R sho m ahm udo va to‘G‘ri talaffuzga


Download 7.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana10.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1761821
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
Togri-talaffuzga-orgatish-va-nutq-ostirish.Shomahmudova-R

BOG'IMIZ BOG'DAY BO'LDI
Tol ekdik, terak ekdik,
Hammasi kerak, ekdik.
Olcha, gilos, olxo'ri,
Olmazor bog'ning to'ri.
Nok, nashvati bir tomon,
Ko'klam, ekmaslik yomon.
Shaftoli, shotut, jiyda 
Joyini topgan juda.
Bog'imiz bog'day bo'ldi,
Ko'nglimiz tog'day bo'ldi.
SHOLG'OM
Mazaman, der anjir sholg'om, 
Yemagandan ranjir sholg'om,
- O'z nafini bilmagan ko'p, 
Bilar bo'lsa, yemasmi xo'p. 
Jonga malham taom bo'lsam, 
Bir qaynashda tamom bo'lsam 
To'g'ri, ta’mim biroz taxir
Doriligim shu-da, axir.
Boshdan oxir foydaman, der, 
Yil o'n ikki oydaman, der.
JO 'JAXO 'RO Z
Jo'jaxo'roz urishmas, 
Urishsa ish yurishmas. 
Onasi don bermaydi
Otasi non bermaydi.
Och qolar, qorni to'ymas, 
Urishqoqni el suymas. 
Ahil bo'ling deydilar,
Birga topib yeydilar.
63


Tolib Yoldosh
SHIRIN SO'Z
Shirin so'z bu qanday ekan,
Yeb bo'larmi?
Mazasini bilmay, shirin 
Deb bo'larmi?
Shirindirki, shunday derlar 
Erta kunda.
Birorta sir bo'lsa kerak, 
Ammo bunda.
Shirin so'zdan tan yayraydi, 
Shirin-shirin,
Shirin so'zli odam bilar 
Buning sirin.
SH BILAN CH
«Arra»,«karra» so'zlarini 
Burro aytar ukam Botir. 
«Sh» bilan «Ch» harflariga 
Biroz tili kelmayotir.
- Pishloq yedim qishloqda
Shermat yurar «Chayka»da.
- Pisloq yedim qisloqda, 
Sermat yurar «Sayka»da.
- Chinoraning chinnisi bor, 
Chinnisida shinnisi bor.
- Sinoraning sinnisi bor
Sinnisida sinnisi bor.
Ana shunday jumlalarni 
Sal qiynalib aytar Botir.
Lekin juda mashqi baland, 
Olmang undan hech xavotir.
64



Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling