sharoitida yashayotgan Tayvandagi xitoyliklarni, Federativ Germaniyadagi
nemislami, Janubiy Koreyadagi va Vyetnamdagi odamlami turmush darajasi
sotsialistik iqtisodiyot sharoitida yashayotganlarga nisbatan rivojlanib, ancha
farq qila boshladi.
Bozor iqtisodiyotining to‘laqonli faoliyat ko'rsatishi ko‘p tomondan bozor
mexanizmining ishlashiga bog‘hq. Boshqaruv esa bozor mexanizmining asosiy
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, umumiy
xalq xo‘jaligi, regional, tarmoq va aniq ishlab chiqarish (korxona yoki firma)ni
boshqarish bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda esa asosiy diqqat boshqaruvning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan
korxona (firma) dagi ishlab chiqarishni boshqarish nima, degan savolga javob
topish masalasidir. Ishlab chiqarishni boshqarish bu obyektiv qonunlarga muvofiq
ijtimoiy mehnat jarayoniga ta’sir etishni yaxshilash va ma’lum bir maqsadga
yo‘naltirishning aniq tarixiy usulidir. Ishlab chiqarish boshqaruvining vujudga
kelishi va vazifalarining rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi mehnat
taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi natijasidir.
Boshqaruvning chegaralari, uning mazmuni, maqsadlari va tamoyillari
hukmron iqtisodiy munosabatlarga va ijtimoiy-siyosiy tuzumning xarakteriga
bog‘hq bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ibtidoiy jamoa quldorlik,
feodalizm, kapitalizm, sotsializm va ko‘pgina mamlakatlardagi hozirgi zamon
boshqaruv jarayonlaridan bir-biridan farq qiladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichida hamkorlikdagi mehnatni tartibga solish
va tashkil etishning ibtidoiy shakli vujudga keladi, bunda boshqaruv vazifalari
urug‘, qabila va jamoaning barcha katta yoshli a’zolari tomonidan amalga
oshirilgan. Urugiar va qabilalarning oqsoqollari hamkorlikdagi mehnat va
Do'stlaringiz bilan baham: |