R. O. Xolbekov
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi nazariyasi
radi.
Sotish jarayonida quyidagilar sotilib pul korinishini oladi: mahsulotlar (sanoat korxonalarida); tovarlar (savdo korxonalarida); ishlar (qurilish tashkilotlarida); xizmatlar (maishiy xizmat korsatish muassasalarida); asosiy vositalar; qimmatbaho qogozlar; nomoddiy aktivlar; turli boshqa aktivlar. 36 7. Buxgaltåriya hisobiga qoyiladigan talablar va usullari Buxgaltåriya hisobiga qoyilgan talablar quyidagilardan iborat: 1. Hisobning sodda va tushunarli bolishi. Sodda va hamma uchun tushunarli hisobni tashkil etishdan asosiy maqsad, uni murakkablashuviga yol qoymaslik hamda hisob malumotlaridan kång xalq ommasi foydalana olishini taminlashdan iborat. 2. Hisobning råjaliligi. Bu talab yuqorida aytib otilgan soddalik talabi bilan chambarchas bogliqdir. Hisobda albatta zaruriy malumot va korsatkichlarga ega bolgan holda, hisob yuritish xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim. 3. Hisobning aniq va togriligi. Bu talab någizida xojalik fao- liyatlarida kuzatish natijasida olingan malumotlarni hujjatlarda aniq va togri qayd etish yotadi. Har xil maqsadlarda yoki etiborsizlik qilib xojalik hisobini noaniq hamda notogri aks ettirish qonun buzarlik hisoblanadi. 4. Hisob ishlarini oz vaqtida amalga oshirish, yani hisob ishlariga taalluqli qanday hodisa sodir bolgan bolsa, albatta oz vaqtida aks ettirmoq, hujjatlarda qayd qilmoq zarur boladi. Bu talab toliq bajarilganda xojalik faoliyati ustidan boshqaruv olib borish yaxshi yolga qoyiladi, roy bårgan yoki roy bårishi mumkin bolgan kamchiliklar oz vaqtida yoqotiladi. 5. Hisob korsatkichlari bilan råja korsatkichlarining birligi. Korxona, muassasa, tashkilotlar qaysi mulkchilik shakli asosida faoliyat olib borishidan qatiy nazar oz oldiga joriy va kålgusi råja korsatkichlarini tuzib oladi. Butun xojalik va ularning tarmoqlari boyicha hamda mamlakat miqyosida råja korsatkichlari bålgilab olinadi. Xuddi shu korsatkichlar bilan hisob korsatkichlari birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta ahamiyat kasb etadi. Hisob ishlab chiqarishning borishi, savdo, taminot, qishloq xojaligi, qurilish, maishiy xizmat, transport va hokazolar faoliyati qay darajadaligi haqida malumot båradi, råja bajarilishi ustidan nazorat ornatib, tahlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish ichki va tashqi omillarini topish imkoniyatini yaratadi. XXI asrning boshlanishi Ozbåkiston Råspublikasi hisob tizimining qayta qurish davriga togri kåldi. Såkin-asta buxgaltåriya hisobi tizimida xalqaro standartlar asosida huquqiy hujjatlar yaratila boshlandi. Bular jumlasiga 1996- yilning 30- avgustida qabul qilingan «Buxgaltåriya hisobi togrisida»gi qonun, 1995- yilning 1- yanvaridan amaliyotga joriy 37 qilingan «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va uni sotish boyicha mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi togrisida»gi Nizom va 1998- yildan boshlangan hamda hozirgacha davom etib kålayotgan buxgaltåriya hisobi milliy standartlari ishlab chiqilishi kabilar kiradi. Bunday huquqiy va måyoriy hujjatlarning yaratilishi hamda ishlab chiqilishi råspublikamizda hisob siyosatini olib borish uchun asos boladi. Råspublikamizda hisob siyosatini olib borishdan asosiy maqsad jahon amaliyoti va bozor munosabatlari talablariga mos kåluvchi hamda xalqaro standartlar asosida buxgaltåriya hisobi tizimining rivojlantirish konsåpsiyasini yaratishdir. Yaratilgan konsåpsiya davlatda buxgaltåriya hisobi tizimini qayta qurish uchun asos hisoblanadi. Råspublikamiz iqtisodiyotining hozirgi holatida ushbu konsåpsiyani yaratish quyidagi ishlar bajarish bilan båvosita bogliqdir: mulkchilik shaklidan qatiy nazar iqtisodiyotimizda faoliyat korsatayotgan xojalik yurituvchi subyåktlarda amaldagi buxgaltåriya hisobi huquqiy va måyoriy hujjatlariga bir xil kuchda amal qilishini taminlash; amaldagi huquqiy va måyoriy hujjatlarni hududiy, mahalliy sharoitlar, ananaviy va tarixiy tajriba hamda zamonaviy usul va xalqaro standartlar asosida såkin-asta takomillashtirib borish; buxgaltåriya hisobi xizmati tannarxini pasaytirish bilan uning malumotlari sifatini yaxshilash asosida ichki va tashqi foydalanuv- chilarning manfaatlarini esdan chiqarmagan holda hisob ishlarini tashkil qilish; mulkdor yoki korxona rahbari talablari va davlatda umumqabul qilingan tartib-qoidalar asosida korxona xususiyatlariga mos kåluvchi hisobning usul va uslubiyotini yaratish; korxona hisob siyosatini yuritish va undan kålib chiqqan holda usullarni qollashda erkinlik bårish; måyoriy hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqishda fanning rivojlanish tarixi, ananaviy, zamonaviy xalqaro usullari hamda uslu- biyotidan foydalangan holda uning mazmuni hamda mantigiga alohida etibor bårish; buxgaltåriya hisobi hamda uning turlariga taalluqli bolgan xojalik jarayonlarini yoritish va asoslashda nazariy, ilmiy asoslangan soz hamda atamalardan foydalanish, yani ozboshimchalik bilan asossiz soz hamda atamalarni qollashga chåk qoyish; 38 fan-tåxnika yutuqlari, xorijiy tajribalar, tarixiy, milliy va hududiy urf-odatlar asosida mutaxassislarni tayyorlashga alohida etibor qaratish. Kåltirilgan ishlarni bajarish bilan buxgaltåriya hisobining uzoq mud- datga moljallangan konsåpsiyasini yaratish hamda bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh tizim sifatida faoliyat korsatishi uchun zamin yaratiladi. Buxgaltåriya hisobi fani oz prådmåtini organish uchun albatta qandaydir usullardan foydalanadi. Buxgaltåriya hisobi xojalik yurituvchi subyåktlarning xojalik mablaglari, ularni tashkil topish manbalari hamda ularni xojalik jarayoni natijasida ozgarishini hujjatlarda, yagona pul korinishida, yani baholash yordamida, schyotlarda ikki yoqlama yozuv- dan foydalanib aks ettiradi. Hisob togri yurgizilayotganini invåntari- zatsiya yordamida aniqlab, tåkshirilgan malumotlar asosida esa kårakli kalkulatsiya olib boriladi, balans va hisobotning boshqa shakllari tuziladi. Buxgaltåriya hisobining uslubi buxgaltåriya hisobining prådmåti haqida ishonchli korsatkichlar olishni taminlaydi. Bu korsatkichlar ikki guruhga bolinadi: korxona mablaglarining hajmi, tarkibi, joylashishi va foydalanishi, ikkinchisi esa mablaglar manbayi va ularning maqsadli moljalidir. Korsatkichlar guruhi ozaro bogliqlikda bolib, ularning har ikkisi ham korxona mablagini aks ettiradi. Shuning uchun ham korsatkichlarning ikki guruhi ham (pul korinishida) ozaro tång bolishi lozim (balansli umumlashuv). Balansda umumlashuvga ega bolish maqsadida schyotning quyidagi usullari qollaniladi: xojalik mablaglarini baholash va kalkulatsiya; buxgaltåriya hisobi schyotlarining tizimi va xojalik jarayonlarini schyotlarda ikki yoqlama yozuv usulida aks ettirish; hisob rågistrlar malumotlarini umumlashtirish. Buxgaltåriya hisobi usulining elåmåntlari quyidagilardan iborat: 1. Hujjatlashtirish. 2. Invåntarizatsiya. 3. Schyotlar tizimi. 4. Ikki yoqlama yozuv. 5. Baholash va kalkulasiya. 6. Balans. 7. Hisobot. Buxgaltåriya hisobi usuli elåmåntlaridan biri baholash bolib, uning ahamiyati butun xojalik miqyosida ham kattadir. Baholash xojalik mablaglari, majburiyatlar va xojalik jarayon- larini pul olchov birligida aks ettirish usulidir. 39 Malumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xojalik mablaglari va ularning tashkil topish manbalari turli xil bolib, ularning olchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil korinishga egadir. Korxona xojalik faoliyatida roy båradigan xojalik jarayonlari natijasida mablag va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan ozgarishi ham tabiiy xoldir. Dåmak, ular hisobini yuritish uchun yagona olchov birligi puldan foydalanmaslikning iloji yoq. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi. Kalkulatsiya tannarxni aniqlash dåmakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan bazilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, matårial tannarxini aniqlash. Shuningdåk, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, moddalari, summalarini tovarlar boyicha tågishli ravishda taqsimlashda ham kalkulatsiyadan foyda- laniladi. Buxgaltåriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy boglangan. Umuman, etibor bårilsa, buxgaltåriya hisobining hamma usuli ham ozaro uzviy bogliqlikdadir. Kalkulatsiya usulini schyotlar tizimi bilan bogliqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag bilan boglik xarajatlar tågishli schyotlarda aks ettiriladi. Baholash bilan kalkulatsiyaning bogliqligi shundaki, kalkulatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash korinishida hisobga olinadi. Buxgaltåriya hisobi usuli elåmåntlaridan biri hujjatlashtirish bolib, uning ahamiyati xojalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, hisob yuritish oldiga qoyilgan vazifa hamda talablarga javob bårishda zaruriydir. Korxonada mavjud bolgan boyliklar saqlanishini taminlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob malumotlari nåchoglik haqiqiyligi, togriligini tåkshirish maqsadida invåntarizatsiya otkaziladi. Korxonadagi boyliklar dåganda, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablag- lari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham invåntarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kråditorlik qarzlari, bank kråditlari, olingan qarzlar misol boladi. Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi malumotlar albatta, haqiqiy malumotlar asosida bolmogi lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxonada invåntarizatsiya otkazilmogi shartdir. Invåntarizatsiya korxona mablagini tåkshirib, royxatga olish va olingan malumotlarni hisob malumotlari bilan taqqoslash dåmakdir. 40 Buxgaltåriya hisobining schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv, balans hamda hisobot kabi usullari kåyingi mavzularda toliq organiladi. Sanab otilgan usullar ichida buxgaltåriya hisobining oziga xos usullari bolib, bu usullar boshqa soha va fanlarda qollanilmaydi. Masalan, balans, hujjatlashtirish, invåntarizatsiya, baholash va kalku- latsiya, hisobot kabi usullar boshqa soha hamda fanlarda ham qollanishi mumkin. Låkin, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv boshqa soha hamda fanlarda qollanilmaydi. Shuning uchun schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv usullari faqat buxgaltåriya hisobining oziga xos usullari dåb ataladi. XULOSA Ushbu bobda kåtirilgan malumotlardan korinib turibdiki, jamiyatni boshqarish va tartibga solishda hisob tizimi muhim ahamiyatga egadir. Korib otilganidåk, hisob tizimi oz rivojlanish tarixiga ega bolib, inson hayoti bilan båvosita boglangandir. Tovar ayirboshlash davrida xojalik hisobi ahamiyati kopaydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalånt talab etiladi. Umumiy ekvivalåntga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, togri yuri- tish orqaligina ega bolish mumkin, yani almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy måhnat miqdorini aniqlash kårak boladi. Ishlab chiqarish kångaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini osishi natijasida xojalik faoliyatiga rahbarlik qilish murak- kablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kålgan xojalik hisobining ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Xojalik hisobi yagona bir tizim bolib, uning ajralmas, bir-biri bilan ozaro bogliq 3 turi mavjud: tåzkor hisob, statistik hisob, bux- galtåriya hisobi. Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xojalikdagi hisob turlariga talab mavjud bolgan. Xojalik hisobida quyidagi olchov birliklaridan foylalaniladi: natura olchovi, pul olchov birligi, måhnat olchov birligi. Buxgaltåriya hisobining prådmåti korxonaning xojalik mablaglari va ularning tashkil topish manbalarini, ularni xojalik jarayonlari natijasida ozgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda toliq, aniq, togri aks ettirib borishdir. 41 Buxgaltåriya hisobining obyåktlari quyidagilardan iborat boladi: 1. Xojalik mablaglari. 2. Xojalik mablaglarini topish manbalari. 3. Xojalik jarayonlari. Xojalik jarayonlari 3 turga ajratiladi: 1. Taminot jarayoni. 2. Ishlab chiqarish jarayoni. 3. Sotish jarayoni. Buxgaltåriya hisobining usullari quyidagilardan iborat: baholash va kalkulatsiya, hujjatlashtirish hamda invåntarizatsiya, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv, balans va hisobot. Schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv usullari faqat buxgaltåriya hisobining oziga xos usullari dåb aytiladi. Tayanch iboralari Xojalik hisobi, tåzkor hisob, statistik hisob, buxgaltåriya hisobi, olchov birliklari, natura olchov birligi, måhnat olchov birligi, pul olchov birligi, xojalik hisobiga qoyiladigan talablar, buxgaltåriya hisobi prinsiplari, taminot jarayoni, ishlab chiqarish jarayoni, sotish jarayoni, buxgaltåriya hisobi prådmåti, xojalik mablaglari, mablaglarning tashkil topish manbalari, xojalik jarayonlari, hujjatlashtirish, schyotlar siståmasi, ikki yoqlama yozuv, baholash, invåntarizatsiya. Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar 1. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisob orni va ahamiyati nimalardan iborat? 2. Xojalikdagi hisobning qanday turlari mavjud? 3. Xojalikdagi hisob turlariga qanday talablar qoyiladi? 4. Hisob turlarida qanday olchov birliklari qollaniladi? 5. Buxgaltåriya hisobining rivojlanish tarixi togrisida nimalarni bilasiz? 6. Jamiyatda buxgaltåriya hisobi qanday? 7. Buxgaltåriya hisobining prinsiplarini ayting. 8. Buxgaltåriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat? 9. Buxgaltåriya hisobining vazifalari nimalardan iborat? 10. Buxgaltåriya hisobining prådmåtiga tarif båring. 11. Buxgaltåriya hisobi prådmåtining qanday obyåktlari mavjud? 42 2- bîb. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni 1. Buxgaltåriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi Korxonalarning malum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular mablaglarining joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xojalik faoliyatiga baho bårish, nazorat etish, tåkshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning boshqaruv xodimlariga hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq inspåksiyasiga, kråditorlarga, invåstorlarga kårakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini korxonaning balansi qondiradi. Balans moliyaviy hisobotning birinchi shakli bolib, oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida bolishi mumkin. Buxgaltåriya balansi korxonalarning kozgusi bolib, unda korxo- naning mablaglari va ularning kålar manbasi haqiqiy holati aks ettiriladi. Balans ikki qismdan iborat bolib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv dåb yurtiladi. v i t k À v i t k À v i t k À v i t k À v i t k À v i s s a P v i s s a P v i s s a P v i s s a P v i s s a P ir a l g a l b a m k il a j o X ir a l a b n a m r a l å k g n i n ir a l g a l b a m k il a j o X s n a l a B s n a l a B Balans ikkala qismining jami summalari tång bolishi shart. Bu tånglik aktivda xojalik mablaglari, passivda esa shu mablaglarning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi. Balans sozi «tånglik», «tarozining ikki pallasi» dågan manolarni bildiradi. Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona faoliyatining qay holatida tuzilayotganligini bildiradi. Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi. Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nihoyat tugatish balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xojalik mablaglari va ularning manbalari qay holatda ekanligi haqida malumot båradi. Balansdagi malumot quyidagicha yigilgan boladi. Har bir jarayon roy bårishi natijasida xojalik mablaglari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jihatdan ozgarib boradi. 43 Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, songra buxgaltåriyada sintåtik hisob yuritiladi va schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa har bir schyotlar boyicha qoldiq summalar aniqlanadi. Bazi schyotlar esa båkitiladi. Bu haqda kålgusi mavzularda kångroq toxtalib otamiz. Schyotlardagi oxirgi qoldiqlardagi malumotlar bosh kitobga kochiriladi va balansga ornatilgan tartibda aks ettirib chiqiladi. Balansning aktiv va passiv tomonlari oz moddalariga ega hamda ularda hojalik mablaglari va xojalik mablaglarining kålar manba- larining oxirgi qoldigi korsatiladi. Aktiv tomoni ikki bolimdan iborat bolib, I bolim «Uzoq muddatli aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar , nomoddiy aktivlar, moliyaviy qoyilmalar, ornatiladigan asbob-uskunalar, kapital qoyilmalar, uzoq muddatli dåbitorlik summalari. Korib otganimizdåk, «Uzoq muddatli aktivlar»ga korxonada bir yildan ortiq xizmat qiladigan mablaglar kiradi. Qolgan mablaglar joriy aktivlar hisoblanadi. II bolim «Joriy aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablaglari, dåbitorlik summalari va boshqalar. Balansning passiv tomoni ham ikki bolimdan iborat bolib, I bolim «Oz mablaglarining manbalari» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kålgusi davr daromadlari va hokazolar. II bolim «Majburiyatlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: bankdan olingan kråditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bonaklar va kråditorlik majburiyatlari. Balansda aks ettiriladigan xojalik mablaglari va ularning kålar manbalari alohida turlari boyicha pul olchov birligida ifodalanadi. Balans moddalarini baholash prinsipi barcha korxonalr uchun bir xil boladi. Baholash asosida ishlab chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot tayyorlash haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgaltåriya balansi moddalarining bahosi råal bolishi, yani mablaglar va ularning vujudga kålish manbalari turlarining haqiqiy kattaligini aks ettirish kårak. Aktiv va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgaltåriya hisobi malumotlari ishonchliligi bilan taminlanadi. Balansdagi moddalar boyicha korsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga korsatiladi. Bunday tartib ornatilishiga sabab, 44 ikkala muddatdagi malumotlarni organish, taqqoslash orqali xojalik mablaglari va xojalik mablaglarining tashkil topish manbalarini ozgarib borishi haqida xulosaga, malum bir zarur fikrlarga kålish mumkin. Ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Korxonalar balansi hisobotning bir shakli sifatida ornatilgan tartib boyicha Ozbåkiston Råspublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq inspåksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgaltåriya hisoboti shakllarini tuzish yuzasidan korsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi korsatkichlar umumiy bir olchov birligida, yani pul korsatkichida aks ettiriladi. Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nåchta bolib, mod- dalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nåchtasida korsat- kichlar aks ettirilishi, korxonaning xojalikni qaysi tarmogiga qarash- liligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat miqyosi qay darajadaligi kabi omillarga bogliq boladi. Balansning ahamiyati shundaki, undagi malumotlar asosida korxona faoliyati organiladi, tahlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiyot- dagi tub ozgarishlar natijasida vujudga kålgan turli mulkchilik sharoiti- dagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, invåstorlar) uchun ham kor- xona haqida malumotga ega bolishida katta ahamiyat kasb etadi. Balansning asosiy malumot manbayi bolib, buxgaltåriya hisobining boshlangich va yigma hujjatlari hisoblanadi. Shuningdåk, buxgaltåriya hisobining asosiy tamoyili yoki oziga xos usuli hisoblangan «Ikkiyoqlama yozuv» balans tomonlarining tångligini taminlovchi usuldir. Balansdagi xojalik mablaglari va ularning kålar manbalari boyicha oxirgi qoldiq asosan bosh kitobdan olinadi. Buxgaltåriya balansi nazorat quroli bolib ham hisoblanadi. Agar buxgaltåriya balansining aktiv va passiv tomonlarining tångligi tami- lanmasa, buxgaltåriya yozuvlarida xatolikka yol qoyilgan boladi yoki mablaglar va ularning kålar manbalarining togri joylashmaganini bildiradi. 2. Xojalik jarayonlari natijasida balansdagi ozgarishlar Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar roy Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling