R. O. Oripov, n X. Xalilov
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashlab ekishdagi o‘rni, nav tanlash.
- Urug‘ni ekishga tayyorlash.
- Ekish usuli va muddati.
- Zararkunandalarga qarshi kurash.
- Kasallik va zararkunandalari.
264 www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘zbekiston sharoitida quyosh yorug'ligi ko‘p bo‘lishi va issiq haro rat o'simlik rivojlanishini sekinlashtiradi, hosildorlikni kamaytiradi hamda tuganaklarning urug'lik sifatini yomonlashtiradi. Bunday holatda daraxt- larning tabiiy soyasi kartoshka hosildorligiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Toshkent agrar universiteti ma’Lumotlarida ertapishar Sedov navi hosil- dorligi ochiq paykalda 16,77 t/ga, kuchsiz soyalanganda 19,05 t/ga ni tashkil etgan. Tuganaklar hosili soyalanmagan maydonda 12,3 t/ga, soya langanda 16,84 t/ga bo'lgan. Havo issiq bo‘lganda qisqa kunda kartoshka tez pishadi, uning qisqa kunga ta’sirchanligi turli navlarda turlicha. Harorat 10—15 °C bo‘lganda o‘simlik uzun kun sharoitida tezroq yetiladi. Agrotexnik usullardan ekish usuli va me’yori barglarning yorug‘lik bilan ta’minlanishini boshqarishda ahamiyati katta. Barglar yuzasining kattaligi, ularning joylashishi, yorug‘lik energiyasini yutishi ham yorug'lik bilan ta’minlanishida rnuhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Kartoshka qa- torlari janubdan shimolga qarab joylashtirilsa, hosildorlik 1,6—2 t/ga, tu ganaklarning kraxmalligi 1—2 %, qatorlar g'arbdan sharqqa qarab joy- lashtirilgandagiga nisbatan ortadi. Qator oralari 90 sm qilib ekish 70 sm ga nisbatan o‘simliklaming yorug'lik bitan ta’minlanishini yaxshilaydi. M a’danli oziqlanishi. 0 ‘rtacha 10 t tuganak hosili uchun tuproqdan 50 kg N, 20 kg P20 3 va 90 kg K20 o‘zlashtiriladi. AzotLi oziqlanish ekinning o'sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga bevosita ta ’sir ko'rsatadi. Tuproq muhiti neytral bo‘lganda kartoshka ammoniy (NH4+) ionlarini, kislotalida nitrat (N 0 3‘) ionlarini yaxshi o‘zlashtiradi. Nitratlar o'simlikda ammiakli birikmalarga aylanadi. Azot yetishmasa, poyalar kuchsiz shoxlanadi va o‘sadi, barglar rangi och- yashil bo‘lib, pastkilari to'kiladi, tuganaklarga uglevodlarning kelishi ka- mayadi, hosil va tuganaklardagi quruq modda miqdori pasayadi. Azot me’yoridan ortiq yoki yetishmasa ham o'simlikka salbiy ta’sir ko'rsatadi. Tuproqda yetarli miqdorda fosfor va kaliy saqlansa, azot bilan tegishli nisbatda bo‘lsa, o‘simlik mo‘l hosil to‘playdi. Bir tomonlama mo‘l azotli oziqlanish o'simlikning «semirib» keti- shiga olib keladi, hosilga, kraxmal miqdoriga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bu hoi gullashning boshlanishida hosil bo‘lgan tuganaklarda kuzatiladi. Keyinchalik pishishi boshlanishi bilan kraxmal to ‘planishi ortadi, ammo gullash davridagi yetishmaslikni qoplay olmaydi. Tuganaklarda konserogen nitrozaminlarning hosil bo‘lishi nitratlar to‘planishi bilan bog‘liq. Azotli o‘g‘itlar me’yori gektariga 135—150 kg oshirilsa, nitratlar ikki baravar ko‘p to ‘planadi. Oziq-ovqatga ishlati- ladigan 1 kg tuganakda 80 mg, oziqa uchun ishlatiladiganida 300 mg dan ortiq nitrat bo'lmasligi lozim. Fosforli oziqlanish uglevod va oqsil almashinuvini yaxshilaydi, o‘simlikning o'sishi va rivojlanishini tezlashtiradi, ildiz tizimining yax shi rivojlanishiga ko'maklashadi, tuganaklarning erta hosil bo‘lishiga va 265 www.ziyouz.com kutubxonasi unda kraxmal to'planishiga olib keladi. U o'simlikning qurg'oqchilikka chidamliligini oshiradi, suv rejimini yaxshilaydi. Fosfor yetishmasa o'simlikning rivojlanishi sekinlashadi, barglar mayda, to 'q yashil rangga kiradi. Barglarda bezsimon dog'lar paydo bo'lishi ham fosfor yetishmasligini ko'rsatadi. Kaliy fotosintezni jadallashtiradi, uglevodlar harakatlanishini tezlash- tiradi, qurg'oqchilikka va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Kaliy oziqla- nishda yetarli bo'lsa, tozalanganda mag'zi qoraymaydi, zamburug' va bakteriya kasalliklariga chidamli bo'ladi. Fosfor va kaliy azotning o'zlashtirilishini yaxshilaydi. Kaliy yetish masa, ayniqsa, ammiakli azotning o'zlashtirilishi yomonlashadi. Nitratli azotning o'zlashtirilishi fosfor miqdoriga bog'liq. Azotli birikmalar asosan o'simlik vegetatsiyasining birinchi yarmida o'zlashtiriladi. Poya va barglarning so'lish davrida azotning o'zlashtirilishi keskin kamayadi. Kartoshka tipik, kaliyni sevadigan o'simlik. Tuproqda namlik qan- cha ko'p bo'lsa, o'simlik o'zlashtira oladigan kaliy miqdori ham shun- cha ko'p bo'ladi. Shuning uchun kaliy yetishmasligi qurg'oqchil sharoitda ko'p kuzatiladi. Kartoshka uchun organik va ma’danli o'g'itlar me’yorini belgilashda tuproq unumdorligi undagi o'zlashtiriladigan shakldagi oziqa moddalar miqdori, kartoshka navi, o'g'itning kimyoviy tarkibi hisobga olinadi. Mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti hisobga olingan holda, bir gek targa solinadigan go'ng me’yori 20—100 t bo'lishi mumkin. O'rtacha 1 t go'ng hisobiga 150—200 kg qo'shimcha hosil olish mumkin. Kar- toshkaga solish uchun yarim chirigan go'ngdan foydalanish ma’qul. Yangi, chirimagan go'ngni kartoshkaga solganda tuproqdagi mikroor- ganizmlar jadal rivojlanadi va ular nafaqat go'ng tarkibidagi ammoniy azotini, balki tuproqdagi azotni ham o'zlashtira boshlaydi. U hoi o'simlik uchun azotning yetishmasligiga olib keladi. Hosildorlik yuqori bo'lganda ma’lum birlikdagi hosilning shaklla- nishi uchun nisbatan kam oziqa moddalar sarflanadi. Navlar. O'zbekistonda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan nav lar: Sante, Aqrab, Alvara, Agane, Baqro—30, Beluga, Bimondo, Bo lero, Viktoriya, Diamant, Quvonch—1656 M, Latona, Marfona, Palma, Umid, Hamkor—1150, To'yimli, Fazan, Fresko, Esprit, Romano, Kar- dinal, Draga. Tezpishar navlar 60—65, ertagi-o'rtacha 70—80, o'rtapishar 90—100, o'rtagi kechki 110—120, kechpishar 130—150 kunda pishib yetiladi. Almashlab ekishdagi o‘rni, nav tanlash. Kartoshka uchun eng yax shi o'tmishdoshlar — kuzgi g'alla ekinlari, bir yillik dukkakli o'tlar, g'o'za, poliz, piyoz. Kartoshkani tamaki, pomidor, boyimjon, qalampir singari ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi ekinlardan keyin joylashtirish yara- maydi. Bedadan keyin ikkinchi yili joylashtirish tavsiya etilmaydi. 266 www.ziyouz.com kutubxonasi Ertagi kartoshka yetishtirish uchun o'suv davri 70—90 kunlik tez pishar va o‘rta pishar — Zarafshon, Nevskiy, Ogonek, Sante, Ramona, Marfona, Kondor, Binella, Kosmos navlari tanlanadi. O'rta pishar o‘suv davri 95 kun va undan ortiq bo‘lgan navlar ertagi kartoshka hosili yetishtirish uchun yaramaydi. Ularda tuganaklar hosil bo‘lishi yozning issiq davriga to'g'ri keladi. Tuproqni ishlash. Ertagi kartoshka ekiladigan dalalarga kuzda 20— 40 t ga chirigan yoki yarim chirigan go‘ng, 90—150 kg fosfor, 60—80 kg/ga kaliy tuzi shaklida solinib, PN—3—35, PYA- 3—35 rusumli plug- lar bilan 28—30 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Qish davrida yog'ingarchiliklar ta’sirida tuproq zichlashib qolgan bo'lsa, dala chizellanadi, boronalanadi, zaair bo'lganda molalanib, yer ekishga tayyorlanadi. Urug‘ni ekishga tayyorlash. Urug'larni ekishga tayyorlashda, avvalo, ular saralanadi, lat yegan, kasallangan tuganaklar terib olinadi. Ekishga vazni 30, 50, 80 g bo‘lgan tuganaklardan foydalaniladi. 80 g vazndan ortiq tuganaklar o'rtasida uzunasiga kesilib, 100 1 suvga 5—6 kg TMDT, 2 g qahrabo kislotasi, 50—100 g bor kislota, marganes sulfat, mis kupo- rosi, 4 kg ammofos qo'shilgan eritmada ivitilsa, hosildorlik 11—20 % oshadi (Ostonaqulov, 1997). Urug'lik tuganaklar 12—15 kun davomida 12—20 °G haroratda sernam qorong‘i joyda saqlanadi. Kartoshka urug'ini nishlatish 25—30 kun davomida 12—15 °C haro ratda, yorug' va yaxshi shamollatiladigan binolarda o'tkaziladi. Nish latish qorong'i joyda o'tkazilsa, uning davomiyligi 15—17 kunga qisqartiri- ladi va bunda nishning uzunligi 0,5—2 sm dan oshmasligi kerak. Nish- latishda urug‘lar 2—3 qatlam qilib yoyiladi. T. Ostonaqulov ma’lu motlariga ko‘ra, nishlatib ekilgan urug‘, nishlatmasdan ekilgan urug'larga nisbatan 10—12 kun erta pishadi va hosildorligi 18—25 % oshadi. Ekish usuli va muddati. Ertapishar kartoshka navlarining urug'lari tuproqning 10 sm qatlamida harorat 6—7 °C qiziganda eka boshlanadi. O'zbekistonda ertagi kartoshka tekislik mintaqalarida 10-fevraldan 15- martgacha, tog' oldi mintaqalarida 10—25-martda ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Ekish muddati kechikkanda tuganaklar hosil bo'lishi- yozning jazirama issig'iga to'g'ri keladi, tuganaklar hosil bo'lishi yo- monlashadi, hosildorlik kamayadi. Kartoshka kuzda ekilganda ekish chuqurligi 18—20 sm ga yetkaziladi, bahorda boronalanib, tuganak ustidagi tuproq 8—10 sm yupqalashtiriladi. Ertagi kartoshka tup qalinligi gektariga 57—71 mingtagacha bo'ladi va bunda navning biologik xususiyatlari hisobga olinadi. Ekish 70x20— 25 sm sxemada o'tkazilishi ma’qul. Tuganaklar vazni 30—80 g bo'lganda, ekin me’yori 3—3,5 t/ga ni tashkil qiladi. T. Ostonaqulov tajribalarida ekish me’yori gektariga 3 t bo'lib, vaz ni 20—30 g urug'lik tuganaklar ekilganda 165,2 s/ga, 30—50 g ekilgan da 208,3 s/ga, 50—70 g ekilganda 206,1 s/ga hosil olingan, ekish chu- 267 www.ziyouz.com kutubxonasi qurligi 6—7 sm. Ekish bilan azotli o‘g‘itlar yillik m e’yorining 20 % fosforli o‘g‘itlarning qolgan qismi solinadi. Kartoshka tuganaklarini pushta ustiga ekish ham yaxshi natija beradi. Bunda pushtalar qator oralari 70 yoki 90 sm qilib kuzda olinadi. Push- taga fevral yoki mart oyining birinchi o‘n kunligida nishlatilgan urug‘lar 6—7 sm chuqurlikka ekiladi. Qator usti mulchalanganda o'simlik tez rivoj lanadi, hosil erta yetiladi. Qator oralarini 90 sm qilib ekish kartoshka yetishtirishdagi ishlarni to‘la mexanizatsiyalash uchun imkon yaratadi. Ekin parvarishi. Ertagi kartoshka urug‘lari unib chiqquncha 1—2 boronalash o'tkaziladi. Boronalash qatqaloqni yumshatadi, begona o‘tlami yo‘qotadi, maysalarning tez va qiyg‘os unib chiqishini ta’minlaydi. Parvarishda asosiy talab kartoshka tupi atrofidagi tuproqni yumshoq va begona o‘tlardan toza holda saqlashdir. Qator oralarini kultivatsiya qilish, tuproqni yumshatish urug'lar unib chiqqandan keyin KRN—4.2, KOR—4.2 kultivatorlarida amalga oshiriladi. Maysalar to ‘liq unib chiqqandan keyin birinchi kultivatsiya 12—14 sm, keyingilar 14—16 sm chuqurlikda o'tkaziladi. Kultivatsiyalar har yomg‘irdan yoki sug‘orishdan keyin o'tkaziladi. Kartoshka maydonlarida chopiq o'tkazishda o‘tlarni yo‘q qilish bilan birgalikda o'simlik atrofiga tuproq tortiladi, natijada issiqlikning zararli ta’siri kamayadi. Oziqlantirish. Ertagi kartoshka birinchi marta kultivator oziqlantir- gichlar yordamida maysalar hosil bo'lgandan keyin gektariga 45—50 kg, ikkinchi marta g'unchalash (shonalash) fazasida 80—85 kg me’yorida azot bilan oziqlantiriladi. Azotli o‘g‘itlardan ammoniy selitrasi, mo- chevina, ammoniy sulfat qo'llaniladi. Qator oralarini ishlash va oziq- lantirishda K R N -2 ,8 , K O N -2 ,8 PM, K O N -2 ,8 A kultivator o‘g‘itlagichlaridan foydalaniladi. Hozirda Gollandiyaning «Атак» fre- zali kultivatorlaridan ham qator oralarini ishlashda keng foydalanilmoqda. Sug‘orish. Ertagi kartoshkani sug'orishda, ularning soni tuproqdagi namlik hisobga olingan holda o ‘tkaziladi va tuproqdagi namlik CHDNSning 75—85 % dan kam bo'lmagan holda saqlanishiga erishila- di. Sug‘orish sxemasi 1 -2 —5 bo‘lganda 0—1—4 sxemaga nisbatan hosil dorlik 24—27 % oshgan (Abdukarimov, 1987). Sug‘orish uchun egatlar uzunligi 90—120 m, chuqurligi 18—20 sm qilib olinadi, suv oqimi tezligi 0,10—0,15 1/sekunddan oshmasligi lo zim. Oxirgi sug'orish hosil yig'ishtirishdan 5—2 kun oldin to‘xtatiladi. Zararkunandalarga qarshi kurash. Keyingi yillarda zararkunandalardan kolorado qo‘ng‘izi ko‘p zarar keltirmoqda. Ularga qarshi kurashda ol- dini oluvchi, agrotexnik tadbirlar bilan bir qatorda kimyoviy usullar ham keng qo‘llanilmoqda. Kimyoviy usullardan sherpa 0,2 kg/ga, sim- bush 0,2 1/ga, zalon 0,3 1/ga me’yorida 400 1 suvga aralashtirilib bi rinchi marta qo‘ng‘izlar chiqishi bilan, keyin ikkinchi 2—2,5 haftadan o‘tgach yana dorilanadi. Dorilash hosil yetishtirishdan 20—30 kun oldin to ‘xtatiladi. 268 www.ziyouz.com kutubxonasi Hosil yig‘ish. Kartoshka palaklari sarg‘ayib, tuganaklardagi po‘st qat- tiqlashib, sidirilmaydigan boiganda hosilni yig'ishtirishga kirishiladi. Tup- roqdagi namlik 14—16 % bo'lishi kerak. Kechki kartoshka yetishtirish texnologiyasi. Kechki kartoshka 0 ‘zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlari, oraliq ekinlar, ertagi sabza- votlardan bo'shagan maydonlarga ekiladi. Yerni haydash oldidan sug‘oriladi, tuproqda namlik yetarli bo'lganda sug‘orilmasdan 25—27 sm chuqurlikda haydaladi. Ekishga tayyorlashda yer chizellanadi, boronala- nadi. Yerni haydash oldidan 20—40 t/ga yarim chirigan go'ng, 140— 160 kg fosfor, 60—80 kg/ga kaliy solinadi. Fosforli o‘g‘it sifatida am- mofos, granulalangan superfosfat, kaliyli o‘g‘itdan kaliy tuzi solinadi. Yozda ekish uchun o‘rta va o‘rta kechpishar navlar Lorx Temp, Sulev, Berlixingen, Kardinal, Diamant, Pikasso, Dezire 1—20 iyunda, tezpishar va o‘rtapishar navlar Zarafshon, Nevskiy, Ogonek, Sante, Marafona, Eskord, Kosmos, Kondor, Impala navlari 15-iyundan 5-iyul- gacha ekilishi tavsiya etiladi. Urug‘lami ekishga tayyorlash. Yozda ekish uchun tayyorlangan kar toshka urug'lari iyun yoki iyul oyigacha ko‘karib ketadi. Urug'lardagi o ‘simtalar 10—12 sm ga yetganda 1—2 sindiriladi. Oxirgi sindirish urug‘larni ekishdan 10—12 kun oldin o‘tkaziladi. Urug‘lar ekish ol didan sinchiklab saralanadi. Tuganaklar yirikligi 30, 50, 80 g bo'lganda kesilmasdan 80 g vazni ortiq tuganaklar kesilib ekiladi. Mexanik tarkibi yengil qumoq tuproqlarda o‘rta 50—80 g va mayda (30—50 g) vazndagi tuganaklarni ekish ma’qul. Urug‘larni 3—3,5 t/ga ertagi kartoshka yetish- tirilgandagi singari eritma tayyorlanib ivitilib keyin ekiladi. Dastlab kechpishar navlar (1— 10-iyun), keyin 10— 12-iyulgacha o‘rtapishar va oxirida 25-iyun—5-iyulda tezpishar navlar ekiladi, Ekish sxemasi 70x20—25, 90x15—20 sm ekish chuqurligi 10—12 sm qilib SN— 4B—2, SKS—4, KSN—9, «Kramer»' rusumli seyalkalarda o'tkaziladi. Tup qalinligi 57—71 ming/ga. Ekin parvarishi. Yozda harorat yuqori bo'lishi tufayli tuproqning yuza qatlami tez quriydi. Shuning uchun dala oldin sug‘orilib, yer yeti lishi bilan kartoshka tuganaklari nam tuproqqa ekilishi m a’qul. Ekilgan urug‘lar 12—18 kun o‘tgach unib chiqadi. Urug‘lar unib chiqquncha gektariga 400—500 m3 me’yorida 1—2 sug'oriladi. Urug'lar unib chiqi- shi bilan qator oralari 70—100 kg/ga azot bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish gullashning boshlanishi oldidan 100—120 kg/ga azot bilan oziqlantiriladi. 0 ‘suv davrida tuproqda namlik CHDNS 75—85 % saqlanishiga eri- shishi uchun 18—11 marta sug‘oriladi. Urug‘lar unib chiqquncha 1—2, unib chiqqandan g‘unchalashgacha 1—2, g‘unchalashdan pishishgacha 6—7 marta, gektariga 500—800 m3 me’yorda, har 8—14 kunda sug‘oriladi. Poyalarning so‘lishidan hosilni yig'ishtirishgacha bo‘lgan davrda tuproq- dagi namlik CHDNS 60—65 % ushlanishi tavsiya etiladi. Sug‘orishlar 269 www.ziyouz.com kutubxonasi va mavsumiy sug'orish me’yori tuproq-iqlim sharoitiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin. 0 ‘zbekiston sharoitida jazirama issiqning zararli ta’sirini kamaytirish uchun sug'orish me’yori kam 350—400 m3/ga, ammo tez-tez sug'orish yaxshi natija beradi. Kasallik va zararkunandalari. Kartoshka kasallik va zararkunandalar natijasida yalpi hosilni 30—35 % kamaytiradi, bu dunyo bo'yicha 100 mln tonnadan ko'proq. Kartoshka fitoftoroz, haqiqiy qo'tir, fuzarioz, so'lish, makrosporioz, xalqali chirish, qorason, rizaktonioz bilan kasallanish mumkin. Almashib ekish, kasalliklarga chidamli navlami tanlash, tuganaklarni saralash, kasallangan o'simliklarni yulib daladan chiqarib tashlash, o'stirish texnologiyasiga rioya qilish kasalliklaming oidini oladi, kamaytiradi. Urug'larni bardos suyuqligi, sineb, fundazol, vitavaks suspenziyasi yoki eritmalari bilan ishlash kasalliklar oidini oladi. O'suv davrida, g'unchalash fazasining oxirida kuprazon 80 % (2,4 kg/ga), kaptan 50 % (3 kg/ga), 1 % bardos suyuqligi (6 kg/ga), ditan M—45,80 % (1,2—1,6 kg/ga) 300 1 suvga aralashtirilib yer usti purkagichlari yordamida qo'llaniladi. Zararkunandalardan poya nematodasi, ildiz nematodasi, buzoqboshlar, kuzgi tunlam, bitlar, sikado, o'rgimchakkana, kolorado qo'ng'izi, kartosh- kaga zarar yetkazadi. Ularga qarshi agrotexnik va kimyoviy usullarda qarshi kurashiladi. Hosilni yig'ishtirish. Poyalar sarg'ayib, tuganak po'sti qalinlashib, tuganaklar o'zlarining maksimal kattaligiga yetgach hosil yig'ishtiriladi. Tuganaklar KTN—2B, KST—1,4 rusumli kovlagichlar bilan yig'ib oli nadi. Hosil yig'ishtirilgandan 3—8 kun oldin kartoshka palagi UBD—3 yoki KIR—1,5 o'roq mashinalarida o'rib olinadi. Urug'lik uchun ekil gan paykallarda kartoshka palagi 10—14 kun oldin o'riladi. Hosil yig'ishtirishdan oldin 40 kg/ga me’yorda magniy xlor eritmasi bilan desikatsiya qilinishi ham mumkin. Palaklarni hosil yig'ishtirishdan ol din o'rilishi yoki desikatsiya qilinishi, tuganaklarni saqlash davrida nobud- garchiliklami 45—50 % kamaytiradi. Urug'lik kartoshka palagi o'rib kov- langanda olingan tuganaklar ekilganda hosildorlik 15—20 % oshadi. Kovlab olingan tuganaklar dalada 3—4 soat quritiladi, saralanadi, tovar tuganaklar (vazni 25—30 g ortiq) ajratiladi. Quritilgan tuganak- laming kesilgan joyida po'kaklar hosil bo'ladi, chirishning oldi olinadi. Saqlash. Kartoshkani saqlash davridagi nobudgarchilikning asosiy sababi — tuganaklarning mexanik shikastlanishi va kasallanishi. Shuning uchun hosilni yig'ishtirish, saralash, tashish, saqlashga tayyorlash dav rida tuganaklarning jarohatlanishini minimal darajaga keltirishdir. Tuga naklar tarkibida suv miqdori 75 % va undan ham ko'p bo'ladi. Shu ning uchun ular past yoki yuqori haroratga juda ta’sirchan. Tuganaklar yig'ishtirib olingandan keyin ularda fiziologik va biokimyoviy o'zgarishlar 270 www.ziyouz.com kutubxonasi sodir bo'ladi. Ko'pgina navlarda hosil yig‘ishtirilgandan keyin tuganak- larning yetilish davri 20—30 kunga cho'ziladi. Bu davrda nafas olish natijasida tuganaklar massasi kamayadi, ulardan suv, karbonat angidrid, issiqlik ajraladi. Kartoshkaning nafas olishi qishga borib kamayadi, bahorda yana kuchayadi. Shikastlangan tuganaklarda po'kak hosil bo'lish jarayoni yetarli havo, harorat (20 °C), havoning nisbiy namligi 85—95 % bo‘lgan sha- roitda jadal kechadi. Kovlab olingan tuganaklarda dastlabki 10—15 kun davomida yuqori harorat va namlik saqlanadi. Bu davr «davolash dav ri» deyiladi. Keyin harorat sekinlik bilan 2—3 °C ga keltiriladi. Kartoshka o'ralarda saqlanish uchun, sizot suvlar chuqur joylash gan, nishab, quruq joylar tanlanadi. O'ralar kengligi 0,6—0,8 m, chu- qurligi 0,7—0,9 m, uzunligi 2,5—4 m qilib qazlladi. O'raning usti 25— 40 sm qalinlikda nishab qilib tuproq bilan yopiladi. Ekishga 20—30 kun qolganda kovlab olinadi. Kartoshka tuganaklari omborlarda saqlanganda eshik-derazalar ber- kitiladi va juda qattiq sovuq bo'lganda isitish chora-tadbirlari ko'rib qo'yiladi. Urug'lik kartoshkani saqlashda M —1, ТВ, MKR—1 preparatlarini qo'llash tuganaklaming unishini kechiktiradi, vaznining yo'qolishini ka- maytirib, hosildorlikni oshiradi. Kartoshkadan 0 ‘zbekiston sharoitida ikki hosil yetishtirish xu susiyatlari. Kartoshkani ikki hosilli ekin sifatida yetishtirishda — yan- gi kovlab olingan tuganaklar yozda qayta ekiladi va ikkinchi hosil olinadi. Bu usulda kartoshka yetishtirishda urug‘larni uzoq yozgacha saqlashga zaruriyat qolmaydi, urug'lar nobudgarchiligi kamayadi, urugMarni ekologik va virusli aynishining oldi olinadi, urug‘likning nav va ekinboplik sifatlari yaxshilanadi, urug'likning ko‘payish koeffitsienti ortadi. Ikki hosilli ekin asosida yetishtirilgan tuganaklar yirik, silliq, rangdor bo'lib yaxshi saqlanadi, kech nishlaydi, o‘sish davri uzoq da- vom etadi, tuganaklaming shakllanishi nisbatan salqin — sentabr-ok- tabr oylariga to£g‘ri keladi. Kartoshkaning yangi kovlab olingan tuganaklarini ekish uchun ti- nim davri qisqa, tezpishar X ibin-3, Xibinskiy dvuurojayniy, Imandra, Zinda—28, Saxro^-32, Bahro—30 navlari yaratildi. Ikki hosilli ekin sifa tida o‘stirish uchun Zarafshon, Sante, Nevskiy, Marfona, Ramona, Ogonek navlari yaroqli. Yangi kovlab olingan tuganaklar ekilganda tuganaklar sekin ko'karadi, maysalar bir tekis hosil bo‘lmaydi, 0‘simlik yer usti massasi yaxshi rivoj- lanmagan, mayda, barg sathi kichik 1—2 poya hosil qiladi. Ammo o'simlik ko'kargach, jadal rivojlanadi, tuganaklar erta hosil bo'ladi, o'simlikdagi stolonlar qisqa bo'ladi, bir tup o'simlikda hosil bo'lgan tuganaklar soni 5—8 tadan oshmaydi. Yangi kovlab olingan tuganaklarni ekish uchun mo'ljallangan pay- Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling