligi o'rtacha 15—25 s/ga. Samarqand viloyatida o'tkazilgan ishlab chiqarish tajribalarida don hosili 20-24 s/ga bo'lgan. Botanik xususiyatlari. Marjumak Polygonaceae oilasiga mansub va bu oilaga 30 avlod, 800 tur kiradi. Eng ko'p tarqalgan turlari: madaniy marjumak — Fagopirum esculentum Moench., yovvoyi marjumak — F. tataricum L., xitoy marjumagi Polygonum chinense L. Madaniy marjumak ikkita kenja turga: oddiy — ssp. vulgare Stol. hamda ko'p bargli — ssp. multifolium stol. bo'linadi. Biologik xususiyatlari. O'zbekistonda marjumak sug'oriladigan yer larda ekiladi. Uning urug'lari 7—8 °C da nishlay boshlaydi. Hayotchan maysalar olish uchun 14—15 °C harorat talab qilinadi. Maysalari so vuqqa chidamsiz, —1,5—2 °G sovuqdan nobud bo'ladi. O'simlik o'sishi, rivojlanishi uchun maqbul harorat 18—20 °C. Harorat 25 °C dan oshsa yoki 13 °C dan pasaysa marjumak yaxshi rivojlanmaydi, hosili past bo'ladi. 200 www.ziyouz.com kutubxonasi \ 11-rasm. Marjumak. 1, 2 - o'simlik unib chiqish va gullash fazalarida; 3 - gullagan novda; 4 — gul; 5 — meva; 6 — mevalar; 7 — donlar. Marjumak yuqori hosil shakllantirishi uchun tuproqdagi namlik CHDNS 80 % dan kam boimasligi lozim. Transpiratsiya koeffitsienti 500—600. Eng namga talabchan davri gullash-pishish davri. Bu davrda o‘suv davrida sarflanadigan suvning 80 % i sarflanadi. Marjumak yorug‘sevar, qisqa kun o'simligi, tuproq muhiti pH—5— 7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi. Tuproq turiga talabchan emas. 0 ‘suv davri navlarga, qo‘llaniladigan agrotexnikaga bog‘liq holda 60 kundan 90 kun- gacha o'zgarishi mumkin. Samarqand viloyatida Kazanskaya, Mayskaya navlari bahorda ekilganda o‘suv davri 73—77 va 70—72 kunni yozda ekilganda 68—69 kunni tashkil etgan. 201 www.ziyouz.com kutubxonasi Quyidagi rivojlanish fazalarini o‘taydi: vmib chiqish, birinchi haqi qiy bargning hosil bo'lishi, shoxlanish, shonalash, mevaning shakllanishi, gullash. Gullash 30—60 kun davom etadi. Gullashdan 35—40 kun o'tgach mevalar pishib yetiladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat reyestriga kiritilgan navlar yo‘q. Marjumakni yetishtirish texnologiyasi. Marjumak almashlab ekishda g‘o‘za, qand lavlagi, makkajo'xori silosga ekilganda, dukkakli don ekin lari, kuzgi don ekinlari, ko‘p yillik dukkakli o'tlardan keyin joylashtiriladi. Suli va kartoshka nematoda bilan zararlangan bo'lsa, ulardan keyin marjumakni ekmaslik lozim. Maijumak dalaning fitosanitar holatini yaxshilaydi, shuning uchun juda ko‘p ekinlar uchun, ayniqsa, kuzgi don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. Tuproqni ishlash. Kuzgi don ekinlaridan keyin marjumak PLN— 5—35, PL—5—35, PLN—4—35 chimqirqarli pluglar bilan 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. 0 ‘tmishdosh ekin ekilishidan ol din chuqur shudgor qilingan bo‘lsa, kuzgi shudgor 20—22 sm chuqur likda o‘tkaziladi. Kuzgi shudgor imkoni boricha erta muddatda o'tkazilishi lozim. Bahorda kuzgi shudgor ikki marta boronalanadi (BZTS—1,0). Ekish dan oldin birinchi kultivatsiya 10—12 sm oradan 8—12 kun o‘tgach 6—8 sm chuqurlikda ikkinchi kultivatsiya, ekish kuni urug‘lar ekiladi gan chuqurlikda uchinchi kultivatsiya o'tkaziladi. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda ikki kultivatsiya yetarli. 0 ‘g‘itlash. Marjumak 1 s don va shunga muvofiq poya, barglar massasini hosil qilish uchun 3,4 kg azot, 1,82 fosfor va 3,31 kaliy o'zlashtiradi. Ma’danli o‘g‘itlar NPK gektariga 100 kg solinganda 39,7 kg/ga azot, 21,7 fosfor, 38,6 kg/ga kaliy bo'lishi o'simlikning yaxshi o‘sib, rivojlanishini ta’minlaydi. Ekilgandan keyin 30—40 kun o'tgach, о‘suv davrida o‘zlashtiradigan azot va kaliyning 60 %, fosforning 50 % ini o‘zlashtiradi. Maijumak fosfor va kaliyga nisbatan azotni kamroq talab qiladi. Azot ildizining me’yorida o‘sib rivojlanishi uchun o‘suv davrining boshlanishida ko'proq zamr. Keyingi davrda azotning ko‘p berilishi o'simlikni g'ovlashga, hosil elementlarining kam hosil bo'lishiga olib keladi. Ma’danli o‘g‘itlardan fosforli, kaliyli o‘g‘itlarning asosiy qismi kuzgi shudgordan oldin, azotli o‘g‘itlar ekishdan oldin kultivatsiya bilan be riladi. Fosforli o‘g‘it sifatida fosforit unini berish mumkin. Ekish bilan fosfomi 10—20 kg/ga berish hosildorlikni 3—5 s/ga oshiradi. 0 ‘g‘itlaming bir qismini oziqlantirish sifatida shonalash yalpi gullash davrida berish hosilni 5—6 s/ga oshiradi. Bunda o‘g‘itlar 10—12 sm chuqurlikka kulti vatsiya bilan beriladi. 202 www.ziyouz.com kutubxonasi Zarafshon vodiysida o'tkazilgan tajribalarda marjumak ekilgan may- donlaming gektariga N90 P90 K4J solinganda hosildorlik 21,4 s/ga ni tashkil etgan. O'g'itlarni solishda tuproq agrokimyoviy ko'rsatkichlari hisobga olinadi. Organik o'g'itlardan chirigan go'ng kuzgi shudgordan oldin 15— 20 t/ga me’yorda beriladi. Ekish. Urug'lar I va II sinf talablariga javob beradigan, sifatli bo'lishi va 1 t uruqqa 2 kg fundazol yoki vitovaks—200 bilan ishlangan bo'lishi zarur. Ekish tuproqning 8—10 sm chuqurligida harorat 12—14 °C qizigan- da boshlanadi. Bunda maysalar sovuqdan zararlanmasligi, gullash va meva hosil bo'lishi davri quruq va jazirama issiq davrga to'g'ri kelmas- ligi hisobga olinadi. , Urug'lar qatorlab, tor qatorlab va keng qatorlab ekiladi. Sug'oriladigan yerlarda qator orasi 45 sm qilib ekilganda 15 sm qilib ekilishga nisba tan 5 -6 s qo'shimcha hosil olishni ta’minlagan. O'zbekiston sharoitida marjumakni qo'shqatorlab (60x15) ekish ham yaxshi natija beradi. Keng qatorlab ekilganda ekish me’yorlari 1,5—2,5 mln/ga (40—50 kg/ga) qatorlab ekilganda 2—4 mln/ga (50—100 kg/ga) bo'ladi. Lenta usulida ekilganda ekish me’yori 10—20 % oshiriladi. Qatorlab ekilganda SZ—3,6, SZU—3,6, SZS—2,1 keng qatorlab ekil ganda qand lavlagi ekadigan SST—12A seyalkasini STYA—27000 mosla- masi bilan jihozlab ekiladi. Ekish chuqurligi 4—5 sm, qumoq tuproqlarda 10 sm gacha oshirish mumkin. Nam kam bo'lganda ekishdan oldin gektarga 800—1000 m3/ga, o'suv davrida 500—600 m3/ga me’yorda 3—4 marta sug'oriladi. Sug'orish hosildorlikni 1,5—2 baravar, ekinzorga asalari uyalarini joylashtirish don hosilini 8—10 s/ga oshiradi. Sug'orishlardan keyin kultivatsiya o'tkaziladi. Ang'izda ekish. Yerni haydashdan oldin 600—800 mj/ga me’yorda sug'oriladi, yer yetilishi bilan 25—27 sm chuqurlikda haydaladi. Gekta riga N45P45K45 kg o'g'itlar solinadi. Asosan keng qatorlab, gektariga 50— 100 kg urug' ekiladi. Hosilni yig‘ishtirish. O'simlikda 75—80 % mevalar qo'ng'ir tusga kirishi bilan o'rim-yig'im boshlanadi. Qirqish balandligi 15—20 sm, o'rim 4—5 kunda tugallanadi. Umg'lar 25—30 kun davomida hosil bo'ladi va pishadi, tez to'kiladi. Ikki fazali o'rishda dastadagi hosil 3—6 kundan keyin yanchiladi. Bunda don namligi 15—17 % ga yetganda yanchish boshlanadi. Kombaynlar barabanlarining aylanish tezligi minutiga 760—900 qilib sozlanadi. O'zbekistonda bir fazali o'rish keng tarqalgan. Bu usulda marjumak mevalari to'la pishganda o'rishga kirishiladi. Hosil tezda tozalanadi va namligi 14 % ga yetkazilib quritiladi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling