R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


aylantirib, ularda tejamkorlik, manfaatdorlik, mas’uliyat hissiyotlarini kuchaytirish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

aylantirib, ularda tejamkorlik, manfaatdorlik, mas’uliyat hissiyotlarini kuchaytirish 
va shular kabi boshqa отШаг orqali xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida sezilib 
turgan tanglikdan chiqib ketish yo‘llarini topish maqsadga muvofiqdir.
Kishilarimiz qanchalik nosotsialistik davlatlarda bo‘lsalar, shunchalik o‘sha 
mamlakatning boyUgi haqida so‘z yuritilar edi. Bunday xabarlar odamlar orasida 
juda tez tarqalardi va tabiiyki eshitganlar chet el fuqarolari kabi yashashni 
xohlab qolishardi. Ustiga-ustak oxirgi o‘n yilliklar davrida sobiq sovet mamlakatida 
iqtisodiy inqiroz ro‘y berayotgani ochiq-oydin tan olinmasa ham iqtisodiy 
tanazzulni statistik ma’lumotlardan bilish qiyin emas edi.
0 ‘zbekistondagi iqtisodiy ahvol yana ham ayanchliroq edi. Chunki aholi 
jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad Umumittifoqdagiga qaraganda 1,5 
marotaba kam deb hisoblanar, aholimiz esa 2 marta ozroq pullik xizmatlardan 
foydalanar edi. Respublikada ekologik muvozanat buzilgan, tibbiyot va boshqa 
sohalarda qiyinchilik ko‘p edi.
Sobiq sovet tizimida tug‘ilib, o‘sib ungan hozirgi avlodimizning ongiga 
sotsialistik rejalashtirish iqtisodiyoti, markazlashtirilgan boshqaruv tizimlari 
singdirilganligiga qaramay, mikroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan o‘tmishga nazar 
tashlasak, Xitoy, Koreya, Germaniya, Vyetnam mamlakatlarining bir qismida 
bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa sotsialistik rejalashtirish va taqsimlashga
31


asoslangan iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida ishlab keldi. Natijada bozor iqtisodiyoti 
ustunligi amaliy hayotda isbot bo‘ldi. Negaki, bir xil tabiiy sharoit, boyliklarga 
ega bo‘lgan bir xil millat odamlarida har xil turmush darajasiga erishildi. Bozor 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling