R. O. Oripov, n X. Xalilov
maydonlardagi hosil 3 oydan keyin iste’molga. ishlatilishi mumkin
Download 216 Kb. Pdf ko'rish
|
maydonlardagi hosil 3 oydan keyin iste’molga. ishlatilishi mumkin. Tuproq 30—35 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Ekish ol didan boronalanadi, mola bosiladi. Xashaki sabzi O'zbekistonda fevral oyining oxiri mart oyining boshlarida ekiladi. Yozda ekilganda iyun- ning ikkinchi yarmi, iyulning birinchi yarmida ekiladi. Xashaki sabzi qatori orasi 45 yoki 60 sm qilib, qo£sh qatorlab, qatorlar orasi 15—20 sm qilib, lentalab lenta orasi 45—60 sm qilib eki ladi. Sabzini tup qalinligi 300—400 ming/ga boclishi ta’minlanadi. Ekish me’yori 2—6 kg/ga. Ekish chuqurligi 1—2 sm. Xashaki sabzini kech kuzda, avgustda ekib erta bahorda hosilini olish mumkin. Urug£larni ekish oldidan 1—2 soat xona haroratida ivitilib, keyin 2—3 kun ichida xona haroratida nishlatib ekish hosildorlikka ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Parvarishda boronalash, qator oralarini yumshatish, begona o£tlarga qarshi kurash, sug'orish ishlari o £z vaqtida sifatli qilib bajariladi. Sabzi qalin ekilganda, 4—5-barglar hosil bo£lganda har 4—5 sm da bitta o'simlik qoldirilib yagona qilinadi. Hosilni yigish. Dastlab barglar KIR—1,5B, U B D —ЗА mashinalari yor damida o£riladi. Keyin SN U—3S, SNSh—4, SNS—2M rusumli kovlagich- lar bilan yigcib olinadi. Hosil qo£l bilan terib uyumlanadi. Hosilni yig£ishda kartoshka kovlaydigan kombaynlardan foydalanish mumkin. Xashaki sabzi qatlamlari orasiga qum solib saqlash eng yaxshi natija beradi. Ko£pincha sabzini saqlash uchun eni 50—60 sm, chuqurligi 70—80 sm o £ralardan foydalaniladi. Maxsus omborlarda saqlansa, harorat 1—2 °C, havoning nisbiy namligi 90 -9 5 % bo£lishi ta’minlanadi. Bu usulda il- dizmevalar eng yaxshi saqlanadi. 293 www.ziyouz.com kutubxonasi 7-BOB. TOLALI EKINLAR 7.1. G‘0 ‘ZA Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. G'o'zaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati benihoyadir. Chunki g'o'za yoki uning mahsulotidan tayyorlangan buyum- lar u yoki bu miqdorda ishlatilmaydigan xo'jalik tarmog'i bo'lmasa kerak. G'o'za boshqa qishtoq xo'jalik ekinlariga nisbatan farq qilib, bir yo£la uch turdagi qimmatli mahsulot, ya’ni to'qimachilik mahsuloti uchun xomashyo — tola, oziq-ovqat uchun moy, chorva oziqasi — kunjara va sheluxa beradi. G£o£za asosan tola olish uchun ekiladi. Paxtaning 1 tonna xomashyo- sidan o'rtacha 320—340 kg tola, 560—580 kg chigit olinadi. 340 kg toladan o'z navbatida 3500—4000 m2 gazmol, 580 kg chigitdan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa va 8 kg lint (momiq) ishlab chiqariladi. Paxta tolasidan yuqori sifatli tekstil va texnik mahsulotlari (buyum- lari) ishlab chiqarilganligi uchun ham stin’iy tolalardan farq qiladi va universal xomashyo beruvchi tabiiy tolalar guruhiga mansubdir. Paxta tozalash zavodlarida chigitli paxtadan 34—35 % tola, 60—62 % chigit, 2—2,5 % momiq (lint) va 1,0—1,5 % chiqitlar ajratib olinadi. Dunyo miqyosida to'qimachilik tolasi ishlab chiqarishda paxta ulii- shiga 50—60 % dan ko'prog'i to'g'ri keladi. Tolasidan, asosan, ip yigiri- ladi, to'qimachilik buyumlari, kiyim va gigroskopik paxta tayyorlanadi. Undan aviatsiya, avtomobil, elektr va boshqa sanoatlar keng foydalanadi. Toladan parashutlar, baquvvat iplar, kirza, shlanglar, qayish, kino — rasm plyonkalari, yozuv qog'ozlari kabi ko'plab mahsulotlar tayyorlanadi. Chigitdan presslash va ekstraksiya qilish yo'li bilan paxta moyi oli nadi. Moyi esa oziq-ovqat va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Undan sovun pishirishda, alif, lak, emal va boshqa xil buyumlar ishlab chiqarish da foydalaniladi. Chigit tarkibida gossipol pigmenti (zaharli organik birikma) bo'lib, moy olish jarayonida ajratib olinadi va undan ham har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarishdagi qoldiq gudron ham foydalanish uchun xalq xo'jalik tarmoqlariga yuboriladL Momiq paxta kiyim-kechak, ko'rpa-yostiqdan tashqari, sun’iy ipak, plastmassa, lak, qog'oz, partlovchi moddalar tayyorlashga saflanadi. Chigit po'sti (sheluxa) dan va shrotidan chorva uchun oziqa bo'lishdan tashqari, sanoatda potash, oshlovchi moddalar, spirt, qog'oz, karton va boshqa ko'plab mahsulotlar olinmoqda. Hatto g'o'za shroti dan fitin va oziq-ovqat oqsili ajratiladi. G'o'za tupidan 100 dan ko'proq birikmalar olinishi mumkin. Bargi- dan 20 xil organik kislotalar, jumladan, qimmatli olma va limon kis- 294 www.ziyouz.com kutubxonasi lotalar olinadi, Shuningdek, vitaminlar, stimulyatorlar, aminokislotalar, mikroelementlar ham paxta tozalash zavodlarining chiqitlarida uchraydi. Poya, chanoqlardan yoqilg'ilikdan tashqari qurilish materiali sifa tida keng foydalanish ahamiyatlidir. Undan preslangan fanerlar, yog'ochlar, mebel yasash uchun kerakli materiallar tayvorlanadi. Shuningdek qog'oz, karton, sellyuloza ham olinadi. Maydalangan g'o'zapoyani o'g'it va fermentlash yo'li bilan yem-xashakka aralashgan holda mollarga oziqa sifatida ham qo£llash mumkin. G'o'za o'simligi o'zida ko'p miqdorda shira saqlaydi. Shuning uchun paxtachilik bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklarda asalarichilikni rivojlantirish imkoniyati ham kattadir. Umuman, g'o'za qimmatbaho o'simlik bo'lib, uning t.olasi, chigiti va boshqa qismlaridan 200—250 xilgacha keng iste’mol mollari va texnikabop mahsulotlar olinadi. Jahon paxtachilik tarixi. G'o'za o'simligi yer sharining tropik min- taqasidan, ya’ni havo harorati +18 °C dan kam bo'lmagan musson iqlimli sharoitdan kelib chiqqan bo'lib, uning yer yuzasidagi barcha tur xillari «Gossipium», ya’ni «G'o'za» avlodiga mansubdir. G'o'za o'z vatanida ko'p yillik daraxtsimon va butasimon o'simlik bo'lib, ularning hosili kam va tola sifati past bo'ladi. Dehqonchilikda esa lining bir yillik madaniy tur va navlari ekiladi va foydalaniladi. Ko'p yillik yowoyi g'o'zalarning bo'yi 6—7 m, ba’zan 10—20 m bo'ladi. Bir yillik madaniy g'o'zalarning balandligi esa 30—40 sm dan 2 m gacha yetadi. Ma’lumotlarga ko'ra, g'o'za avlodi 70—100 mln yil avval bo'r dav rida vujudga kelgan deb taxmin qilinadi. Yer yuzida g'o'zaning bir- biridan farq qiluvchi geograflk guruhlari mavjud. Bular Avstraliya (Stur- tiya), Afrika—Osiyo (Poleotropik — eugossipium) va Amerika (Neotro- pik—Karpas) guruhlaridir. Har bir guruhdagi g'o'zalar ham belgi va xususiyatlariga qarab kichik guruhlarga bo'linadi. Insoniyat o'z maqsadlari uchun tanlash va duragaylash yo'llari bi lan yangidan-yangi g'o'za shakllarini vujudga keltirdiki, oqibatda 7—9 oyda ko'sagi ochiladigan daraxtsimon shakllardan 4—6 oyda pishib yetiladigan bir yillik g'o'zalarni yaratdilar. F. Mauer klassifikatsiyasi, bo'yicha yer yuzida g'o'zaning 35 turi mavjud bo'lib, ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi. Madaniy g'o'zalardan G .xirzutum (G .hirsutum ), G .barbadenze (G .barbadenze) va G.trikuspidatum (G.tricuspidatum) yangi dunyo g'o'zalaridir. G.xirzutumning asl vatani Meksika bo'lganligi uchun uni Meksika g'o'zasi deyiladi. G.barbadenze — Peru g'o'zasi, trikuspidatum esa Vest- Indiya uch tishchali g'o'zasi nomi bilan ataladi. Eski dunyo g'o'zalaridan G.arboreum (G.arboreum) Hindi-Xitoy g'o'zasi, G.xerbateum esa (G.herbaceum) — Afrika—Osiyo g'o'zasi nomi bilan yuritiladi. Ekilish maydoni jihatidan birinchi o'rinni Xirzutum 295 www.ziyouz.com kutubxonasi egallasa, keyingi o'rinlarda G.arboreum, G.barbadenze, G.xerbaseum tu- radi. G.trikuspidatum esa juda oz maydonda, dengiz sohili iqlimli sha roitida o‘stiriladi. Insoniyat ibtidoiy jamiyatda ham paxta tolasidan foydalangan. Umu- man, inson paxta tolasidan 15—30 ming yil va undan ham ilgari foy dalangan bo‘lishi kerak. Paxta tolasidan mato (gazlama) to‘qishning boshlanishidagi eng qadimgi davlatlardan biri Hindiston bo'lgan. Arxeologik qazilmalar asosida aniqlanishicha, bu yerda eramizdan 3000 yil oldin paxta tolasidan keng foydalanilgan. Paxta tolasidan foydalanish Hindiston orqali Hindi—Xitoyga tarqaladi va bu davr eramizgacha 1500 yilga borib taqaladi. Xitoyda paxtachilik bilan shug‘ullanish Hindistonga nisbatan birmuncha kech boshlangan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Eron va Arabistonda g‘o‘za o'stirish eramizdan oldingi VI asrda, Misrda esa VII asrda mavjud bo'lganligini ta ’kidlaydi. 0 ‘rta Osiyo hududida bundan 2200—2400 yil muqaddam g‘o ‘za o ‘stirilganligi va eramizning boshida toladan keng foydalanilganligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar mavjud. Yevropada paxtachilik nisbatan kechroq rivojlanadi. Eramizning I—II asrida Gretsiyada, Bolqon yarim orollarida esa VII asrda ekilganligi ma’lum. Yangi dunyoda (Amerika qit’asida) paxtachilik Eski Dunyoga aloqasi bo'lmagan holda, mustaqil rivojlangan va qadim zamonlarga borib taqaladi. Avstraliyada paxtachilik bilan kech shug‘ullanilgan va bu davr XVIII asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Paxiachfflkning hozirgi ahvoli va 0 ‘zbekistonda paxta yetishtirish. Yer yuzida paxta yetishtiriladigan maydonning shimoliy chegarasi, shimoliy kenglikning 38—44° va janubiy chegarasi esa janubiy kenglik- ning 35 0 paralleliga to‘g‘ri keladi. Mana shu kenglikda 90 dan ko'proq mamlakatda, 32—33 million gektardan ko‘proq maydonda g'o 'za o'stiriladi va har yili 19-20 million tonna tola yetishtiriladi. Jahonda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi mamlakatlar Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, O'zbekiston, Braziliya, Turkiya, Misr, Meksika bo‘lib, ularning hisobiga dunyoda umumiy yetishtirilayotgan paxtaning 80 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi (22-jadval). Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) kiruvchi mamlakatlar- dan 0 ‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog'iston va Ozarbayjonda paxtachilik keng rivojlangan boiib, ularning dehqon- chiligi tabiiy tuproq-iqlim sharoitlariga qarab o‘zaro farqlanadi. Marka ziy Osiyoning iqlimi ancha quruq, atmosfera yog‘inlarining miqdori kam, havoning harorati ko‘klam va yoz oylarida yuqori, faqat sun’iy sug'orish bilangina hosil olinadi. Bu regionda g‘o‘zaning, asosan, ikki turiga kiruvchi navlari ekiladi: 1. G.xirzutum turiga kiruvchi o‘rta tolali g‘o‘zalar. 2. G.barbadenze turiga kiruvchi uzun (ingichka) tolali navli g‘o‘zalar. 296 www.ziyouz.com kutubxonasi 22-jadval Jahonda paxta tolasi yetishtirishning holati (mln toima) Mamlakatlar 1 9 9 8 - 19 99 1 9 9 9 - 2000 2 0 0 0 - 2001 2 0 0 1 - 2002 2 0 0 2 - 2003 2 0 0 3 - 2004 Xitoy 4,5 3,8 4,4 5,3 4,9 4,8 AQSH 3,0 3,7 3,7 4,4 3,7 4,0 Hindi st on 2,8 2,7 2,4 2,7 2,3 2,8 Pokiston 1,4 1,9 1,8 1,8 1,7 1,7 0 4zbekiston 1,0 1,1 1,0 1,1 1,0 0,9 Afrika mam- lakatlari 0,9 0,8 0,7 1,0 0,9 1,0 Turkiva 0,8 0,8 0,8 0,9 0,9 0,9 Braziliya 0,5 0,7 0,9 0,8 0,8 1,1 Avstraliya 0,7 0,8 0,8 0,7 0,4 0,3 Gretsiva 0,4 “ 0,4 0,4 0,5 0,4 0,4 Misr 0,2 0,2 0,2 0,3 0,3 0,2 Suriva 0,3 0,3 0,4 0,4 0,2 0,3 Turkmanistoii 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2 Eron 0,1 0,1 0,2 0,1 0,1 0,1 Argentina 0,2 0,1 0,2 0,1 0.1 0,1 Paragvay 0,1 0,1 0,1 0,0 0,1. 0,1 Boshqa mamlakatlar 1,3 1,2 1,2 1,3 1,2 1,4 Jahon bo6yicha 18,6 ■19,1 19,3 21,4 19,2 20,1 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlari nisbatan tezpishar bo‘lib, keng maydon larda ekiladi, ingichka tolali g‘o‘za navlari esa o £suv davri uzitnroq bo'lgan janubiy mintaqalarda ekiladi va umumiy paxta maydonining 10 % ini tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi jahondagi eng yirik paxta yetishtiruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. U paxta yetishtirish bocyicha dunyoda V- VII o'rinlarni egallab, ko£p miqdorda paxta tolasini xorijiy mamlakat- larga eksport qilmoqda. O'zbekiston paxtachiligi uzoq o ctmishga ega boclsada, sohaning jadal rivojlanishi XX asrga to'g'ri keladi. Ma’lumotlarga asosan, 1860-yilda 0 ‘zbekiston hududida 36 ming gektar maydonga chigit ekilib, gektari- dan 7 sentnerdan hosil olingan, yalpi hosil 25 ming tonnani tashkil etgan. Paxtaga talab tez orta borganLigi natijasida 1913-yilga kelib O'zbekiston hududida yetishtirilgan hosil 517,2 ming tonnani tashkil etdi, hosildorlik esa 12,2 sentnerga ko4arildi. Paxtachilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati katta boclganligi uchun sohani rivojlantirishga e’tibor berilib, ekin maydonlarini kengaytirish, kanallar chiqarish, suv omborlari qurish, o cg eit va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash kabi tadbirlar jadal ravishda olib borildi. Natijada paxtachilik sugcoriladigan maydonning 70—75 % ini egal- 297 www.ziyouz.com kutubxonasi lab, paxtaning yalpi hosili 5,5—6 million tonnagacha yetkazildi, hosil dorlik esa 26—30 sentnergacha ko'tarildi. Bu ishlab chiqarishga bir to- monlama yondashish oqibati bo'lib, respublika qishloq xo'jaligi boshqa tarmoqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatar edi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, barcha sohalarni rivojlantirishni amalga oshirmoqda. Endi- likda paxtachilik bilan bir qatorda g'allachilik, meva-sabzavotchilik, chor- vachilik kabi tarmoqlarning jadal rivojlanish imkoniyatlari yaratildi. Ekin maydonlarining tizimida paxtaning salmog'i tuproq-iqlim sha- roitlariga qarab, 50—60 % dan oshmasligi, qolgan maydonlarga esa don, oziqabop yem-xashak ekinlarini joylashtirish lozim bo'ladi. Paxtachilikni intensiv rivojlantirish, mamlakat bo'yicha hosildorlikni gektariga 30—35 sentnerga, yalpi hosilni 4—4,5 million tonnaga ko'tarish sohaning barqarorligini ta’minlaydi. G'o'za yuqori potensial imkoniyatlarga ega bo'lgan o'simlik bo'lib, uning hosildorligi ayrim xo'jaliklarda gektaridan 40 sentnerdan ham oshiqroq bo'lsa, ishlab chiqarish ilg'orlari 50 sentnerdan ham yuqori hosil olmoqdalar. Botanik ta’rifi. G'o'zaning barcha turlari bitta avlodga — Gossi- pium avlodiga kirib, gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasiga mansubdir. Gossipium avlodi 35 turni o'z ichiga oladi va ulardan 5 turi madaniy hisoblanadi: G.xirzutum (G.hirsutum) — Meksika yoki oddiy g'o'za (o'rta tolali) G.barbadenze (G.barbadenze) — Peru gco ‘zasi yoki uzun (ing ichka tolali), G.xerbatseum (G.herbaceum) — Afrika-Osiyo yoki o'tsimon g'o'za, G.arboreum (G.arboreum) Hindi—Xitoy yoki daraxtsimon g'o'za, G.trikuspidatum (G.tricuspidatum) — Vest—Indiya — uch tishchali g'o'zasi nomi bilan ataladi. Oxirgi Vest—Indiya tur g'o'zasi morfologik jihatdan xirzutumga ya- qin bo'lganligi uchun, akademik L.Abdullayev uni madaniy g'o'zalar guruhiga kiritmasdan kenja tur deb hisoblaydi va g'o'za turlarini 37 tagacha yetkazadi. Ildiz sistemasi o'q ildiz bo'lib, 1,5—2 m chuqurlikgacha kirib bo radi. Tuproq yuzasidan 4 - 6 sm chuqurlikda o'q ildizlardan birinchi tartib yon ildiz, birinchi tartib yon ildizdan ikkinchi tartib ildiz va bundan uchinchi tartib yon ildizlar va hokazolar paydo bo'lib, ildiz sistemasini vujudga keltiradi. Ildiz tuklari joylashgan yumshoq ingichka ildizchalar tuproqdagi oziq modda va suvni so'rib turadi. Bunday ildiz lar faol yoki so'ruvchi ildizlar deyiladi. O'suv davrining oxirida yon ildizlarning tarqalish diametri 1,2—2 metrgacha yetadi. Ildizning ishchan chuqurligi 1 metr va undan ortiq bo'lishi mumkin. Chigit unib chiqqach to shonalash davrigacha ildiz juda tez o'sadi, o'q ildizning sutkalik o'sishi 2 ,5 -3 ,2 sm bo'lsa, yon ildizlarning umumiy o'sish yig'indisi 30—45 sm ga yetadi. Ildiz sistemasining o'sishi va rivojlanishiga tuproq tipi, mexanik 298 www.ziyouz.com kutubxonasi tarkibi, yer osti suvlarining chuqur — yuzaligi, tup qalinligi, sug'orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish kabi omillar ta’sir ko'rsatadi. Poyasi. Voyaga yetgan g'o'zaning bosh poyasi ikki qismdan iborat: Quyi qism — ildiz bo'g'zi bilan urugc barg joylashgan oraliq — urug£barg osti tirsagi (gipokatil). Ustki qism — poyaning urug£barg joylashgan qismidan yuqorisi — urug'barg ustki qismi (epikotil) deb ataladi. Urug£barg ostki tirsagida hech qanday chinbarg va shox bo£lmaydi. Urug£barg ustki qismida chinbarg bo'lib, lining qo'ltig'idan shox chiqa di. Ekilib kelinayotgan g'o'zalarning bo'yi o csish sharoiti, turi, naviga qarab 70—80 sm dan 120—140 sm gacha, ingichka tolali g'o'zalarda 120-150 ba’zan 200 sm ga yetadi. Poya tikka, mustahkam, tukli yoki tuksiz bo'lishi mumkin. Bosh poyada barglar spiral shaklda 1/3, 2/5, 3/8 formula asosida joylashadi, bu ko'proq g'o'za turiga bog'liq. Bosh poya bo£g£im oralig'ining katta-kichikligiga qarab uch zonaga bo'linadi: 1) quyi zona — bo'g'im oralig'i qisqa; 2) o'rta zona — bo'g'im oralig'i uzun; 3) yuqori zona — bo'g'im oralig'i yana qisqarib boradi. G'o'za ko'karib chiqqandan to shonalaguncha poya sekin o'sadi, shonalashdan boshlab esa o'sishi tezlashadi. Poyaning o'sish va rivojla- nish tezligiga tur va navdan tashqari harorat, yorug'lik, tuproq namligi, oziqa bilan ta’minlanishi, tuproq xili ta’sir ko'rsatadi. G V z a shoxi. G'o'zaning yon shoxi bosh poyadagi barg qo'ltig'iga o'rnashgan kurtakdan chiqadi. G'o'zada shoxlar ikki xil bo'ladi: 1. O'suv shoxi (monopodial). 2. Hosil shoxi (simpodial). O'suv shoxi bosh poyaning quyi qismidan, bargning qo'ltiq kitrtagidan bosh poyaga nisbatan o'tkir burchak yasab, uchki o'sish kurtagining rivojlanishi hisobiga uzluksiz o'sib boradi. O'sish xarakteriga ko'ra egri-bugri bo'lmay to'g'ri o'sadi, bosh poyani eslata- di, undan hosil shoxlari ham paydo bo'lib, hosil beradi. Hosil shoxi bosh poyadan o'suv shoxiga qaraganda kengroq bur chak hosil qilib chiqadi. Hosil shox ham bosh poyaning barg qo'ltig'iga joylashgan kurtakdan chiqib, uchida gul kurtak hosil etish bilan o'sishdan to'xtaydi, mana-shu gul kurtak yonida barg ham paydo bo'ladi. Shu barg qo'ltig'idagi kurtaklardan biri o'sib, ikkinchi bo'g'im oralig'ini (pog'onani) vujudga keltiradi, bu ham gul kurtak va barg bilan tugalla- Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling