R. O. Oripov, n X. Xalilov


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
#603
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49

230
www.ziyouz.com kutubxonasi

Maysalari  4—5  °C  da  o£saveradi  va  —4  °C  sovuqqa  bardosh  beradi. 
Harorat  26  °C  dan  oshsa,  hosil ning  shakllanishi  sustlashadi,  Pishib  ye­
tilishi  uchun  faol  harorat  yig‘indisi  1200—1600  °C.  Urug'lari  unib  chi­
qishi  uchun  ocz  vazniga  nisbatan  100—120  %  suvni  yutadi.  Transpirat- 
siya  koeffitsienti  700—900.  Neytral  tuproqlarda  yaxshi  ocsadi.
O'zbekistonda  dala  ko‘k  no‘xatining  Usatiy—90,  Vostok—55,  Vostok—84, 
ekma  ko‘k  no‘xatni  Osiyo—2001  navlari  Davlat  reyestriga  kiritilgan.
Ko‘k  no6xatning  almashlab  ekishdagi  o‘rni.  Ko‘k  no'xat  ocgcitlangan 
yaxshi  o'tmishdoshlardan  keyin joylashtiriladi.  O'zbekistonda  ko‘k  no‘xat 
geo£za,  kartoshka,  qand  lavlagi,  kuzgi  g‘alla  ekinlari,  makkajo'xoridan 
keyin  joylashtiriladi.  Ko‘k  no‘xatning  kungaboqardan  keyin  joylashtirish 
yaramaydi.  Kungaboqarning  to'kilgan  urug'lari  unib  chiqib,  ko‘k  no‘xat 
hosilini  yig'ishtirishni  qiyinlashtiradi.
Ko‘k  no'xatni  ko'pyillik  dukkakli  octlar  (beda,  sebarga),  g'alladosh 
o'tlar,  don  dukkakli  ekinlardan  keyin  joylashtirish  mumkin  emas.  Bir 
marta  ko‘k  no‘xat  ekilgan  maydonga  uni  5—6  yildan  keyin  qayta  ekish 
mumkin.  Almashlab  ekishda  u  ekilgan  maydonga  ko'rsatilgan  muddat- 
dan  erta  qaytarilsa,  ildiz  chirish  kasali  bilan  zararlanadi.
O'zbekistonda  sug'oriladigan  yerlarda,  odatda,  ko‘k  no‘xat  uchun 
maxsus,  alohida  dala  ajratilmaydi.  Uni  kuzgi  don  ekinlari,  ertagi  sabza­
vot  hosili  yig'ib  olingandan  keyin  ang'izga  takroriy  ekin  sifatida  eki­
ladi.  Ko‘k  no‘xatni  o'sayotgan  g‘o‘za  qator  oralariga  yoki  g‘o‘zapoya 
yig'ishtirib  olingandan  keyin  ham  ekish  mumkin.
M akkajo‘xori,  oq  j o ‘xori  hosili  avgust,  sentabr  oylarida 
yig‘ishtirilgandan  keyin  ham  ko‘k  no‘xat  ekiladi.
Tuproqni  ishlash.  Ko‘k  no‘xat  sug'oriladigan  yerlarda  erta  bahorda 
ekiladigan  bo'lsa,  tuproq  kuzda  27—30  sm  chuqurlikda  shudgor  qilina­
di.  Bahorda  nam  saqlaydigan  yerning  yuza  qismini  yumshatadigan  bo­
ronalash  SBTS—1,0R  da  yoki  frezerlash  8—10  sm  chuqurlikda  o'tkaziladi.
Boshoqli  don  ekinlaridan  bo'shagan  maydonlar,  hosil  yig'ishtirib 
olinishi  bilan  sug‘oriladi,  keyin  25—27  sm  chuqurlikda  yer  haydaladi, 
bir  yo‘la  boronalanadi  va  mola  bosiladi.
G V z a   qator  oralariga  ekishdan  oldin  kultivatsiya  o'tkaziladi,  keyin 
ko‘k  nocxat  urug'lari  ekiladi.  Kech  kuzda  ekiladigan  bo'lsa,  dala  27—28 
sm  chuqurlikda  shudgor  qilinadi,  chizellanadi,  boronalanadi.  Sho‘r  tup- 
roqlarni  ko‘k  no‘xat  ekish  oldidan  shocri  yuviladi.
0 ‘g‘itlash.  Kock  no‘xat  ocgcitlashga  ta’sirchan.  U  1  s  don  va  shun- 
ga  muvofiq  vegetativ  massa  hosil  qilish  uchun  4,5—6,0  kg  azot,  1,7— 
2,0  kg  fosfor,  3,5-4,0  kg  kaliy  o‘zlashtiradi.  Mikroelementlardan  molib- 
den  va  borni  qo'llash  yaxshi  natija  beradi.  0 ‘g‘itlar  samaradorligi  tup- 
roq-iqlim  sharoitiga,  nam  bilan  ta’minlanganlikka  bogcliq.
Ko‘k  no'xat  o£zining  azotga  bo'lgan  ehtiyojining  asosiy  qismini  sim- 
bioz  yocli  bilan  azotni  o'zlashtirish  hisobidan  qondiradi.  Bu  jarayon 
ikki-uch  barg  hosil  bo‘Iganda  boshlanib,  shonalash-gullash  boshlanishi- 
gacha  jadal  davom  etadi.  Eng  qulay  tuproq  muhiti  pH  -   5,6  -6 ,0 .
231
www.ziyouz.com kutubxonasi

V;
d
19-rasm.  Ko6k  no'xat.  1  ~  dukkakli  o'simliklar  urug'ining  tuzilish  sxemasi: 
po'stli  urug'  (A);  po'stsiz  (B),  bitta  urug'pallasi  olingani  (D);  a  —  urug' 
dastasi  (kindigi);  b  —  dastaning  izi;  d  -   mikropile;  e  —  xalaza;  f  -   ildizcha; 
j  —  urug'palla;  h  —  ildizcha;  i  —  kurtakcha;  2  —  turli  rangdagi  urug'lar;
3  —  shirin  (a)  va  don  uchun  ekiladigan  (b)  ko'k  no'xat  mevalari;
4  —  oddiy  (a),  shtamb  (b)  va  yarim  shtamb  (d)  poyali  o'simliklar.
Rejalashtirilgan  hosilni  olish  uchun  fosforli-kaliyli  o'g'itlar  to'la 
me’yorda  solinadi.  Azotli  o'g'itlarga  talabni  50—70  %  atmosfera  azotni 
fiksatsiya  qilish  hisobiga  qondirilsa,  qolgani  tuproqdan,  o'g'it  hisobidan 
o'zlashtiriladi.  Biz  30-35  s/ga  hosil  olishni  mo'ljallasak,  ko'k  no'xat 
150—180  kg  azot  o'zlashtiradi,  shundan  105—126  kg  simbioz  hisobiga 
qolgan  45—54  kg  o'g'it  sifatida  solinishi  lozim
232
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ekish  paytida  10—20  kg/ga  granulalangan  superfosfat  solinadi. 
Qo'llanilgan  superfosfat  molibdenlashtirilgan  bo'lgani  ma’qul.  1  kg  tup- 
roqda  0,3  mg  dan  kam  molibden,  bor  elementlari  bo'lsa,  ularni  qo'llash 
maqsadga  muvofiq.  Odatda,  1  s  urug'  10—15  g  ammoniy  molibden 
bilan  ishlanadi.  Bu  miqdordagi  o'g'it  2  1  suvda  eritilib  qo'llaniladi.
Yerni  haydash  oldidan  10—15  t/ga  chirigan  go'ng  solish  yaxshi  natija 
beradi.  Fosforli,  kaliyli  o'g'itlar  yillik  me’yori  muvofiq  holda  60—100 
va  40—50  kg/ga  ni  tashkil  qiladi.  O'tkazilgan  tajribalarda  90  kg/ga  fos­
for  solinganda  ko'k  no'xat  don  hosili  5,7  s/ga,  yashil  massa  74  s/ga, 
45  kg  fosfor  va  30  kg  azot  solinganda  doni  7,9  s/ga,  yashil  massa  96 
s/ga,  nazoratga  nisbatan  ortgan.  O'zbekistonning  sug'oriladigan  yerlari- 
da  ko'k  no'xatni  ekishda  nitraginni  qo'llash  4,7  s/ga  qo'shimcha  don 
hosili  olishni  ta’minlagan.  Nitragin  bevosita  ekish  oldidan  1  gektarga 
ekiladigan  uruqqa  200  g  me’yorda  qo'llaniladi.  Urug'  nitragin  bilan 
ishlashdan  ikki  hafta  oldin  Ponaktin  bilan  2  kg/ga  me’yorda  ishlanadi.
Urug'lami  ekishga  tayyorlash.  Ekish  uchun  yirik,  to'la,  dorilangan 
I  va  II  sinf talablariga javob  beradigan  urug'lardan  foydalaniladi.  Urug'lar 
tozaligi  98  %,  unuvchanligi  95  %  dan  kam  bo'lmasligi  lozim.  Urug'lik 
uchun  ekilmagan  maydonlarda  tozaligi  96  %,  unuvchanligi  90  %  dan 
kam  bo'lmagan  III  sinf urug'lami  ham  ishlatish  mumkin.  Urug'lar  ekish­
dan  oldin  3—7  kun  oftobda  yoyib,  vaqti-vaqti  bilan  aralashtirilib  quriti­
ladi.
Ekish.  K o'k  no 'xat  erta  ekiladigan  ekinlar  guruhiga  kiradi. 
O'zbekistonning janubiy  viloyatlarida  yanvarda  va  fevralning  boshlarida, 
qolgan  viloyatlarda  fevralda,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  va  Xorazm 
viloyatida  mart  oyida  ekiladi.  Ko'k  no'xat  erta  ekilganda  yozning jazirama 
issiqlaridan  kam  zararlanadi,  yaxshi  hosil  beradi.  Yozgi  o'ta  issiq  haro­
rat  uni  me’yorida  changlanishiga  to'sqinlik  qiladi.  Erta  muddatda  ekil­
gan  ko'k  no'xat  kasalliklardan,  zararkunandalardan  kam  zararlanadi,  erta 
pishadi,  sifatli  va  yuqori  hosil  beradi.
Ang'izga  ekilganda  iyulning  ikkinchi  yarmi,  avgustning  birinchi  yar­
mida  ekish  eng  maqbul  muddat  hisoblanadi.  Ayni  shu  muddatlarda  ha­
rorat  va  havo  namligi  ko'k  no'xat  rivojlanishi  uchun  juda  mos.  Yashil 
massasi  uchun  sentabrda  ekish  mumkin.  Xashaki  ko'k  no'xatni  oktabr- 
ning  ikkinchi  yarmi  yoki  sentabrda,  oktabrning  boshida  ekish  uning  so­
vuqqa  chidamliligini  keskin  pasaytiradi,  sovuq  boshlanguncha  u  shonalay 
boshlaydi,  hatto  gullaydi.  Bunday  o'simliklar  sovuqdan  nobud  bo'ladi.
Ko'k  no'xat  ko'pincha  tor  qatorlab,  qatorlab  urug'lik  uchun  keng 
qatorlab  ekiladi.  Ekish  SZ—3,6,  SZA—3,6,  SZP—3,6  seyalkalarida 
o'tkaziladi.
Ekish  me’yori.  O'zbekistonda  Ye.S.Bayramyan  tajribalarida  xashaki 
no'xatning  Vostok—55  navi  hamma  ekish  muddatlarida  gektariga  120  kg 
ekilganda  eng  yuqori  hosil  bergan.  Ekish  me’yorining  80  kg/ga  gacha  ka- 
maytirish  yoki  160—200  kg/ga  gacha  oshirish  don  hosilim  kamaytirgan.
233
www.ziyouz.com kutubxonasi

Uladovskiy—303  navi  uchun  optimal  ekish  me’yori  300  kg/ga.
Ekish  chuqurligi. 
Ogcir  tuproqlarda  4—5  sm,  o'rtacha  mexanik  tarkibli 
tuproqlarda  6—8  sm,  tez  qurib  qoladigan  yengil  tuproqlarda  9—10  sm.
P arvarishi. 
Ko'k  no'xat  urug'larining  bir  tekis  unib  chiqishiga 
qatqaloq  to'sqinlik  qilishi  mumkin.  Ekishdan  oldin  va  maysalar  hosil 
bo'lgandan  keyin  bir-ikki  boronalash  60—80  %  bir  yillik  begona  o'tlarni 
yo'qotadi  va  qatqaloqni  yumshatadi,  nam  yo'qolishining  oldini  oladi. 
Maysalar  hosil  bo'lgandan  keyin  boronalash  uchta-beshta  barglar  paydo 
bo'lishi  bilan  kunning  ikkinchi  yarmida,  o'simlikda  turgor  holati  susa- 
yib,  ular  mo'rt  bo'lmaganida  o'tkaziladi.  Haydash  tezligi  4—5  km/soat- 
dan  ortiq  bo'lmasligi  lozim.  Boronalardan  ZBP—0,6A,  BZSS—1,0 
qo'llaniladi.  Begona  o'tlarga  qarshi  Prometrin  (50  %)  ko'k  no'xat  maysa­
lari  paydo  bo'lguncha  gektariga  2—3,5  kg,  trixloratsetat  natriy  (90  %) 
ko'k  no'xat  ekilguncha  gektariga  5—10  kg  me’yorida  300—400  1  suvga 
aralashtirilib  purkaladi.
Gerbitsidlardan  2M—4XM  80  %  va  Bazagran  48  %  ko'k  no'xat 
o'suv  davrida,  o'simlik  3—5  barg  hosil  qilganda  muvofiq  holda  2—3  kg/ga 
va  3—4  1/ga  me’yorlarda  qo'llaniladi.  2M—4XM  gerbitsidi  havo  harorati 
18—24  °C  bo'lganda  qo'llanilishi  yaxshi  samara  beradi.  Juda  issiq  ob- 
havo  sharoitida  Bazagran  samaradorligi  keskin  kamayadi,  yaxshisi  uni 
kechki  soatlarda  qo'llash  ma’qul.
Bruxus  qo'ng'izi,  trips  va  boshqa  zararkunandalarga  qarshi  gektari­
ga  Detsis  0,35  kg,  karate  0,15—0,25  kg,  zalon,  0,25  kg  m e’yorlarida 
gullash  fazasida  purkaladi.
Ko'k  no'xat  2—3  marta  sug'oriladi.  Sizot  suvlar  yaqin  joylashgan 
joylarda  1  marta  sug'oriladi.  Ang'izga  yozda  ekilganda  egatlar  olinadi 
yoki  taxtalab  sug'orish  o'tkaziladi.
Lalmikorlikda  k o‘k  n o ‘xa t  yetishtirish. 
O'zbekiston  sharoitida  lal- 
mikorlikning  tog'  oldi  va  tog'  mintaqalarida  ko'k  no'xat  yuqori  hosil 
beradi.  Tekislik-tepalik  mintaqalarda  ko'k  no'xat  hosili  atmosfera 
yog'ingarchiliklari  miqdoriga  bog'liq.  Lalmikorlikda  ko'k  no'xat  o'rtacha 
gektaridan  6—8  s  don  va  60—70  s  yashil  massa  hosili  beradi.
Ko'k  no'xat  lalmikorlikda  don  ekinlari  uchun  yaxshi  o'tmishdosh. 
U  asosan  almashlab  ekishning  chopiq  qilinadigan  dalasiga  ekiladi  va 
undan  keyin  kuzgi  don  (bug'doy,  arpa  ekinlari)ni  joylashtirish  ma’qul. 
Uning  azot  to'plovchi  ekin  sifatida  keyingi  ta’siri  1—2  yilga  yetadi.
Lalmikorlikda  ko'k  no'xatning  Vostok-55,  Vostok-84  va  Xashaki- 
24,  Ramonskiy—77  navlari  ekiladi.  Shulardan  Vostok—55  bahorda  va 
kuzda,  Xashaki—24  va  Ramonskiy—77  navlari  bahorda  ekish  uchun 
Davlat  reyestridan  o'tkazilgan.  Xashaki  no'xatning  Vostok—55  va 
Xashaki—24  navlari  qurg'oqchilikka,  sovuqqa  chidamli,  hasharotlardan 
kam  zararlanadi  va  ular  oziqa  uchun  ekiladi.
Ko'k  no'xat  kech  kuzda  ekilganda  bahorda  ekilgandagiga  nisbatan 
ikki  baravar  ko'p  hosil  olinadi.  Lalmikorlikda  noyabr,  dekabr  oylarida
234
www.ziyouz.com kutubxonasi

ekish  optimal  muddat  hisoblanadi.  Bunda  qishning  iliq  kunlarida  may­
salar  hosil  bo'ladi.  Bahorda  ekish  fevralda  o'tkaziladi.  Bahorda  ekishni 
kechiktirish  hosilining  kamayishiga  olib  keladi.
Ko‘k  no'xat  kuzda  ekiladigan  bo‘lsa,  yer  dastlabki  ekin  hosili 
yig‘ishtirib  olinishi  bilan  haydalishi  tavsiya  etiladi.  Bahorda  ekish  uchun 
kuzgi  shudgor  20—22  sm  chuqurlikda  o'tkaziladi.  Yerni  shudgorlashdan 
oldin  fosforli,  kaliyli  o'g'itlarning  yillik  me’yori  p40_50,  K,H_40  kg/ga  beri­
ladi.  Ekish  bilan  yoki  ekishdan  oldin  gektariga  20—30  kg  azot  solinadi.
Lalmikorlikda  ko'k  no'xat  qatorlab,  qator  orasi  15  sm,  keng  qa­
torlab  30  sm  ekiladi.  Seyalkalar  sug'oriladigan  yerlardagi  singari.  Ko'k 
no'xat  lalmikorlikning  tekislik-tepalik  mintaqasida  gektariga  60—80  kg, 
tog'  va  tog'  oldi  mintaqasida  80—100  kg  me’yorlarda  ekiladi.  Ekish 
chuqurligi  tuproq  mexanik  tarkibi,  namlikka  bog'liq  holda  5  —10  sm 
o'zgaradi.  N o'xat  maysalari  hosil  bo'lguncha  va  maysalar  paydo 
bo'lgandan  keyin  1—2  boronalanadi  yoki  rotatsion  motiga  bilan  ishla­
nadi.  Begona  o'tlar  va  zararkunandalarga  qarshi  kurash  sug'oriladigan 
yerlardagi  singari.
Hosilni  yig'ishtirib  olish.  Ko'k  no'xat  donlari  bir  vaqtda  yetil- 
maydi.  Avval  pastki  dukkaklar  keyin  ustidagilar  pishadi.  Shuning  uchun 
hosilni  ikki  fazali  usulda  yig'ishtirish  yaxshi  natija  beradi.  Dukkak- 
larning  60—75  %  i  qo'ng'ir tusga  kirishi  bilan  ko'k  no'xat  o'rib  dastala- 
nadi.  Bu  paytda  donning  rangi  shu  nav  uchun  xos  bo'ladi,  namligi 
35—40  %  ni  tashkil  qiladi.  O'rim  3—4  kunda  tugallanishi  lozim.  O'rim 
JRB—4,2,  KS—2,1  o'roq  mashinalarida  PB—2,1  va  PBA—4  moslama- 
lari  bilan  jihozlab  o'tkaziladi.  Dastalardagi  hosil  SK—5,  SK—4,  Keys 
kombaynlarida  maxsus  moslamalar  qo'yib  yanchiladi.  Don  yanchilishida 
namligi  16—19  %  bo'ladi.  Dondagi  namlik  15  %  dan  kam  bo'lsa, 
donlar  maydalanib  ketishi  kuchayadi,  20  %  da  donlar  ezilib  jarohatla- 
nadi.  Don  yanchilishi  ham  3—4  kundan  oshmasligi  lozim.  Don 
nobudgarchiligini  kam aytirish  maqsadida  o'rim   ertalab  salqinda 
o'tkaziladi.  Barabanlar  aylanish  tezligi  minutiga  400—500  gacha 
kamaytirilib,  barabanlar  oralig'i  kengaytiriladi.
Ko'k  no'xat  bir  tekis  yetilsa,  bir  yo'la  kombayn  bilan  o'rib-yanchib 
olish  mumkin.  Poxoli  hosil  yig'ishtirilgandan  keyin  darhol  g'aramlanadi 
yoki  makkajo'xori,  lavlagi  barglari  bilan  qo'shib  silos  tayyorlashda  ish­
latiladi.  Urug'lar  14—16  %  quritilib,  tozalanib  xaltalarda  yoki  uyum- 
larda  saqlanadi.
Ko'k  no'xat  yashil  massasi  uchun  yetishtirilganda  dukkaklari  yop- 
pasiga  o'rim   mashinalarida  o'riladi.  Yashil  massa  hosili  350  s/ga  ga 
yetadi.
Yashil  o'g'it  sifatida  o'simlik  yoppasiga  gullaganda,  o'simliklar  us- 
tida  g'altak  bosiladi,  keyin  dala  uzunasiga  va  ko'ndalangiga  diskala- 
nadi,  massa  maydalanadi,  28—30  sm  chuqurlikda  haydab  bir  yo'la 
borona  qilinadi.
235
www.ziyouz.com kutubxonasi

4-BOB.  XASHAKI  0 ‘TLAR
4.1.  XASHAKI  0 ‘TLARNING  UMUMIY  TAVSIFI
Ekiladigan  yem-xashak  o'tlarining  qishloq  xo‘jaligidagi  ahamiyati 
katta.  Ulardan  olinadigan  oziqa  tarkibida  protein,  uglevodlar,  karotin, 
vitaminlar  va  ma’danli  tuzlar  ko‘p.  Oziqa  birligining  balanslanishi  va 
boshqa  ko'rsatkichlar  bo'yicha  ekiladigan  o‘tlar boshqa  yem-xashak  ekin- 
lariga  nisbatan  bir  qancha  ustunliklarga  ega:
Birinchidan  —  ular  chorva  mollari  uchun  erta  bahordan  kech  kuz- 
gacha  sifatli  oziqa  beradi.  Hamma  yem-xashak  o'tlari  sutkalik  harorat 
0
‘rtacha  5  °C  ga  yetganda  jadal  o‘sa  boshlaydi.  0 ‘zbekiston  sharoitida 
yerdan  qor  ketishi  bilan  erta  bahordan  boshlab  kech  kuzgacha  o'sadi. 
Bir  maydonda  ko‘p  yil  davomida  o‘sish  ulardan  tannarxi  past  yashil 
massa,  senaj,  pichan,  briket,  granula  tayyorlashga  hamda  ulardan  yay- 
lov  sifatida  foydalanishga  imkon  beradi.
Ikkinchidan  —  ko‘p  yillik  o‘tlarning  yashil  massasi,  pichani  ozu- 
qaviy  qimmatining  yuqoriligi  bilan  ajralib  turadi.  1  kg  sebarga  picha- 
nida  0,52  oziqa  birligi  saqlanadi.  Sebarga,  beda,  bargak  yashil  massasi- 
dan  tayyorlangan  vitaminli  o‘t  uni,  granula,  briketlarda  oziqa  element- 
lari  balanslangan.
Uchinchidan  —  ko‘p  yillik  o‘tlar  tuproqni  shamol  va  suv  eroziyasi- 
dan  himoya  qiladi.  0 ‘zbekistonda  ham  suv  eroziyasiga  uchragan  may­
donlarda  ko‘p  yillik  o‘tlarni  ekish,  eroziyaning  salbiy  oqibatlarini  bar- 
taraf  qilishga  imkon  beradi.
To ‘rtinchidan  —  ular  oziqa  moddalarning  o'simliklar  ildizi joylashgan 
qatlamidan  pastga  yuvilib  ketishining  oldini  oladi.  0 ‘zbekiston  paxtachilik 
instituti  va  0 ‘zbekiston  chorvachilik  ilmiy  tadqiqot1  instrtutining 
m a’lumotlariga  ko‘ra,  ko‘p  yillik  o‘tlar  azot,  kaliyni  yuvilib  ketishini 
keskin  kamaytiradi  va  ularning  tuproq  haydalma  qatlamida  to'planishiga 
sharoit  yaratadi.
Beshinchidan  —  ko‘p  yillik  o'tlar  tuproqda  gumus  to'planishiga 
ko'maklashadi.  Gumus  tuproqning  xossalarini  yaxshilaydi.  Tuproqda  gu­
mus  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  uning  issiqlik  o‘tkazishi  yomonlashib,  issiqlik- 
ni  ushlash  qobiliyati  ortadi.  0 ‘zbekistonning  quruq,  issiq  yozi,  konti- 
nental  iqlim  sharoitida  tuproqning  bu  xossasi  katta  ahamiyatga  ega. 
Qishda  kuzgi  ekinlarning  chidamliligini  oshirishga,  yozda  tuproq  va  havo 
qurg‘oqchiligining  zararli  ta’sirini  kamaytirishga  imkon  beradi.  Tuproqda 
gumus  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  undan  suvning  fizik  bug‘lanishi  shuncha 
kam  bo‘ladi.  Madaniy  o'simliklarning  namlikdan  foydalanish  mahsul- 
dorligi  ortadi.  Gumus  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  oziqa  moddalarning  tup-
236
www.ziyouz.com kutubxonasi

roqni  ildiz joylashgan  qatlamidan  pastga  yuvilishi  shuncha  kam  bo'ladi. 
U  tuproqdagi  o'simliklar  o'zlashtirsa  bo'ladigan  oziqa  elementlarining 
asosiy  manbalaridan  biridir.  Gumus  qancha  ko'p  bo'lsa,  tuproqda  foy- 
dali  mikroorganizmlar  shuncha  ko'p  bo'ladi.
Oltinchidan  —  ular  tuproqning  meliorativ  holatini  yaxshilaydi,  tup­
roq  sho'rlanishini  kamaytiradi,  beda,  qashqarbeda,  dalani  begona 
o'tlardan,  kasalliklardali  tozalaydi.
Yettinchidan  —  ko'p  yillik  o'tlarning  dukkaklilar  oilasiga  kiruvchi 
vakillari  tuproqni  azot  bilan  boyitadi.  Sebarga  har  gektar  yerda  1  yil 
davomida  150—200  kg  azot  to'playdi,  shundan  30—40  %  i  tuproqda 
qoladi.
Ko'p  yillik  o'tlarning  tuproqda  gumusni,  azotni  oshirishi  yuqori  ag- 
rotexnik  sharoitdagina  kuzatiladi.  Hosildorlik  past,  tuproqda  namlik 
yetishmaganda,  kislotalik  yuqori  bo'lsa,  oziqa  moddalar  yetishmasa  ular 
o'zlarining  ijobiy  xususiyatlaridan  to'la  foydalana  olmaydilar.
Harnrna  yem-xashak  o'tlari  ikkita  oilaga  bo'linadi,  dukkakli  va 
qo'ng'irboshsim onlar:  dukkaklilar  —  beda,  sebarga,  esparset  (bar- 
gak),  qashqar  beda  va  bir  yilliklarga  —  seradella,  xashaki  oqbur- 
choq,  vika,  shabdar,  bersim  kiradi.  K o'p  yillik  qo'ng'irboshsim onlar 
oilasiga  —  ajriqbosh,  betaga,  oqso'xta,  erkak  o 't,  suv  bug'doyiq, 
mastak,  ildizpoyasi  bug'doyiq  kiradi.  Bir  yillik  qo'ng'irboshlar  oila­
siga  kiruvchi  o'simliklarga  —  Sudan  o 'ti,  bir  yillik  raygras,  vengriya 
qo'nog'i  kiritiladi.
Ko'p  yillik  o'tlarning  madaniy  yaylovlarni  barpo  qilishdagi  ahamiyati 
katta.  Ular  bir  maydonda  10—14  yil  o'sadi.  Madaniy  yaylovlarning  1 
gektaridan  8—10  ming  oziqa  birligi  olish  mumkin.  Ular  eng  arzon, 
tannarxi  past  sifatli  oziqa  beradi,  chorva  mollari  sog'lig'ini,  naslini  yax­
shilaydi,  sog'in  sigirlar  sutini  oshiradi.
4.2.  BEDA
O'zbekistonda  beda  asosiy  yem-xashak  ekinlaridan  biri  va  almash­
lab  ekishda  tumanlarda  asosiy  qishloq  xo'jalik  ekinlaridan  biri  g'o'zaning 
asosiy,  doimiy  o'tmishdoshidir.
Beda  chorva  mollari  uchun  erta  bahordan  kech  kuzgacha  oziqa 
beradigan  ekin.  O'zbekiston  sharoitida  beda  havo  harorati  7°  С  dan 
oshganda  jadal  o'sa  boshlaydi.
Bedadan  senaj,  pichan,  silos,  briket,  granula,  vitaminli  o 't  singari 
oziqalar  tayyorlash  mumkin.  Juda  ko'p  mamlakatlarda  bedani  oziqa  ekin­
larining  malikasi  deb  atashadi.  Beda  arabchada  alfa-alfa  yoki  birinchi- 
birinchi  deyiladi,  xuddi  shunday  nomlanish  ingliz  tilida  ham  qo'llaniladi. 
Ko'p  yillik  o'tlar  orasida  beda  yashil  massasi  va  pichani,  granula,  briket 
hamda  vitaminli  o 't  uni  (talqoni)  yuqori  oziqaviy  qimmatga  egaligi,
237
www.ziyouz.com kutubxonasi

20-rasm.  Ekma  beda.  I,  2  -   rivojlangan  unib  chiqish  va  gullash  fazalari- 
dagi  o'simliklar;  3  — poyaning  barg  va  to'pgulli  qismi;  4  -   gul;  5  -   meva 
(chapdan  kattalashtirilgani).
to'yimliligi  bilan  ajralib  turadi.  1  kg  vitaminli  o‘t  unida  1  kg  suli  do- 
nidagi  oziqa  birligi  bor  (0,8—1,0  ).
Beda  sharbati  dorivor  sifatida  odamlar  tomonidan  iste’mol  qilinadi. 
Beda  tuproqni  suv  va  shamol  eroziyasidan  samarali  himoya  qiladi, 
oziqa  moddalaming  tuproq  haydalma  qatlamidan  pastki,  tuproqning  il­
diz  tarqalmagan  qatlamlariga  yuvilib  ketishidan  saqlaydi.
238
www.ziyouz.com kutubxonasi

Bedadan  keyin  gumus  moddasining  miqdori  ortadi,  ko£pincha  uch 
yillik  beda  ekilgan  1  ga  maydonda  60—70  t  go£ng  tarkibidagi  miqdorda 
azot  to £planishi  kuzatiladi.  Tuproqni  azot  hamda  organik  moddalar  bilan 
boyitadi.  Tarkibida  gumus  moddasi  ko£p  bo£lgan  tuproqning  fizik-suv 
xossalari  yaxshilanadi,  issiqlikni  o£tkazishi  pasayadi  hamda  uning  issiqlikni 
yutish,  ushlash  xususiyati  ortadi.  Bu  ayniqsa,  kontinental  iqlim  sharoitida 
yuqori  issiq  hamda  sovuqning  salbiy  ta’sirini  kamaytirishga  imkon  bera­
di.  Ayniqsa,  kuzgi  don  ekinlarida  bu  ijobiy  hoi  samarasi  ko£p  kuzatiladi.
Tarkibida  gumus  miqdori  ko‘p  bocIgan  tuproqlarda  suvning  flzik 
bug£lanishi  kam  bo£ladi  va  namlik  madaniy  ekinlar  tomonidan  yaxshi 
o£zlashtiriladi.  Beda  tuproqning  meliorativ  holatini  yaxshilaydi,  sho'rni 
kamaytiradi,  sizot  suvlar  sathini  pasaytiradi.  Bu  xususiyat  bedaning  kuchli 
rivojlangan  ildiz  tizimi  bilan  bog£liq.
Beda  1  ga  maydonda  3  yil  davomida  300—400  kg  azot  to'playdi. 
Uning  keyingi  ta’siri  uch  yilga  yetadi.
0 £zbekistonda  g£o£za  maydonlarida  vilt  kasalligining  oldini  oladi  va 
uni  kamaytiradi.  Bedadan  keyin  g£o£za  hosildorligi  oshadi,  tola  sifati 
yaxshilanadi.
Bedaning  100  kg  pichanida  48,8  o.b.,  shuncha  ko£k  massasida  21  o.b. 
hamda  4  kg  hazmlanadigan  protein  bor.  1  kg  ko£k  massasida  50  mg 
karotin  moddasi,  shuningdek,  Sa,  R,  К  va  boshqa  foydali  elementlar  ko£p. 
Gullash  fazasi  boshlanishida  o£rilgan  quruq  yer  usti  massasida  19—21  % 
xom  oqsil  saqlanadi  va  uning  hazmlanishi  eng  yuqori  78  %  ni  tashkil 
etadi.  Pichanida  33,9  %  AEM,  40  mg  karotin  moddalari  saqlanadi.
Ko£k  beda  0 £zbekistonda  300  ming  gektardan  ortiq  maydonga  eki­
ladi.  Yerlarning  tuproq  meliorativ  sharoitiga  qarab  u  almashlab  ekishda 
25—35,4  %  va  sug£oriladigan  yerlarda  18—20  %  maydonni  band  qilishi 
mumkin.  Yerlarning  unumdorligi  past  va  meliorativ  holati  yomon  bo£lsa, 
almashlab  ekishda  beda  ko£proq  maydonga  ekilishi  m a’qul.
Beda  serhosil  ekin  va  u  1  gektardan  150—350  s  pichan  va  400—800  s 
yashil  massa  hosili  berishi  mumkin.  Beda  urug£ining  hosildorligi  o£rtacha 
3—4  s/ga,  ilg£or  xo£jaliklarda  beda  urug£i  hosili  8—10  s/ga  ga  yetadi. 
Kanadada  sanoat  texnologiyasi  asosida,  yovvoyi  asalarilarni  jalb  qilish 
yo£li  bilan  beda  hosildorligi  18—22  s/ga  ga  yetkazilgan.
Beda  dunyo  dehqonchiligida  juda  keng  tarqalgan.  Ocrta  Osiyoga 
A.  Makedonskiy  yurishlari  davrida  keltirilgan  degan  taxminlar  bor.  Va- 
tani  Ocrta  Yer  dengizi  mamlakatlari.
Beda  (Medicago  L.)  avlodiga  100  dan  ortiq  turlar  kiradi.  Uning 
bir  yillik  va  ko£p  yillik,  madaniy  hamda  yovvoyi  turlari  mavjud. 
Mamlakatimizda  bedaning  56  turi  uchraydi,  shulardan  20  tur  ko£p 
yillikdir.  Eng  ko£p  ekiladigan  va  tarqalgan  turlari:  ko£k  beda  -   M edi­
cago  sativa  L.,  sariq  beda  (o£roqsimon)  —  Medicago  falcata  L.,  du­
ragay  beda  —  M.media  L.,  zangori  beda  —  M.  coerulae  L.,  xmelsi- 
mon  beda  —  M.  lupulina  L.
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling